Mavzu; Yuridik xizmatlar o‘quv fanining predmeti, uslublari va ahamiyati Yurist o’zi kim? - Yurist - yuridik ma’lumotga ega boʻlgan, yuridik bilimli, qonunchilikni biluvchi, ularni amaliy faoliyatda qoʻllash koʻnikmasiga ega boʻlgan shaхs.
- Yurist kasbi sivilizatsiya tariхida eng qadimiy kasblardan biri hisoblanib, u huquq bilan birga paydo boʻlgan hamda uning roli qonunchilikning rivojlanishi, jamiyat hayotining huquqiy tartibga solish ahamiyati kuchayishi bilan oshib borgan. Huquqni bilish va uni qoʻllay bilish davlatning koʻp funksiyalarini amalga oshirish uchun muhim shartga aylandi.
Huquqiy yordam - - fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga, tashkilotlarning faoliyatida qonuniylikni taʼminlashga koʻmaklashish. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanganligi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat koʻrsatishi belgilab qoʻyilgan. Ushbu konstitutsion normaning mohiyati shundan iboratki, fuqarolar hamda tashkilotlar oʻzlariamalga oshirayotgan xatti-harakatlar toʻgʻrisida toʻliq va yetarli maʼlumotga ega boʻlgandagina fuqarolarning huquq va erkinliklari toʻla ravishda amalga oshiriladi, korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatida esa qonuniylik taʼminlanadi.
YUridik faoliyat qanday turlarga bo‘linadi? - Yuridik faoliyat mazmuni, uni qo‘llash sohasi, shakli va uslublari bo‘yicha quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
- a) odil sudlov;
- b) prokuror nazorati;
- v) jinoyatlarni tergov qilish;
- g) fuqarolar va tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatish (advokatlik faoliyati);
- d) notarial harakatlarni amalga oshirish;
- e) davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda huquqiy ishlar kiradi.
-
Yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari bizga nima beradi? - Mamlakatimizda Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlar qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida 1993-yilda tashkil etilgan edi. 2017-yilga kelib, ularga alohida maqom berildi: tashkilotda yurist shtatini qisqartirish taqiqlandi, ularga martaba darajasi berish joriy qilindi, har bir shartnoma, buyruq, yuridik hujjatlar yuriskonsultdan oʻtishi majburiyligi belgilandi.
Birinchidan - , byudjet mablagʻlari iqtisod qilinadi.
- Ayni vaqtgacha tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlarda jami 2001 ta yuridik xizmat shtat birligi mavjud boʻlib, ularni saqlab turish uchun bir yilda oʻrtacha 80 mlrd soʻmga yaqin byudjet mablagʻlari sarflanmoqda.
Ikkinchidan - , qonuniylik va qonun ustuvorligi amalda taʼminlanadi.
- Davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini taʼminlash yuridik xizmatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ayni damda bir qator obyektiv va subyektiv sabablarga koʻra ushbu vazifa ijrosi yetarlicha taʼminlanmasdan kelinmoqda.
Uchinchidan - yuridik xizmat koʻrsatish sifati oshadi.
- Yuridik xizmatlar tashkilotlarda birgina mehnat qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlay olmaganliklari sababli, 2018-2019-yillarda sudlar tomonidan noqonuniy ishdan boʻshatilgan 1082 ta fuqaro ishga tiklangan, 1572 nafar shaxsga ish haqi undirib berilgan. Buning oqibatida, birgina davlat boji uchun oʻrta hisobda 800 mln soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari sarflangan.
To’rtinchidan Ortiqcha oʻrganishlar, tekshirishlar oldi olinadi. - Bugungi kunda tuman darajasidagi yuridik xizmatlar tashkilotlarda qonun ustuvorligini va qonuniylikni taʼminlay olmayapti, shu sababli tashkilotdagi qonunbuzilishlar adliya boʻlimlari tomonidan joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlardan keyingina bartaraf etilmoqda.
Beshinchidan - sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi.
- Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining sust ekanligi yuridik xizmat xodimlari tomonidan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
- Markazlar faoliyati zamonaviy IT texnologiyalari bilan toʻliq taʼminlanadi hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hujjat almashinuvi yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
- O’zbekistonda kuchli huquqiy davlat barpo etishda, qonun va adolat ustuvorligiga erishishda yuridik xizmat muhim rol o’ynaydi. Yuridik xizmat ko’magjda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati yuksaltirilib boriladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonun ustuvorligi ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |