A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. а – tabiiy holatdagi grunt elementi; b – grunt elementining uchta



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

 
1-rasm. а – tabiiy holatdagi grunt elementi; b – grunt elementining uchta 
fazasi. 
 
bo„ladigan  suv  (suyuq  komponenti)  va  havo  (gazsimon  komponenti)  ham 
majburiy  ravishda  o„rganilishi  kerak.  Chunki  o„zining  mohiyati  va  mazmuniga 
ko„ra  gruntshunoslik  fani  tog„  jinslarini  ko„p  omilli  tizim  sifatida  o„rganadi. 
Keltirilgan  komponentlarning  o„zaro  nisbati  (tog„  jinslarida  shuningdek  tirik 


17
 
 
komponentlar  ham  bo„lishi  mumkin)  gruntlarning  xossalarini  belgilaydi. 
Ta‟kidlash  kerakki  gilli  va  lyossimon  gruntlar  quruq  holatida  katta 
mustahkamlikka ega, lekin suv tegishi bilan oquvchan bo„ladi.  
Braja M.Das [1] tomonidan 1a-rasmda tabiiy holatdagi grunt elementlarining 
umumiy  massasi  va  hajmi,  1b-rasmda  grunt  elementlarining  uchta  fazasi  (havo, 
suv  va  qattiq  zarralar)  ko„rsatilgan.  Shunday  qilib  berilgan  grunt  namunasining 
hajmi yig„indisini quyidagicha ifodalasa bo„ladi:  
                                V=V
S
+V
V
=V
S
+V
W
+V
A                                                                          
(1.1)
 
bu  yerda  V
S 
–  gruntdagi  qattiq  zarralarning  hajmi;  V
V
-g„ovaklik  g„ajmi;  V
W
-
g„ovaklikdagi suvning hajmi; V
A
-g„ovaklikdagi havoning hajmi. 
Yuqorida  keltirilganlardan  kelib  chiqib  «grunt»  atamasiga  Ye.M.Sergeyev 
quyidagicha  ta‟rif  bergan.  Gruntlar  -  ko„p  komponentli  dinamik  tizim  sifatida 
ko„riladigan,  insonning  muhandislik  faoliyati  bilan  amalga  oshiriladigan, 
oshirilgan  va  rejalashtirish  bilan  bog„liq  bo„lgan  tadqiqotlar  o„tkaziladigan  har 
qanday tog„ jinsi, tuproq, cho„kindi va antropogen yo„l bilan hosil bo„luvchilardir. 
Shunday qilib hozirgi vaqtda gruntshunoslikning rivojlanishida uning asosiy 
vazifasi  tog„  jinsi,  tuproq  va  texnogen  yo„l  bilan  hosil  bo„luvchilarning  geologik 
muhitni ratsional o„zlashtirish maqsadida mikrosathdan massivgacha grunt sifatida 
ko„rishdir. 
1999  -  yili  V.T.Trofimov  tomonidan  gruntshunoslikning  asosiy  qonuni: 
«gruntlarning  tarkibi,  tuzilishi,  holati  va  xossalari  ularning  genezisi,  postgenetik 
jarayonlari  tavsifi  va  hozirgi  fazoviy  (koordinatali)  o„rni  bilan  aniqlanadi»  deb 
ta‟kidlanganini aytib o„tish joizdir. Shuningdek uning tomonidan gruntshunoslikni 
uch  qismdan:  umumiy,  regional  va  geodinamik  turlarga  farqlash  kerakligini 
ta‟kidlash kerak. 
Umumiy  gruntshunoslik  –  gruntshunoslikning  ilmiy  bo„limi  bo„lib,  gruntlar 
va  ularning  birlashmalarining  umumiy  tarkibi,  holati,  tuzilishi  va  xossalarining 
umumiy  xususiyatlarini,  ularni  shakllanish  qonuniyatlarini,  tabiiy  va  hozirgi 
antropogen va bashoratlanadigan geologik jarayonlar ta‟sirida o„zgarishini fazoviy-
vaqt davomida tadqiqot qiladi. Obyekti – gruntlarning fazoviy alomatlaridir. 


18
 
 
Regional  gruntshunoslik  –  gruntshunoslikning  ilmiy  bo„limi  bo„lib, 
gruntlarning  (muhandis-geologik  strukturaning  elementi  sifatida)  fazoda  tarqalish 
xususiyati,  ularning  tarkibini,  holatini  va  xossasini  fazoviy-vaqt  davomida 
shakllanish  qonuniyati,  hozirgi  va  tabiiy  bashoratlanadigan  va  antropogen 
jarayonlar  ta‟sirida  o„zgarishini  tadqiqot  qiladi.  Obyekti  -  geologik  fazodagi 
gruntlar. 
Geodinamik  gruntshunoslik  –  gruntshunoslikning  ilmiy  bo„limi  bo„lib, 
gruntlarning  tarkibi,  holati  va  xossasining  tabiiy  va  hozirgi  antropogen  va 
bashoratlanadigan  geologik  jarayonlar  ta‟sirida  fazoviy-vaqt  davomida  o„zgarish 
qonuniyatini tadqiqot qiladi. Obyekti – gruntlarning dinamik tizimdir. 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish