5.4-chizma. Mehanat, tovar va kapital bozorining o‗zaro bog‗ligi
28
Shu bilan birga mehnat bozori va ish bilan bandlik nazariyasiga hozirgi
paytdagi kontseptual yondashuvlarda aholining ish bilan bandligi sifati
muammosiga e‘tibor tobora kuchaymoqda.
Iqtisodiy adabiyotda shaxsning ish bilan bandligi sifati hamda
jamiyatdagi ish bilan bandlik sifati tadqiq etiladi. Lekin ayrim
tadqiqotchilar ish bilan bandlik sifatiga ish bilan bandlik sharoitlari va
inson salohiyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashsalar, boshqa
izlanishlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh turmush darajasi, shuningdek ish
bilan bandlik xususiyatida namoyon bo‗ladigan xususiyatlar tahlil etiladi.
Ish bilan bandlik sifatiga yondashuvlardagi bunday farqlarga qaramay,
mazkur
tushunchaning
aniq
ko‗rsatkichlar
tizimi
mavjud,
ular
quyidagilardan iborat
29
:
● ish bilan band xodim daromadining darajasi. Bu daromad Xalqaro
mehnat tashkiloti (XMT) hujjatlarida qayd etilganidek, faqat xodimning
28
S.Raxmonova. Bandlik siyosati va uning asosiy yo‗nalishlari. Iqtisod va moliya / ekonomika i finanso‗ 2017, 7
29
S.Raxmonova. Bandlik siyosati va uning asosiy yo‗nalishlari. Iqtisod va moliya / ekonomika i finansi 2017, 7
125
emas, shuningdek uning oila a‘zolari ehtiyojlari eng kam miqdori hamda
ish kuchini hosil etish (ta‘lim olish, kasb egallash, salomatlikni saqlash va
hokazolar) uchun etarli bo‗lishi lozim;
● oilada jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadning xarid qobiliyati;
● ijtimoiy mehnat unumdorligi darajasi. Mazkur ko‗rsatkichning
umume‘tirof etilgan mezoni - iqtisodiy faol aholi birligiga to‗g‗ri keladigan
yalpi ichki mahsulot hajmi mavjud;
● mehnatga haq to‗lash xarajatlarining yalpi ichki mahsulot hajmidagi
solishtirma ulushi. Bu ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan
bandlik sohasidagi iqtisodiy siyosatning eng muhim indikatorlaridan biri
hisoblanadi;
● mehnat bozorida ish kuchi sifati va raqobatdoshligi darajasi. Ishsiz
qolgan shaxslarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy
muhofazalash mehnat bozoriga davlat siyosatining passiv shakliga kiradi.
Ishsiz fuqarolarni davlat kafolatlaydi:
● ishsizlik bo‗yicha nafaqalar ko‗rinishida ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash,
moddiy yordam va boshqa ijtimoiy to‗lovlarni ta‘minlash;
● bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish.
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlarga moliyaviy yordam ishsizlik
bo‗yicha sug‗urta tizimi asosida amalga oshiriladi. Aholining alohida
guruhlari, ishlovchilar, tadbirkorlar hamda mehnatni tashkil etishning
ma‘lum unsurlari davlat ta‘sir ko‗rsatish obyekti hisoblanadi. Davlat ularga
turli imtiyozlar, shu jumladan, soliq imtiyozlari taqdim etadi, jamoat
ishlarini tashkil qiladi, shu orqali mehnatga bo‗lgan talabni rag‗batlantiradi
va bandlik muammolarini hal qiladi, korxona va ish joylarini ( davlat
tadbirkorligi)
o‗zi yaratadi va h.k. Ta‘sir ko‗rsatish obyekti
xususiyatlaridan kelib chiqib, umumiy ta‘sir ko‗rsatish choralarini va
maxsus tadbirlarni ajratish mumkin. Ta‘sir ko‗rsatish yo‗nalishi bo‗yicha
xodimlarga
bo‗lgan
talabni
ham,
taklifni
ham
oshiradigan
(kamaytiradigan), talab tarkibi va taklifning tarkibida aks etadigan,
ularning o‗zaro muvofiqligi darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlar
farqlanadi.
Ta‘sir ko‗rsatish shakliga ko‗ra, bevosita va bilvosita tartibga solish
usullari farqlanadi.
Birinchi guruhga davlat subsidiyalashi va turli imtiyozlar, shu
jumladan, soliqlardan imtiyozlar taqdim qilish yo‗li bilan barcha mumkin
bo‗lgan tashkiliy-huquqiy shakllardagi, davlat bandlik xizmati bilan
126
hamkorlik qiladigan va qandaydir kasb bo‗yicha o‗qigandan keyin ishga
qabul qiladigan korxonalarda bandlikni rag‗batlantirish kiradi.
Ikkinchi guruhga demografik vaziyatni tartibga solish, davlat
xaridlarini ko‗paytirish, soliq to‗siqlarini kamaytirish, amortizatsiyani
jadallashtirish va boshqa tadbirlar, ya‘ni mamlakat iqtisodiyoti pasayish
bosqichida bo‗lgan davrdagi ishbilarmonlik faolligini rag‗batlantiradigan
dastaklar kiradi.
O‗zbekistonda xozirda qanday bandlik siyosati qo‗llaniladi?
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida O‗zbekistonda aktiv bandlik
siyosatga o‗tish hayotiy zaruriyatdir.
Aktiv bandlik siyosati - bu davlat tomonidan ishsizlik darajasini
pasaytirish maqsadida olib boriladigan huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy
chora-tadbirlar yig‗indisidir. Bu siyosat ish o‗rinlarini saqlab qolish
maqsadida ishchilarni kutilayotgan bo‗shatishlardan ogohlantirish; ish
izlayotganlarni o‗qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; yangi ish
o‗rinlarini yaratishni moliyalashtirish; ish o‗rinlarini izlash va tanlash;
jamoat ishlarini tashkil etish tizimi orqali yangi ish o‗rinlarini yaratish va
boshqalarni qamrab oladi.
Bandlik sohasida faol davlat siyosatini olib borish aholini ish bilan
ta‘minlash dasturini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish orqali amalga
oshiriladi. Bu dastur mehnat bozoridagi holat va uning rivojlanish
istiqbollariga mos ravishda shakllanadi. Bandlikni hududiy tartibga solish
hududlar rivojlanishining ko‗plab o‗ziga xos jihat larini hisobga olishni va
ular asosida aniq maqsadga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishni
taqozo etadi.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28
dekabrdagi 2019 yildagi ustivor vazifalarga bag‗ishlangan Oliy Majlisga
Murojaatnomasida xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozimligini to‗htalib o‗tib, «Bu
borada joriy yilda ko‗rilgan amaliy choralarga qaramasdan, haligacha og‗ir
turmush sharoitida yashab, ish bilan ta‘minlanmagan 13 mingdan ziyod
xotin-qizlar borligi achinarlidir»
30
deb ta‘kidlagan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Xotin-qizlar qo‗mitasi
hududiy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda ana shunday
30
O‗zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2018 yil 28 dеkabr
127
ayollarni ish bilan ta‘minlashga qaratilgan dastur ishlab chiqish vazifasi
berilgan.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14
iyo‗ldagi «Aholi bandligini ta‘minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish
va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarorida
hududlardagi mehnat bozorida hali-hamon yuqori darajada keskinlik
saqlanib qolayotganligi, doimiy ish o‗rinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-
qizlar,
kam
ta‘minlangan
oilalar
a‘zolari
bandligini,
ayniqsa, qishloq joylarda
ta‘minlash,
shuningdek,
tashqi
mehnat
migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish masalalari hal etilmayotganligi
ta‘kidlanadi.
Shuningdek, ishga joylashtirish sohasida aholi va tadbirkorlik
subyektlari uchun kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va
boshqa zarur xizmatlar darajasi past deb baholanadi.
Ishlab chiqarish kadrlari ko‗pincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va
istiqboldagi ehtiyojlarini, ularning imkoniyatlari va resurslarini hisobga
olmagan holda kasbga tayyorlanmoqda va qayta tayyorlanmoqda. Oqibatda
mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar bo‗yicha malakali kadrlar
taqchilligi kuzatilishi kabi muammolarni tizimli yyechimini topish
masalalarida Qarorga muvofiq keng imkoniyatlar yaratib berildi.
Jumladan,
Aholi
bandligini
ta‘minlash
bo‗yicha
ishlarni
takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir «Yo‗l xaritasi» ishlab
chiqildi va tasdiqlandi;
Bandlikka ko‗maklashish jamg‗armasi uchun 2018 yilda Respublika
byudjetiga qo‗shimcha tushumlar hisobiga 150 milliard so‗m ajratiladi,
2019 yildan boshlab esa byudjet parametrlarida 300 milliard so‗mdan kam
bo‗lmagan miqdorda qo‗shimcha mablag‗lar ajratish nazarda tutildi;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‗rinlari tashkil etishni
rag‗batlantirish hududiy jamg‗armalari tashkil etildi;
shuningdek, aholini ish bilan ta‘minlash va tadbikorlikka yo‗naltirish
maqsadida mikrokreditlar eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‗lgan
miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi
miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan, tijorat bankining ajratiladigan
128
kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etilishi kabilar
belgilab berildi
31
.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‗zbekistondagi ishsizlik
darajasi haqida rasmiy ma‘lumotiga ko‗ra
32
2019 yilning mart oyida
vazirlik huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish
ilmiy markazi tomonidan respublikadagi 108 ta tuman va shaharlarda keng
ko‗lamli ijtimoiy tekshiruvlar o‗tkazdi. Fuqarolarning 462 ta o‗z-o‗zini
boshqarish organlari, 4900 ta uy xo‗jaligi va 25691 nafar fuqaro qamrab
olindi.
Tekshiruv natijalariga ko‗ra, ijtimoiy faol aholiga nisbatan ishsizlik
darajasi 9,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‗rsatkich 2018 yilning yanvar-
dekabriga (9,3 foiz) nisbatan 0,1 foizga ko‗p, biroq 2018 yilning yanvar-
mart oylariga nisbatan 0,3 foizga pastroqdir. Eng yuqori ishsizlik darajasi
9,7 foiz bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo,
Samarqand, Sirdaryo va Farg‗ona viloyatlarida qayd etilgan bo‗lsa, eng
past ko‗rsatkich Toshkent shahrida (8,0 foiz) aniqlandi. Ishga muhtoj aholi
soni 1 391,1 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi 30 yoshgacha
bo‗lgan yoshlar orasida 15,3 foizni, shundan 15-25 yoshlilar o‗rtasida 17,1
foizni, ayollar ishsizligi esa 13,0 foizni ko‗rsatdi.
Mehnat resurslari miqdori mehnatga layoqatlilar sonining 183,2 ming
kishiga ortgani hisobiga 18 953,8 ming aholini tashkil etdi. Bu 2018
yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 1 foizga ko‗p.
Ijtimoiy faol aholi soni esa 14 767,1 mingga etgan (2018 yil yanvar-
mart oylariga nisbatan 1 foiz yuqori). Bunda rasmiy ijtimoiy sektordagi
bandlik 5 412,1 ming kishini tashkil qiladi. Mazkur ko‗rsatkich ijtimoiy
sohada band bo‗lganlar (92,2 mingga), shuningdek, patentga ega yuridik
shaxs bo‗lmagan tadbirkorlar (76,9 mingga) ortishi hisobiga 176,3 mingga
(3,4 foizga) ko‗paygan.
Norasmiy sektordagi bandlik esa o‗tgan yilgi ko‗rsatkich bilan bir xilda
qolgan – 7 963,9 ming kishi. Bunda vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy
ishlarni bajaruvchilar soni (41,9 mingga) oshgani kuzatilgan, mehnat
shartnomalarisiz ishlayotganlar va maxsus ruxsatnomasiz tadbirkorlik
faoliyatini olib borayotganlar soni esa umumiy olganda biroz (3,6 mingga)
kamaygan.
31
O‗zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2018 yil 14 iyuldagi ―Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni
takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori. Manbaa Lex.uz.
32
Bandlik va mеhnat munosabatlari vazirligi rasmiy ma'lumoti.
129
Mamlakatimizda ishsizlikni muntazam bartaraf etib borish, mehnat
resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil
qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat bozoriga ilk bor kirib
keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar, aholi bandligini ta‘minlash dasturi
samaradorligini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi «Ishga joylashtirishga muhtoj aholi
sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‗jaliklarini mehnat bilan bandlik
masalalari bo‗yicha o‗rganishlar o‗tkazish, shuningdek, mehnat resurslari,
bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini
takomillashtirish to‗g‗risida»gi Qarorida 2018 yildan boshlab mehnat
resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish va
amalga oshirish bo‗yicha yagona idoralararo kompyuterlashtirilgan axborot
tizimini joriy etish, aholi bandligini ta‘minlash, birinchi navbatda, mehnat
bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlarni ishga
joylashtirish hududiy va tarmoq dasturlari ko‗rsatkichlarini shakllantirishda
mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansiga muvofiq
bu boradagi ishlarni tashkil qilish kabi vazifalar belgilab berilgan
33
.
Do'stlaringiz bilan baham: |