145
mehnatga layoqatli aholi sonining tabiiy o‗sishi ham yuqori darajaga
ko‗tarilmoqda. Oqibatda aholining ishga joylashish ehtiyoji bilan
iqtisodiyotning
mehnat
resurslariga
bo‗lgan
talabi,
shuningdek,
xodimlarning professional tarkibi bilan taklif etilayotgan ishning xususiyati
o‗rtasida nomuvofiqliklar yuzaga kelmoqda.
Institutsional
nuqtai nazardan yondashganda, mehnat bozoridagi talab
va taklifning nomutanosibligi muammosini ijtimoiy nazorat tizimini
o‗rnatish orqali hal etish mumkin. Davlat esa mehnat bozoridagi rejali
siyosatini shu bozorda amal qiladigan institutlar
yordamida amalga
oshirishi zarur. Tadqiqotlardan ma‘lum bo‗lishicha, eng muhim ijtimoiy
muammolar bevosita mehnat bozorida yyechim topadi. Inchunin, davlat
mazkur jarayonda ishtirok etishi shart. Aks holda, ko‗plab odamlar ishdan
va tirikchilik uchun zarur ne‘matlardan mahrum bo‗lishadi. Davlat esa ish
bilan bandlik darajasi yuqori bo‗lishidan manfaatdor. Chunki u byudjetning
daromad qismi va mamlakat boyligi ko‗payishini ta‘minlaydi.
Shaxs erkin bo‗ladigan va kasb malakasini oshirish imkoniyatini qo‗lga
kiritadigan izchil tartib o‗rnatish uchun ijtimoiy-iqtisodiy
siyosat quyidagi
maqsadlarga yo‗naltirilishi zarur:
• kasbni o‗zgartirish, qobiliyatga yarasha kasb tanlash, buning uchun
tegishli o‗quvlar mavjudligi imkoniyatini yaratish;
• faol mehnat jarayonini tashkillashtirish,
qayta tayyorlash va malaka
oshirish, xizmat vazifasida ko‗tarilish uchun teng shart-sharotlar muhayyo
etish;
• mehnatni rag‗batlantirishning turli shakl va vositalarini keng joriy
etish, ishlab topilgan daromad o‗z egasi va uning oilasidagilar munosib
hayot kechirishini ta‘minlaydigan miqdorda bo‗lishiga erishish;
• xodimlar va ish beruvchilar o‗rtasidagi mehnat munosabatlarini,
ayniqsa, xususiy sektordagi ish sharoitlarini
huquqiy jihatdan tartibga
solish, bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish.
Milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalar
innovatsion tendentsiyalar ta‘siri ostida barqaror rivojlanayotgani bilan
ajralib turibdi. Bu jarayon istiqbolda mamlakat mehnat resurslarini ichki va
tashqi omillarning o‗zgaruvchan shartlariga binoan prognoz qilish hamda
ularning bugungi innovatsion holatiga moslashuvini ta‘minlashga,
yangi
raqobatbardosh ustunliklarni joriy etish va takomillashtirishga yordam
beradi.
146
Albatta, iqtisodiyotdagi innovatsion tendentsiyalar jahonda ham, ichki
mehnat bozorida ham mavjud mehnat resurslarining
raqobatbardoshlik
jihatidan afzalliklarining asosiy manbai bo‗lib qolmoqda.
Hozirgi strategik rivojlanish davrida mehnat resurslarining mobilligi
mehnat
bozorida
alohida
o‗rin
tutmoqda. Mehnat
resurslari
mobilligi
deganda, mehnat resurslarining bir mintaqa yoki hududdan
boshqasiga o‗tishi, bir mehnat faoliyati turini boshqasiga almashtirishga
tayyorligi darajasini tushunamiz. Yuqoridagilardan
kelib chiqqan holda,
mehnat resurslarining mobilligi turlari hududlar, kasb-malaka hamda
davomiyligi bo‗yicha tasniflanadi
Do'stlaringiz bilan baham: