A. D. Kayumov gruntshunoslik


-BOB. GRUNTLARNING TARKIBI



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

1-BOB. GRUNTLARNING TARKIBI  
 
1.1. Gruntlarning qattiq komponentlari 
 
Qattiq komponentlar tog„ jinslarini muhandis-geologiya yo„nalishi bo„yicha 
o„rganishda,  olib  boriladigan  tadqiqotlarning  oxirgi  maqsadiga  qarab  – 
muhandislik inshootlari va ularning kompleksining turg„un faoliyatini ta‟minlovchi 
tog„  jinslari  va  ulardan  tuzilgan  massivlarning  muhim  xususiyatini  aniqlash 
bo„yicha  bir  qancha  bo„limlarga  bo„linadilar.  Ular  orasida  birinchi  galda 
gruntlarning  mustahkamligi  va  turg„unligi,  ularning  fizik  va  fizik-kimyoviy 
xossalari  ko„riladi.  O„z  navbatida  ular  qattiq  komponentning  kimyoviy-mineral 
tarkibi, tuzilishi va mazmuniga bog„liq bo„ladilar. 
Gruntlar tarkibidagi qattiq komponentlar har xil minerallar, organik-mineral 
birikmalar  va  qattiq  holdagi  suvdan  iborat.  Tog„  jinslarini  muhandis-geologik 
jihatdan  o„rganishda  ularda  ko„p  miqdorda  bo„ladigan  va  ularning  xossasiga 
sezilarli ta‟sir qiluvchi asosiy jins hosil qiluvchi minerallar o„rganiladi.  
Braja  M.Dasning  [1]  fikricha  gruntlarning  qattiq  fazasini  shakllantiruvchi 
mineral  zarralar  tog„larning  nurash  jarayoni  mahsulidir.  Ayrim  zarralarning 
o„lchami  juda keng diapazonda  o„zgaradi.  Ko„pchilik gruntlarning  fizik  xossalari 
ularning  o„lchami,  shakli  va  zarraning  kimyoviy  tarkibiga  bog„liq  bo„ladi.  Bu 
omillarni  tushunish  uchun  yer  qobig„ini  tashkil  qiluvchi  qoya  tog„  gruntlarining 
asosiy  turlari  bilan  tanish  bo„lish  kerak.  Qoya  tog„  gruntlari  asosan  uch  xil: 
magmaning  qotishi  (magmatik),  uni  metamorfizmga  uchrashi  (metamorfik)  va 
cho„kindiga aylanish (cho„kindi) yo„li bilan hosil bo„ladidilar.  
Magmatik  jinslar  orasida  eng  ko„p  tarqalgan  qattiq  komponentlar  tarkibiga 
birinchi  galda  dala  shpati,  keyingi  o„rinda  kvars,  piroksen,  slyuda  va  olivinlar 
kiradilar. 
Metamorfik jinslarning mineral tarkibi ko„p jihatdan, asosan, magmatik tog„ 
jinslariga o„xshash bo„ladi. Ammo, ularning tarkibida ko„p uchraydigan kvars, dala 
shpati,  piroksen,  amfibola  bilan  birgalikda  metamorfik  yo„l  bilan  hosil  bo„lgan 


20
 
 
granat,  disten,  andaluzit,  xlorit,  epidot  va  bu  tog„  jinslarining  tasnifiga  sezilarli 
ta‟sir qiluvchi minerallar ham mavjud.  
Cho„kindi  tog„  jinslari  tarkibida  asosan  kvars,  dala  shpati,  slyuda, 
shuningdek, gilli minerallar, karbonatli, sulfatli, galoidli minerallar bilan birgalikda 
organik moddalar va organik-mineral birikmalar ham keng tarqalgan.  
Gruntlarning mustahkamlik va deformatsiya xossalari ularni tashkil qiluvchi 
qattiq  komponentlarning  (mineral  kristallari,  jinslarning  zarrachalari  va  donalari, 
mineral  zarralari  va  boshqalar)  mustahkamligi  va  oralaridagi  bog„lanish  tavsifiga 
bog„liq  bo„ladi.  Qattiq  komponentlarning  mustahkamligi  ular  ichidagi 
bog„liqlikning  mustahkamligi  va  tavsifiga  bog„liq  bo„ladi.  Bir  xil  tarkibli 
minerallar  tarkibidagi  kristallarning  strukturasi  va  ular  orasidagi  kimyoviy 
bog„liqlikning  tavsifiga  bog„liq  holda  turli  xil  mustahkamlikka  ega  bo„lishlari 
mumkin. Aksincha, kimyoviy tarkibi har xil bo„lgan minerallarning mustahkamligi 
va  deformatsiyalanishi  ularning  kristall  strukturasini  va  ularning  orasidagi 
bog„liqlik bir-biriga yaqin bo„lgani uchun bir xil bo„lishi mumkin. 
Muhandis geologik maqsadlarda minerallarni o„rganishda eng katta e‟tiborni 
ularning  kristall  strukturasiga  bog„liq  bo„lgan  fizik,  fizik-kimyoviy  va  mexanik 
xossalariga  qaratiladi.  Kristall  strukturasining  mustahkamligi  strukturadagi  ayrim 
atomlar  orasidagi  bog„liqlikning  yo„nalishi  va  energiyasi  bilan  belgilanadi. 
Shundan  kelib  chiqib,  minerallarning  muhandis  geologik  maqsadlarda  bo„linishi 
uni  mineralogiyada  bo„lingani  kabi  kimyoviy  tarkibi  bo„yicha  bo„lmasdan, 
ularning kimyoviy bog„liqligining asosiy turi bo„yicha amalga oshiriladi. 
Asosiy  jins  hosil  qiluvchi  minerallarning  kristall  strukturasidagi 
elektronlarning  o„zaro  bog„liqligi  ionli,  kovalentli,  metalli,  vodorodli  va 
molekulyar  ko„rinishda  bo„lishi  mumkin.  Keltirilgan  turdagi  bog„liqliklarning 
energiyasining  miqdori  katta  oraliqda  o„zgarishi  mumkin.  Ularning  ichida  eng 
mustahkami ionli va kovalentli bog„liqlik hisoblanadi (1.1-jadval). 
Ion  bog„lanishning  hosil  bo„lishi  atomlarning  o„zaro  elektromanfiy  ta‟siri, 
ularning  elektronlarni  o„ziga  qo„shib  olish  qobilyati  bilan  belgilanadi.  Bunday 
bog„liqlikning hosil bo„lishida valentli elektronlar kam elektromanfiy atomdan kat-  


21
 
 
1.1-jadval 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish