A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-chizma. Mehnatga layoqatli aholi tarkibida ish bilan band



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

5.6-chizma. Mehnatga layoqatli aholi tarkibida ish bilan band 
aholining o‗rni. 
 


148
Tadqiqotlarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy va sotsiologik maqsadlaridan 
kelib chiqib, mehnat bilan bandlikni ishchilarning malakaviy, kasbiy, 
milliy yoki boshqa tarkiblari bo‗yicha tahlil qilish mumkin. 
Bizningcha, hozir ish bilan band aholi tarkibini mulk shakli; 
demografik belgilar; tarmoqlar; kasblar guruhlari; malaka darajalari; 
hududlar; jinsiy tarkib bo‗yicha tasniflash o‗rinlidir. 
Milliy iqtisodiyot rivojiga ish bilan bandlikning tarmoq tarkibi eng 
ko‗p ta‘sir ko‗rsatadi. Uning shakllanishi muayyan mamlakat ravnaqida 
aniq bir tarmoqning o‗rni va joylashuviga bog‗liq bo‗ladi. Yurtimiz 
hududlarining iqtisodiy tarmoqlar ixtisoslashuvi tabiiy-iqlim xususiyatlari, 
har bir hududda tarmoq ishlab chiqarishi tarkibining joylashuvi, ishchi 
kuchlarining sifati bilan farqlanadi. Shuningdek, xalqaro mehnat taqsimoti 
ham ish bilan bandlikning tarmoq tarkibiga u yoki bu darajada ta‘sir 
o‗tkazadi. Bu ta‘sir milliy mehnat bozorining xalqaro mehnat bozoriga 
qanchalik faol integratsiyalashuvini ko‗rsatadi. 
Milliy iqtisodiyot va ish bilan bandlik tarkibining shakllanishi nuqtai 
nazaridan qaraganda, har qanday 
mamlakat uchun tabiiy-iqlim 
sharoitlaridagi hududiy farqlar ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Ular 
iqtisodiy o‗sish darajasi bilan bir qatorda, hududlarning iqtisodiy 
istiqbollarini belgilab beradi. Natijada hududlar doirasida ishlab chiqarish 
va agrar ixtisoslashuv qaror topadi. 
Tarmoqlar bo‗yicha ixtisoslashuv, aholining turmush darajasidagi va 
migratsion harakatchanligidagi farqlar ta‘sirida mehnat bilan band 
bo‗lganlar mamlakatning iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlanayotgan 
hududlarda ko‗proq to‗planadi. Ularning demografik belgilari jinsi, yoshi, 
oilaviy ahvoli, millati va hokazolar bilan tavsiflanadi. Bu belgilar inson 
umri davomida o‗zgarib boradi. Shu bois ish bilan mashg‗ul aholi tarkibi 
odamlarning yoshi, jinsiy tarkibi, oilaviy ahvoli kabi xususiyatlar orqali 
mujassamlashadi. Unga aholi sonining tabiiy o‗sishi ham ta‘sir qiladi. Bu 
o‗sishning yuqori sur‘atlari qulay demografik vaziyat sifatida baholanadi. 
Natijada mamlakat mehnat bozorida yoshlarni ish bilan ta‘minlash 
muammolari paydo bo‗ladi. Bu holat O‗zbekiston uchun alohida o‗rin 
tutadi. 
Ish bilan bandlik tarkibi keng ma‘noda mamlakatning iqtisodiy o‗sishi 
darajasining obyektiv indikatori Pirovardida milliy mehnat bozorining 
rivojlanish darajasi, ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida salbiy 
jarayonlar mavjudligi haqida xulosalar chiqarish imkonini beradi. 


149
Ma‘lumki, davlatning aholini ish bilan ta‘minlash siyosati bandlikning 
to‗liq darajasiga erishish maqsadini belgilaydi. Uning ro‗yobga chiqishi esa 
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlar nechog‗li samarali amalga oshishiga 
bog‗liq. Shuni nazarda tutib, aytish joizki, ish bilan bandlik qayta tuzilishi 
ta‘minlanishida davlatning o‗rni beqiyos. Chunki u, birinchidan, mulk 
shakli o‗zgarishining islohotchisi sanaladi, ikkinchidan, makro va 
mikroiqtisodiy siyosatni amalga oshirib, tarmoqlar rivojiga ta‘sir o‗tkazadi, 
uchinchidan, institutsional shart-sharoitlarni dastlab u yaratadi. Demak, 
aholining ish bilan bandligi qayta tuzilishini boshqarish davlat tomonidan 
ish bilan band aholi tarkibi samarali o‗zgarishini ta‘minlash maqsadida 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasi, aholini ish bilan ta‘minlash 
bo‗yicha muntazam olib boriladigan davlat siyosatining ustuvor 
yo‗nalishlaridan biridir. 
Endi yetakchi mamlakatlarda ish bilan bandlikning o‗zgarib 
borayotgan kasbiy-malakaviy tarkibi shakllanishini tahlil qilaylik. Undan 
oldin uchta narsani eslatish joiz. Birinchisi – tarixiy jarayonda «ishchi 
kuchi malakasi» iborasi «ishchi kuchi miqdori» tushunchasidan zarurroq 
bo‗la boshladi. Ikkinchisi – hozir iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
ish bilan bandlik sohasida o‗ziga xos kasbiy-malakaviy tarkib vujudga 
keldi. Uchinchisi – ishchi kuchining malakasi oshishi band bo‗lgan ishchi 
kuchi miqdori qisqarishiga, demakki, tarkibiy o‗zgarishlarga olib keladi. 
Endilikda 
boshqaruvchi, 
mahoratli 
kasb 
egalari 
va 
texnik 
mutaxassisliklar deyarli barcha mamlakatlarda ommaviylashmoqda. XX 
asr oxiridan boshlab asosiy e‘tibor ishlab chiqarishni «strategik» 
boshqarish (yangi texnologiyalarni avtomatlashtirish tizimi), tashkiliy 
strukturalarni qayta qurish, tadbirkorlik, inson resurslarini boshqarish va 
kooperativ shakllantirish muammolariga qaratildi. Shuningdek, u yoki bu 
kasblarning nufuzliligi va talabgorligini baholashda ham ma‘lum 
mamlakatlararo xususiyatlar mavjud

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish