A. D. Kayumov gruntshunoslik


Har xil turdagi bog‘liqliklarning energiyasi miqdori



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Har xil turdagi bog‘liqliklarning energiyasi miqdori 
 
Bog„liqlik turi 
Struktura 
energiyasi, 
kkal/mol 
Bog„liqlik 
energiyasi, 
eV 
Jismning tavsiyali 
xossalari 
 
Ionli 
 
Kovalentli 
 
Metalli 
Vodorodli 
Molekulyarli 
170-283 
 
180-220 
 
26-96 
3-12 
1,8-2,4 
3,1 
 
1,3 
 
0,1-0,5 
0,13 
0,01 
Qattiqligi yuqori, elektr 
o„tkazuvchanligi bo„sh 
Elektr o„tkazuvchanligi kam, 
eruvchan 
Elektr o„kazuvchanligi yuqori 
Polimerlanishga layoqatli 
Erish va qaynash nuqtasi kam, 
siqiluvchan 
 
ta  elektromanfiy  atomlarga  ikkita  qarama-qarshi  ionlar  hosil  qilib  o„tadi,  natijada 
ular o„rtasida kulon tortish kuchi hisobiga bog„liqlik yuzaga keladi.  
Keng  tarqalgan  minerallar  ichida  ion  turidagi  bog„liqlik  turlariga  eng  mos 
keluvchilar  -  oddiy  tuzlar  bo„lib,  ular  tarkibiga  karbonatlar,  sulfatlar  va  galoidlar 
kiradi.  Oddiy  tuzlarning  umumiy  xususiyati  -  ularning  suvda  yengil  erish  qobi-
lyatidir.  Bu  xususiyat  ion  bog„liqlikni  suvli  muhitda  yumshashi  bilan 
tushuntiriladi. 
Agar  o„zaro  ta‟sirda  bo„lgan  atomlar  yaqin  yoki  bir  xil  elektromanfiy 
qiymatga ega bo„lsa, unda kimyoviy bog„liqlik par elektronlarda o„zaro bir-biridan 
“foydalanish”  hisobiga  yuzaga  keladi.  Bu  bitta  atom  orbitasidagi  ayrim 
elektronlarning  unga  qo„shni  atom  orbitasiga  o„tish  yo„li  bilan  amalga  oshiriladi. 
Shunday  yo„l  bilan  umumlashtirilgan  elektronlar  atomlar  orasida  kovalent  deb 
nomlangan mustahkam bog„liqlik hosil qiladi.  
Magmatik,  metamorfik  va  ko„plab  cho„kindi  jinslarni  bosh  jins  hosil 
qiluvchi minerallaridan silikatlarning shakllanishida kovalent bog„liqlik juda katta 
axamiyatga  ega.  Ko„pchilik  silikatlar  kovalent  bilan  birgalikda  ion  turidagi 
bog„liqlikka  ega.  Ammo  bu  minerallarning  eng  tavsifli  xossasi,  ya‟ni  yuqori 
mustahkamligi, kam eruvchanligi va boshqalar, ularda xususan kovalent bog„liqlik 
borligi bilan belgilanadi. 
Metalli bog„lanish erkin valentli orbita va past ionlashgan energiyaga ega 


22
 
 
bo„lgan  elementlar  orasidagi  birikmalarda  hosil  bo„ladi.  Bunday  bog„liqlik 
metallarga taalluqli bo„lgan hamma - yuqori elektr- va issiqlik o„tkazuvchi, kristall 
panjaralaridagi elektronlar nisbatan harakatchang bo„lgan birikmalarga tavsiflidir. 
Davriy  sistemaning  107  elementidan  83  tasi  metallardir.  Metall  kristallaridagi 
elektronlar  va  yadrolar  orasidagi  bog„liqlikning  energiyasi  nisbatan  kam  (1.1-
jadval),  u  ishqorli  metallarda  minimal  bo„lib,  yadro  zaryadi  oshishi  bilan  oshadi, 
o„tuvchi metallarda eng yuqori qiymatga erishadi. 
Tarkibida vodorod bo„lgan birikmalarda (suv, muz, kristallgidratlar, organik 
birikmalar)  ikkita  atom  orasida  bo„lgan  va  ularning  birortasiga  kovalent 
bog„langan vodorod bir vaqtni o„zida boshqa atom bilan o„zaro ta‟sirlanib vodorod 
bog„liqligini hosil qilishi mumkin. Vodorodning bunday xususiyati uni uncha katta 
bo„lmagan  atomining  radiusi  va  elektronlarning  ichki  qatlami  yo„qligi  bilan 
tushintiriladi. 
Moddada  molekulalarning  ion  radiusiga  nisbatan  katta  masofada  bo„lishi 
ular orasida, o„zaro ta‟sir qiluvchi va qutblanish natijasida uzoqlikda ta‟sirlanuvchi 
molekulyar yoki vandervaalsli tortish kuchini hosil qilishi mumkin. 
Bog„lanishlar ichida molekulyar turdagisi eng bo„shi hisoblanadi. U amalda 
hamma  minerallarda  (boshqa  turdagi  kimyoviy  bog„liqlikning  har  qanday 
ko„rinishida)  uchraydi,  ammo  molekulyar  bog„liqlik  nozik  dispersli  gilli 
minerallarda sezilarli o„ringa ega.  
Shunday qilib, gruntning qattiq komponentlari tarkibiga kiruvchi minerallar 
orasidagi  atomlar  bog„liqliginiтп  tuzilishi  va  asosiy  turiga  (turlari)  qarab 
birikmalarni  o„zining  fizik,  fizik-kimyoviy  va  mexanik  xossasi  bo„yicha  beshta 
guruhini ajratish mumkin: 
1) kovalent bog„liqlikka ega bo„lgan birlamchi silikatli minerallar sinfi; 
2) ionli bog„liqlik asosiy bo„lgan ionli minerallar va oddiy tuzlar (galoidlar, 
sulfatlar, karbonatlar); 
3) metalli bog„lanish asosiy hisoblanuvchi metalli birikmalar; 
4)  kovalentli  bog„lanish  asosiysi  bo„lgan,  shuningdek  molekulyar  va 
vodorodli bog„liqlikka ega bo„lgan gilli minerallar; 


23
 
 
5)  molekulyar  bog„lanish  asosiy  va  kovalent  bog„liqligi  mavjud  bo„lgan 
organik moddalar va organik-mineral komplekslar
6)  molekulyar  va  vodorodli  bog„lanish  asosiy  hisoblangan  va  kovalent 
bog„liqligi bo„lgan muzlar. 
Birlamchi  silikatli  minerallar  sinfida  ion-kovalent  turdagi  bog„lanish 
asosiysi,  oddiy  tuzlarda  –  asosiysi  ionli  bog„lanish  hisoblanadi.  Keyingi  uch 
turdagi guruhning mineral hosil qiluvchilarining tuzilishi va xossasiga kovalent va 
ion  bog„liqlik  bilan  birgalikda  vodorod  va  molekulyar  bog„liqliklarning  o„zaro 
muloqoti katta ta‟sir qiladi.  
Ko„pchilik  silikatlar  murakkab  tarkib  va  tuzilishga  ega.  Ularning  asosiy 
strukturali  elementi kremnekislorodli  tetraedr  (SiO
4
)
4-
 bo„lib, markazida  Si
4+
  ioni, 
uchlarida – O
2- 
ionlar joylashgan. Birlamchi silikatli minerallar sinfiga: kvars, dala 
shpati, olivin, piroksen, amfibollar va boshqalar kiradi. 
Kvars  karkas  strukturasiga  ega  bo„lib,  kremnekislorod  tetraedri  ularning 
uchlari  orqali  shunday  bog„langanki,  unda  bitta  tetraedrning  uchi  uni  yonidagi 
boshqa  tetraedrning  uchi  hisoblanadi.  Bunday  struktura  dala  shpatida  ham 
kuzatiladi. 
Oddiy  tuzli  (1.1-rasm)  minerallar  guruhiga  cho„kindi  jinslar  orasida  keng 
tarqalgan,  metamorfik  va  magmatik  jinslar  orasida  birmuncha  kam  bo„lgan 
galoidlar (galit, silvin, karnallit), sulfatlar (gips, angidrit, barit), karbonatlar (kalsit, 
dolomit, magnezit, siderit) kiradi. 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish