A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Xalqaro mehnat resurslarining o‗ziga xos xususiyatlari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

5.4. Xalqaro mehnat resurslarining o‗ziga xos xususiyatlari 
Ma‘lumki, mehnat migratsiyasi jarayonlari uzoq tarixga ega bo‗lib, 
eramizga qadar ham odamlar o‗zlarini mashg‗ul qilish uchun bir davlatdan 
boshqasiga ko‗chib yurgan. Bu borada XIX asrning o‗rtalarida ishsizlik va 
og‗ir yashash sharoitlari tufayli Evropa mamlakatlaridan katta miqyosdagi 
migrantlarni daromad topish maqsadida AQShga ko‗chib o‗tishlari, 
ikkinchi jahon urushidan keyin yuqori ish haqi taklif qilgan mamlakatlarga 
«aqliy salohiyatning oqib ketishi» deya nomlangan yuqori malakali 
kadrlarning emigratsiyasi, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib Evropa 
mamlakatlari tomon migratsiya jarayonlarining jadallashishi kabi holatlar 
mehnat migratsiyasining muntazam shakllanib kelayotganligidan dalolat 
beradi. 
Xalqaro mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi nihoyatda 
murakkab jarayon bo‗lib, unga turli mamlakatlardagi mehnat migrantlari 
ishtirok etadigan jahon mehnat bozorining alohida segmentlarining yuzaga 
kelishi asos yaratadi. Xalqaro mehnat bozori bu – zarur ishchi kuchini 
tanlab olish uchun unga bo‗lgan talab va taklifni davlatlararo miqyosda 
tartibga 
solish 
jarayonlarida 
ishtirok 
etuvchi 
hamda 
mamlakat 
tashqarisidagi ishchi kuchini sotuvchilari va haridorlari doimiy ravishda 
faoliyat ko‗rsatuvchi xalqaro darajadagi bozordir
35
.
Mazkur bozordagi jarayonlarni – milliy mehnat bozorlarining ishchi 
kuchi resurslarini mamlakatlar yoki mintaqalar o‗rtasida ko‗chirish 
vositasida amalga oshiriladigan integratsiyasidir deya ta‘riflash mumkin. 
Shunday ekan, mamlakatlar o‗rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi 
integratsiya jarayonlarining qay darajada barqaror va muvaffaqiyatli 
ahamiyat kasb etishi ko‗p jihatdan unda ishtirok etuvchi ishchi kuchining 
soni, sifati va tarkibi kabi xususiyatlarga bog‗liqdir. Shu sababli ham 
xalqaro mehnat bozorida mehnat resursining sifatiga, uning umumta‘lim va 
ixtisoslik bo‗yicha tayyorgarligi hamda malakasiga eng yuqori talablar 
qo‗yiladi
36
.
35
V. V.Tomilov, L.N. Sеmеrkova . Markеting rabochеy sili. М. 2004.S. 243. 
36
V. V.Tomilov, L.N.Smеrkova. Markеting rabochеy sili. М. 2006. S. 251 


140
Ishga yollash shartlarida zamonaviy ishchining ijodiy yaratish 
salohiyatidan foydalanish, shu orqali jahondagi umumiy ishlab 
chiqarishning ilm-fanga asoslanishining umumiy darajasini ko‗tarish 
manfaatlari ko‗zda tutiladi. Bugungi kunga kelib, mehnat salohiyati 
faqatgina jamiyatga tegishli bo‗lgan mehnat masalalari yoki jahon xo‗jaligi 
mehnat resurslarining umumiy sonini anglatish bilan chegaralanmaydi. 
Asosiy mezon bu – eng avvalo, ishchining malakasi va qobiliyati hamda 
uning mehnatga bo‗lgan layoqati bilan aniqlanadigan mehnat sifatidir. 
Xalqaro ishchi kuchining muhim sifatlari bo‗lmish kasbiy-malakaviy 
tuzilishi haqida so‗z ketganda, bir necha imkoniyatlarni hisobga olish 
zarur. Xalqaro mehnat bozorida ishtirok etayotgan ishchi kuchining sifati 
milliy 
mehnat 
bozorlarida 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
ishchilar 
harakteristikasida mavjud bo‗lmagan xususiyatlarga ega. U o‗zida nafaqat 
milliy xususiyatlarni, balki xalqaro tajribani o‗zlashtirishi, dunyoviy 
muomala madaniyatini anglash xislatlarni ham mujassamlashtirishi lozim 
bo‗ladi. Xalqaro ishchi kuchining o‗ziga xos farqli tomoni – uning xalqaro, 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimga biriktirilganligi, xalqaro ishchilar 
mehnatining funktsional xususiyatlari hamda ularning jahon iqtisodiyoti, 
umuman, insoniyat taraqqiyotining umuminsoniy ijtimoiy vazifalari bilan 
chambarchas bog‗liqligida namoyon bo‗ladi. 
So‗nggi yillarga kelib, ko‗pgina mamlakatlar o‗zlarining iqtisodiy 
rivojlanganlik darajasiga bog‗liq bo‗lmagan holda malakali ishchi kuchi 
taqchilligiga uchramoqda. Bu holat aksariyat sharoitlarda mikroelektronika 
va umuman, informatsion texnologiyalarning yuqori darajada rivojlanishi 
hamda aksariyat injener-texnik ishchilarning bilimlariga bo‗lgan talabning 
keskin darajada o‗zgarishi bilan izohlanadi. Zarur malakaga ega bo‗lgan 
ishchilar 
taqchilligi 
bugungi 
kunda 
boshqa 
mamlakatlardagi 
mutaxassislarni vaqtinchalik ishga yollash, malakali ishchi kuchining 
mobilligini faollashtirish, ishga yollash sharoitlarini diversifikatsiyalash 
hamda ushbu kategoriyadagi ishchilar mehnatini tashkil etish hisobdan 
qoplanmoqda. 
Xalqaro ishchi kuchining asosiy guruhlariga zamonaviy texnika va 
informatsion texnologiyalar bo‗yicha mutaxassislar hamda bozor 
iqtisodiyoti (marketing, savdo va moliya birjalari, bank va boshqalar) 
bo‗yicha boshqaruvchilar va mutaxassilar kiradi. Bunday mutaxassislarga 


141
ayniqsa, rivojlangan, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik (ITTK) 
ishlariga katta miqdorda mablag‗ sarflaydigan, ishchilarning ijodiy faoliyat 
uchun tengi yo‗q – a‘lo sharoitlar yarata olgan, xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy 
va ekologik dasturlarni bajarish uchun foydalaniladigan, ko‗p miqdordagi 
ilmiy-tadqiqot institutlari va ta‘lim muassasalariga ega bo‗lgan 
mamlakatlarda talab katta. Bu kabi mamlakatlarda ish haqi to‗lovlarining 
nisbatan qulay sharoitlari yaratilgan, kasbiy va madaniy darajani 
o‗stirishning imkoniyatlari ta‘minlangan, shuningdek, oilalar uchun yuksak 
madaniy hayot darajasi, bolalar uchun esa ta‘lim olish imkoniyatlari 
yaratilgan bo‗ladi. Ammo bu hol o‗z navbatida, donor mamlakatlardan 
«aqliy salohiyatning oqib ketish» muammosini keltirib chiqarmoqda. Bu 
kabi muammoni quyi daromadli mamlakatlarda ko‗p uchratish mumkin. 
Masalan Gaiti va Yamaykadagi universitetlar bitiruvchilarining har 10 
tadan 8 tasi xorijda yashaydi
37

Shuni alohida ta‘kidlash joizki, zamonaviy xalqaro mehnat bozorida 
yuqori malakali ishchilar bilan bir qatorda, past malakali ishchilarining 
ham alohida tabaqasi ham shakllanib bormoqda. Ayniqsa, nisbatan boy 
G‗arbiy Evropa mamlakatlari o‗ziga Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, MDH 
mamlakatlarining kambag‗al tabaqasini magnit kabi tortmoqda. Xorijiy 
ishchi 
kuchidan 
foydalanish 
– G‗arb mamlakatlari iqtisodiyoti 
rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‗lib, ular o‗zining iqtisodiy 
o‗sish sur‘atlarini saqlab turish, tug‗ilishning quyi darajasini qoplash uchun 
xorijiy ishchilar oqimini qo‗llab-quvvatlaydi. Ammo bu mamlakatlarda 
xorijiy ishchilar va mahalliy aholi o‗rtasida irqiy va diniy tafovutlar bilan 
bog‗liq mojarolar tufayli ijtimoiy muhit beqarorligining kuchayishi bilan 
bog‗liq havotir hukm suradi. 
Shuni e‘tiborga olish lozimki, xalqaro mehnat bozorida xarakteri jahon 
xo‗jaligi manfaaatlari bilan aniqlanadigan ishchi kuchi oldi- sotdisining 
almashuvi ro‗y beradi. Bu borada jahon xo‗jaligi manfaatlari xalqaro ishchi 
kuchini yollashning sharoitlarini, ish haqi miqdorini va mehnat bozorida 
talab qilinadigan harakterni aniqlab beradi. O‗z navbatida, jahon 
xo‗jaligining turli xil tuzilmalarida bo‗lgan xalqaro ishchi kuchi yoki 
mehnat resurslari quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
– Qo‗shma korxonalarning ishchilari; 
37
Международная миграция и денежное переводи. www.un.org 


142
– TMKlarning asosiy va yordamchi bo‗limlarida band bo‗lgan 
ishchilar; 
– Mintaqaviy iqtisodiy tuzilmalarda band bo‗lgan ishchilar. 
Xalqaro ishchilar yuqori, o‗rta, quyi toifalarga hamda idora 
hizmatchilari (kontora personali, turli hil profil mutaxassislari)ga ham 
qarab tasniflanadi. Tabiiyki, biz yuqorida ta‘kidlagandek, xalqaro ishchi 
kuchining nisbatan mukammal differentsiatsiyalashda malaka darajasi, 
jinsi, yoshi va millati kabi xususiyatlar ham e‘tiborga olinadi. Biroq har 
qanday holatda ham xalqaro ishchi kuchining nisbatan yirik va bazaviy 
segmentlarini ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bularga eng avvalo, 
mamlakatlararo xo‗jalik tizimlarida doimiy ishga ega bo‗lgan ishchilar, 
xalqaro mehnat bozorining rezervi sifatida faoliyat ko‗rsatuvchi yoki 
xalqaro mehnat bozori va turli xil mamlakatlarning milliy ishchi kuchi 
bozorlarida ish qidirish bilan band bo‗lgan ishchilar kategoriyalari kiradi. 
Yuqorida ta‘kidlangan barcha omillarga ko‗ra shakllanayotgan xalqaro 
ishchi kuchi bozori aniq segmentlangan harakterga ega. Boshqacha qilib 
aytganda, ushbu bozor doirasida ishchi kuchi harakatida o‗zining 
qonuniyatlariga ega bo‗lgan bir qancha xususiy, nisbatan avtonom ishchi 
kuchi bozorlari shakllanadi. Bu kabi ishchi kuchi segmentatsiyasi 
shakllangan xalqaro mehnat taqsimotini, shuningdek, ishchi kuchi 
malakasining va unga bo‗lgan talabning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗zida 
namoyon qiladi. Xalqaro mehnat bozorini segmentlash ushbu bozorda 
ishtirok etuvchi ishchi kuchi tarkibidagi bir xillikni bekor qiladi. Biroq bu 
bilan ushbu ishchilarda faqatgina milliy mehnat bozorlaridagina ishtirok 
etuvchi ishchilardan butunlay farq qiluvchi spetsifik xususiyatlarni 
shakllanishini bekor qilmaydi. Shuni ta‘kidlash joizki, bu kategoriyadagi 
ishchilarda milliy bog‗lanish hissi sezilarli darajada sustlashadi, ular 
nisbatan 
mobil 
xarakterga 
hamda 
ish 
beruvchining 
talablariga 
moslashishda katta qobiliyatga ega bo‗ladilar. Bu kabi qobiliyatga ayniqsa, 
Osiyo mintaqasi mamlakatlaridan xorijga chiquvchi migrant-ishchilar 
egadirlar. 
Shu o‗rinda, jahon mehnat bozorining shakllanishida alohida 
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga jalb qilinganligi ham 
muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etish lozim. Ma‘lumki,mehnat 
taqsimotining rivojlanishi – ishlab chiqarishning ikkita asosiy omili 
bo‗lmish mehnat va kapital mobilligining ortishi bilan chambarchas 
bog‗liq. Aynan, xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning ma‘lum 


143
bir turdagi tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini 
hamda o‗z navbatida, aniq bir ijtimoiy-demografik harakteristikadagi 
ishchilarga 
bo‗lgan 
talabni 
aniqlab 
beradi. 
Zamonaviy 
mehnat 
taqsimotining shakllanishida 3ta asosiy g‗oya muhim rol o‗ynaydi: 
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarda amaliy jihatdan arzon mehnatning 
cheksiz rezervuariga ega bo‗lish
38

2. Minimal turdagi mamlakatlar bilan alohida operatsiyalarni 
bajarishga qodirligini izohlovchi ishlab chiqarish jarayonining yuqori 
fragmentlashuvi. 
3. Transport va kommunikatsion tizimlarning rivojlanganligi. 
Endilikda zamonaviy hududiy mehnat taqsimoti alohida mamlakatlar 
o‗rtasida emas, balki har birining tarkibida periferiya va markazlar bo‗lgan 
Evropa Ittifoqi, NAFTA (AQSH, Kanada, Meksika), Osiyo Tinch okeani 
mintaqasi kabi yirik mintaqalar o‗rtasida amalga oshirilmoqda. Bunday 
mehnat taqsimotining harakatlanuvchi kuchi sifatida bozorlarning 
o‗zgarishi va texnologiyalar transferti xizmat qiladi. Ba‘zi bir mintaqalar, 
masalan, Afrika zamonaviy mehnat taqsimotidan butunlay mustasno 
qilindi. Aksariyat Afrika mamlakatlari asosan, iqtisodiyotning agrar tipini 
o‗zlarida namoyon etsalarda, ular mehnatning sanoat ishlab chiqarishi 
sektorida qayta taqsimlanishga jalb qilinganlar. 
Globallashuv sharoitida xalqaro mehnat bozorining rivojlanishini 
davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishi bilan izohlashning o‗zi ham 
kifoya emas. Yuqorida ta‘kidlanganidek, bunda xalqaro mehnat bozorining 
rivojlanish dinamikasi jahon iqtisodiyotining qator boshqa subyektlarining, 
masalan, o‗zining investitsion va texnologik siyosati bilan milliy mehnat 
bozorlarini korrektivlashtirishga va rivojlantirishga xizmat qiladigan 
TMKlarning taraqqiyoti bilan ham izohlanadi. 
Bugungi 
kunda 
xalqaro 
mehnat 
bozorida 
quyidagi 
asosiy 
tendentsiyalar kuzatilmoqda: 
– Nolegal (noqonuniy) migratsiya hajmining ortib borishi; 
– Sharqiy Evropa va MDH mamlakatlari mehnat migrantlarining 
ko‗payishi tufayli dunyo mehnat bozorining torayib borishi; 
– Xalqaro mehnat bozoriga kirish uchun to‗siqlar sonining ko‗payishi; 
38
Мs CallumC/ Globalization,Development and Trends in the New International Division of Labour. Paper Number 19-
99. Papers in Intarnational Bissiness, 2006 P.6. 


144
– Ishchi kuchining sotuvchilari (ya‘ni mehnat resusrlari) o‗rtasidagi 
raqobatning kuchayishi; 
– Migrantlar diskriminatsiyasining davom etishi; 
– Majburiy migratsiyaning ortib borishi. 
Xulosa qilib aytganda, xalqaro mehnat bozori yuqorida qayd etilgan 
qator subyektiv va obyektiv omillar ta‘sirida, talab va ehtiyojlar hamda 
ma‘lum tartib hamda qonuniyatlar asosida rivojlanib kelmoqda. Dunyo 
mehnat bozori faqatgina ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi natijasida 
emas, balki individual, faqatgina o‗ziga xos bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy 
harakterga ega bo‗lgan, natijada nafaqat alohida mintaqalarning, balki 
uning tarkibidagi butun dunyoning iqtisodiy holatiga ta‘sir o‗tkazish 
imkoniyatiga ega bo‗lgan alohida milliy mehnat bozorlari hisobidan ham 
shakllanadi. Biroq xalqaro mehnat bozori va uning bir qismi bo‗lmish 
mintaqaviy mehnat bozoriga milliy mehnat bozorlarining mexanik 
birlashishi sifatida qarashning o‗zi etarli emas. Biz xalqaro mehnat 
bozoriga xorijiy ishchi kuchining sotuvchilari va haridorlari sifatli mehnat 
resurslari uchun raqobatlashadigan milliy miqyosdan yuqori bo‗lgan 
tuzilma sifatida qarashni maqsadga muvofiq deb topdik. Ammo boshqa 
tomondan esa, xalqaro mehnat bozori kapital mobilligining ortishi va yangi 
texnologiyalarnin paydo bo‗lishi hisobidan ham shakllanishi mumkinligini 
ham alohida qayd etish joizdir. Bu holda xalqaro mehnat bozori tarkibiga 
jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‗lgan TMK yoki boshqa 
subyektlarning 
ishchilari 
yoki 
davlat 
chegaralari 
orqali 
erkin 
harakatlanuvchi xalqaro mehnat migrantlari kiradi. Aynan shu bilan 
xalqaro mehnat bozorining asl qiyofasi namoyon bo‗ladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish