A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Ma’lumot uchun:
Ishga qabul qilishga o‗n olti yoshdan yo‗l qo‗yiladi. 
O‗n besh yoshga to‗lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o‗rnini 
bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi 
mumkin (
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 77-moddasi
). 


134
Demak, o‗n besh yoshga to‗lib ishlayotgan o‗smirlar mehnatga 
layoqatli yoshdan kichik yoshdagi mehnat bilan band bo‗lgan shaxslar 
toifasiga kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‗ra mehnatga layoqatli 
yoshdan katta yoshdagi aholiga 55 yosh va undan yuqori yoshdagi xotin-
qizlar, 60 yosh va undan yuqori yoshdagi erkaklar kiradi. 
Yoshga doir pensiyani rasmiylashtirib, mehnat faoliyatini davom 
ettirayotganlar ham mehnat resurslari tarkibida o‗tiradi. 
Endi mehnat resurslarining shakllanish manbalarini misol bilan 
tushunib olsak. 
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda mehnatga layoqatli yoshdagi 
mehnatga layoqatli aholi soni 752,8 ming kishi, mehnatga layoqatli 
yoshdan kichik va katta yoshdagi mehnat bilan band bo‗lgan shaxslar soni 
3,5 ming kishini tashkil etgan. 
Demak, Jizzax viloyatida 2017 yilda mehnat resurslari soni 756,3 ming 
kishiga teng bo‗lgan (756,3 =752,8 + 3,5). 
O‗zbekiston Respublikasida har yili mehnat resurslari balansi ishlab 
chiqiladi. 
Xo‗sh, savol tug‗iladi. «Balans» degan tushunchaning lug‗aviy 
ma‘nosi nima? 
«Balans» 
atamasi lotincha 
bis 
– 
»ikki marta», 
lanx 
– «tarozi pallasi» 
so‗zlaridan tarkib topgan bo‗lib, tom ma‘noda «ikki palla» degan ma‘noni 
anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida qo‗llaniladi. 
Demak, balans tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida qo‗llanilsa, 
mehnat resurslari balansida tenglik, muvozanat nimada aks etadi. 
Mehnat resurslari balansi - bu mehnat resurslari mavjudligini va 
ularning taqsimlanishini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar tizimidir. 
Mehnat 
resurslari 
balansida 
tarozining 
bir 
pallasi 
«shakllanish», ikkinchi pallasi «taqsimlanish» qismi bo‗ladi. 
Biz yuqorida mehnat resurslarining mehnatga layoqatli yoshdagi 
mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va 
katta yoshdagi mehnat bilan band bo‗lgan shaxslardan shakllanishini turli 
misollar bilan tushuntirib o‗tdik. 
Endi mehnat resurslarining taqsimlanish qismiga, ya‘ni tarozining 
ikkinchi pallasiga to‗xtalib o‗tamiz. 
Mamlakatning mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol 
aholiga taqsimlanadi. 


135
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda yil iqtisodiy faol aholi 492,6 
ming kishini va iqtisodiy nofaol aholi 263,7 ming kishini tashkil etdi. 
Demak, Jizzax viloyatida mehnat resurslari soni 756,3 ming kishiga 
teng (756,3 = 492,6 + 263,7). 
Shu joyda, balans nimada aks etishini ko‗rsak: 
shakllanishi - 752,8 + 3,5 = 756,3; 
taqsimlashi - 492,6 + 263,7 = 756,3. 
Iqtisodiy faol aholi soni - bu ish bilan band aholi va ishsizlar soni 
yig‗indisidan iboratdir. 
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda yil ish bilan band aholi soni 
468,2 ming kishini va ishsiz aholi soni 24,4 ming kishini tashkil etgan. 
Demak, Jizzax viloyatida iqtisodiy faol aholi soni 492,6 ming kishiga 
teng (492,6 = 468,2 +24,4). 
Ish bilan ta‘minlanish - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid 
kelmaydigan, o‗z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‗liq 
bo‗lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir. 
Iqtisodiyotda ish bilan band aholi soni iqtisodiy faoliyat turlarining 
turli sohalarida ish bilan bandlar yig‗indisidan tashkil topadi. 
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda qishloq, o‗rmon va baliq 
xo‗jaligida ish bilan bandlar soni – 195,7 ming kishi, sanoatda – 46,3 ming 
kishi, qurilishda – 31,2 ming kishi va boshqa sohalarda - 195,0 ming 
kishini tashkil etgan. 
Demak, Jizzax viloyatida 2017 yilda ish bilan band aholi soni 468,2 
ming kishini tashkil etgan (468,2 +195,7 + 46,3 +31,2 + 195,0). 
Ishsizlar - qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‗yxatdan 
o‗tkazilgan shaxslar, shuningdek, haq to‗lanadigan ishga yoki daromad 
keltiruvchi mashg‗ulotga ega bo‗lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va 
bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‗lgan mehnatga 
layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band bo‗lmagan shaxslardir. 
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda iqtisodiy faol soni – 492,6 
ming kishi, ishsizlar soni - 24,4 ming kishini tashkil etgan. 
Demak, Jizzax viloyatida 2017 yilda ishsizlik darajasi 5,0 %ni tashkil 
etdi (5,0 % q (24,4 / 492,6) x 100 %). 
Iqtisodiy nofaol aholi – bu mehnat bilan band va ishsizlar deb 
hisoblanmaydigan shaxslardir. Ularga ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
ta‘lim olayotgan o‗quvchilar va talabalar; bolalarni parvarish qilayotgan 
ishlamaydigan ayollar; uy bekalari va ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band 


136
bo‗lmagan shaxslar, shuningdek ko‗char va ko‗chmas mulkdan daromad 
oladigan ishlamaydigan shaxslar kiradi. 
Misol uchun: Jizzax viloyatida 2017 yilda ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda ta‘lim olayotgan o‗quvchilar va talabalar soni 72,7 ming kishini, 
bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar soni 73,5 ming 
kishini, shuningdek uy bekalari va ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band 
bo‗lmagan shaxslar, ko‗char va ko‗chmas mulkdan daromad oladigan 
ishlamaydigan shaxslar soni 117,5 ming kishini tashkil etgan. 
Demak, Jizzax viloyatida iqtisodiy nofaol aholi soni 263,7 ming 
kishiga teng bo‗lgan (263,7 = 72,7 + 73,5 +117,5). 
Xo‗sh, respublikada mehnat resurslari soni aniq bo‗lsa, endi undan 
samarali foydalanish kerak. 
Mehnat resurslaridan foydalanishga quyidagi omillar ta‘sir etadi: 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish