A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

UMUMIY BO‘LIM 
1. Gruntshunoslik fanining tarixi 
 
Gruntshunoslik  fani  muhandislik-geologiyasi  fanining  bir  qismi  bo„lib, 
insonning  muhandis-xo„jalik  faoliyatiga  bog„liq  holda  gruntlarni  alohida 
komponentlar sifatida amaliy va nazariy tomonlardan o„rganadi.  
Insonni  o„rab  turuvchi  muhit  bir  qancha  komponentlardan:  biosfera, 
atmosfera,  gidrosfera  va  litosferadan  iborat.  Keltirilgan  hamma  componentlar 
o„zaro  ta‟sirda  bo„ladilar.  Insonning  litosferaga  ta‟siri  to„g„ridan-to„g„ri, 
shuningdek  atrof  -  muhitning  bevosita  va  bilvosita  boshqa  komponentlari  orqali 
bo„lishi mumkin. Uning litosferaga ta‟sirini quyidagi misollarda ko„ramiz. 
Hozirgi  vaqtda  yerning  quruqlik  yuzasining  taxminan  20%  qismi  har  xil 
muhandislik  inshootlari  (binolar,  karyerlar,  yo„llar,  suv  omborldari  va  boshqalar) 
bilan egallangan.  
Ye.M.Sergeyev  fikricha  avtomobil  va  temir  yo„llarining  uzunligi  bir  necha 
million  kilometrga  teng  bo„lib,  ularning  ko„tarmalariga  yotqizilgan  gruntlarning 
hajmini hozirgi daryolarning yotqiziqlari bilan solishtirish mumkin.  
Melioratsiya  va  irrigatsiya  qurilishlari  yuzlab  kvadrat  kilometr  massivlarni 
egallab olgan. XXI asrda sug„oriladigan yerlarning maydoni dunyo bo„yicha 200 
mln.  gektardan  oshib  ketdi,  ammo  shu  bilan  birgalikda  ko„plab  namligi  oshib 
ketgan  maydonlarni  aksincha  quritish  talab  qilinmoqda.  Chunki  inson,  yerning 
yuza  qismini  egallagan,  bu  maydonlarda,  tuproq  va  tog„  jinslarining  suv-tartibini 
va holatini tubdan o„zgartirib yubormoqda. 
Inson  faoliyati  natijasida  yer  yuzasi  to„rtlamchi  yotqiziqlar  bilan  umumiy 
o„xshashligi  bo„lmagan  o„nlab  ming  kilometr  kub  tog„  jinslarining  to„kilmalari 
bilan qoplanmoqda.  
Hozirgi  vaqtda  shaharlarda  yer  shari  aholisining  yarmidan  ko„pi 
yashamoqda.  Ta‟kidlash  joizki  shahar  –  bu  inson  faoliyati  litosferaning  yuza 
qismiga eng jadal va xilma-xil ta‟sir qiluvchi maydondir. 


13
 
 
Yer  yuzasida  kechadigan  geologik  jarayonlar  juda  katta  ahmiyatga  ega. 
Unga  insonning  aralashuvi  yer  yuzasida  kechadigan  geologik  jarayonlarning 
ahamiyatini  yanada  oshiradi.  Dunyo  statistikasi  ma‟lumotlari  bo„yicha  70% 
ko„chkilar insonning faoliyati natijasida yuzaga keladi. 
Yuqorida  keltirilganlardan  atrof  -  muhitning  bitta  komponenti  bo„lgan 
litosferaning yuza qismini o„rganish juda katta ahamiyatga ega degan hulosa qilish 
mumkin. Atrof - muhitning bu qismini Ye.M.Sergeyev ta‟biricha «geologik muhit» 
deb  atash  maqsadga  muvofiq  bo„ladi.  «Geologik  muhit»  atamasi  va  tushunchasi 
litosfera bo„yicha insonning hayoti va faoliyati bilan uzviy bog„liq va u to„g„risida 
fikrlash imkonini beradi.  
Geologik  muhit  deganda,  insonning  muhandislik  faoliyati  ta‟sirida  bo„lgan 
va o„z navbatida bu faoliyatni ma‟lum darajada belgilaydigan, litosferaning yuqori 
ko„p  komponentli  dinamik  qismi  tushuniladi.  Insonning  ta‟siri  natijasida  tabiiy 
geologik jarayonlarda o„zgarishlar kechadi va yangi antropogen jarayonlar yuzaga 
keladi,  bu  o„z  navbatida  hududning  o„ziga  xos  xususiyatining  o„zgarishga  olib 
keladi. 
Shunday  qilib,  insonning  ta‟siri  natijasida  tog„  jinslari,  geologik  jarayonlar 
va xalq xo„jaligida katta ahamiyatga ega bo„luvchi o„zlashtiriladigan hududlarning 
xususiyati  o„zgaradi.  Keltirilgan  hamma  masalalar  bilan  muhandislik  geologiyasi 
shug„ullanadi. 
Har xil davrlarda olimlar tomonidan  muhandislik geologiyasining mazmuni 
turlicha ta‟riflangan va aniqlashtirilgan. Eng oxirgi aniqlashtirishlardan biri 1951- 
yili  I.М.Popov  tomonidan  yozilgan  «Инженерная  геология»  darsligida 
keltirilgan. Unda muallif yozadi: «Muhandislik geologiyasi fan sifatida, insonning 
muhandislik  faoliyatiga  bog„liq  bo„lgan  yer  qobig„ining  yuqori  gorizonti 
dinamikasini o„rganuvchi geologiyaning bir bo„lagidir». 
Hozirgi  vaqtda  quyidagi  tushuncha  mavjud:  «Muhandislik  geologiyasi 
geologik muhitdan ratsional foydalanish va uni qo„riqlash to„g„risidagi fandir».  
Muhandislik  geologiyasi  o„zaro  bir-biri  bilan  bog„liq,  ammo  o„zining 
o„rganadigan  xususiy  obyekti  bo„lgan  va  mustaqil  ilmiy  yo„nalishga  ega  bo„lgan 


14
 
 
yirik nazariy va amaliy bo„limlarga bo„linadi. Nazariy bo„limga quyidagilar kiradi: 
gruntshunoslik (tog„ jinslarini o„rganadi), muhandislik geodinamikasi (jarayonlarni 
o„rganadi) va regional muhandislik geologiyasi (hududlarni o„rganadi). 
Keltirilgan ilmiy yo„nalishlarning birinchisi – gruntshunoslik – ko„rilayotgan 
hozirgi  darslikning  asosiy  mazmunidir.  Muhandislik  geodinamikasi  yer 
qobig„ining  yuqori  gorizontida  (litosfyerada)  kechadigan  zamonaviy  va 
bashoratlanadigan  tabiiy  va  antropogen  geologik  jarayonlar  morfologiyasini, 
mexanizmini,  muhandis-geologik  sabablarini,  fazoviy-vaqt  bo„yicha  shakllanish 
qonuniyatlarini  va  keyinchalik  rivojlanishini  o„rganadigan  muhandislik 
geologiyasining ikkinchi ilmiy yo„nalishi bo„lib hisoblanadi. 
Regional  muhandislik  geologiyasi  –  yer  qobig„ining  turli  xil  strukturali 
hududlaridagi  muhandislik  geologiyasi  sharoitini  o„rganuvchi,  ularning  fazoviy 
tarqalish qonuniyatlari, hozirgi va bashoratlanadigan tabiiy va antropogen geologik 
jarayonlar  ta‟sirida  fazoviy-vaqt  bo„yicha  o„zgarishini  o„rganadigan  muhandislik 
geologiya-sining ilmiy yo„nalishi hisoblanadi. 
Regional muhandislik geologiyasining o„rganadigan obyekti gruntshunoslik 
va  muhandislik  geodinamikasiga  nisbatan  murakkabroq  ekanligini  ta‟kidlash 
kerak. Gruntshunoslik va muhandislik geodinamikasi muhandislik geologiyasining 
strukturaviy  tuzilishga  ega  va  juda  murakkab  bo„lgan  komponentlari  –  gruntlarni 
va geologik jarayonlarni o„rganadi. Regional muhandislik geologiyasi strukturani 
bir butun tuzim holatida tadqiq qiladi.  
Shunday  qilib  gruntshunoslik  muhandislik  geologiyasining  bitta  nazariy 
bo„limi bo„lib, uning qolgan bo„limlari uchun juda katta ahamiyatga ega. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish