419
15.4-jadval. Respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga
ega davlatlar (mln. AQSH dollari)
Davlat nomi
Tashqi
savdo
aylanmasi
Eksport Import
Tashqi savdo
aylanmasi
ulushi, % o‗zgarish
sur‘ati, %
Xitoy
4 429,0
1 937,2 2 491,8
19,2
129,3
Rossiya
4 178,3
1 532,7 2 645,6
18,1
120,1
Qozog‗iston
2 136,4
1 039,8 1 096,6
9,3
144,6
Turkiya
1 520,6
619,7
900,9
6,6
140,0
Koreya
1 288,5
67,4
1 221,1
5,6
134,0
Germaniya
526,0
31,9
494,1
2,3
112,8
Afg‗oniston
473,8
472,4
1,4
2,1
110,9
Latviya
336,7
31,2
305,5
1,5
163,7
AQSH
331,9
22,8
309,1
1,4
196,0
Ukraina
325,8
74,3
251,5
1,4
170,5
Belarus
316,9
10,0
306,9
1,4
262,6
Qirg‗iziston
285,0
185,2
99,8
1,2
145,1
Tojikiston
282,5
165,8
116,6
1,2
158,5
Yaponiya
278,3
27,3
251,0
1,2
250,9
Eron
228,5
135,8
92,7
1,0
112,4
Frantsiya
224,3
135,3
89,0
1,0
115,8
Hindiston
206,6
17,1
189,5
0,9
156,1
15.5. Mintaqada xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga
oshirilgan ishlar
2017–2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasiga asosan keyingi
yillardagi davlat dasturida tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish
hisobiga
uning
raqobatbardoshligini
oshirish
yo‗nalishida
korxonalarning mablag‗lari, O‗zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy
investitsiya va kreditlar hisobiga 2017–2021 yillarda umumiy qiymati 40
milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda
tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, «2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga
oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha bo‗yicha kelishuvlarga
420
erishildi. Jahon banki, evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va osiyo
taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi
investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda
yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik
456 ta loyiha amalga oshirilmoqda»
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2019 yil uchun
mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida investitsiyalarga alohida to‗xtalib, «Jahon tajribasi
shuni ko‗rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‗lsa,
o‗z iqtisodiyotining barqaror o‗sishiga erishgan. shu sababli ham
investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‗zbekcha aytganda, iqtisodiyotning
yuragi, desak, mubolag‗a bo‗lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va
tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‗or tajribalar, yuksak
malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi», deb
ta‘kidlab o‗tdi
69
.
Investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda kichik
korxonalar va mikrofirmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Xorijiy
investitsiyalar asosida moliyaviy muammolarni echish uchun murojaat
qilinadi. Xorijiy korporatsiyalarning moliyaviy bo‗limlari mablag‗laridan
qisqa muddatli investitsiyalar qatorida yuqori foyda olish maqsadida
foydalanish moddiy manfaatdorlikni belgilashga olib keladi. Bunday
investitsiyalar ko‗pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan bo‗ladi,
ba‘zida esa ular o‗z qimmatbaho qog‗ozlarini chiqaradi va xorijiy
qimmatbaho qog‗ozlarini sotib oladi.
O‗zbekiston bugungi kunda investitsiyalarning kirib kelishiga tayyor
turgan mam lakat hisoblanadi. Bu erda olib borilayotgan mahalliy siyosat,
tinchlikning saqlanishi, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlardagi ijobiy holat –
bularning barchasi xorijiy in- vestitsiyalarni faol jalb etishda asosiy omil
bo‗lib xizmat qiladi. Mana shunday vaziyatning mavjudligi xorij
investorlarida ham katta qiziqish uyg‗otayotganligi bejiz emas.
O‗zbekiston xorijiy investorlar bilan tengma-teng iqtisodiy aloqalar
olib borish asosida sherikchilik munosabatlarini o‗rnatmoqda. Har qanday
investitsiyalar mamlakatimizga kirib kelishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Agar ular
69
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. https://kun.uz
421
mamlakatimiz iqtisodiyotiga, uning rivojlanishiga keng imkoniyatlar
yaratsa, bunday xorijiy investitsiyalar albatta qo‗llab-quvvatlanadi.
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, qulay investitsiya muhitini
shakllantirmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb
etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlar jahon
iqtisodiy
hamjamiyatiga
muvaffaqiyatli
integratsiyalasha
olmaydi.
O‗zbekiston rahbariyatining mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish sari tutgan izchil
yo‗li xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish jarayonini
faollashtirish uchun real shart-sharoit yaratmoqda.
Milliy iqtisodiyot tuzilmasini tubdan o‗zgartirishning hozirgi
bosqichida bevosita xorjiy investitsiyalar katta qiziqish uyg‗otmoqda.
Ularni jalb etishning asosiy usullari quyidagilardir:
– qo‗shma korxonalar ochish (shu jumladan, xorijiy investorlarga
o‗zbek emitentlari aktsiyalar paketlarini sotish yo‗li bilan);
– O‗zbekiston hududida butunlay xorijiy kapitalga tegishli
korxonalarni ro‗yxatdan o‗tkazish;
– kontsessiyalar asosida xorijiy kapitalni jalb etish;
– xorijiy investorlarni mamlakatning muayyan mintaqalariga faol jalb
etishga qaratilgan erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ) ko‗paytirish.
Hozirda jalb etilgan xorijiy investitsiyalar tuzilmasini tahlil etish shuni
ko‗rsatmoqdaki, bunday investitsiyalarning katta qismi eksportga
mo‗ljallangan tarmoqlarga – yoqilg‗i-energetika majmuasi, neft-kimyo,
oltin qazib olish va paxtani qayta ishlash sanoatiga yoxud o‗z-o‗zini
qoplash muddatlari qisqa bo‗lgan va ko‗p fond talab qilmaydigan yuqori
rentabelli loyihalarga: savdo, telekommunikatsiya, umumiy ovqatlanish,
yirik shaharlarda ofis va mehmonxona binolari qurish, oziq-ovqat sanoati
va moliya xizmatiga yo‗naltirilmoqda.
O‗zbekistonda
iqtisodiyotni
rivojlantirish
maqsadida
xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, rag‗batlantirish va qo‗llab-
quvvatlash siyosati kompleks tarzda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonni
muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada qator farmonlar, qonunlar va
me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Ular orasida Prezidentning 2018 yil 1 avgustdagi «O‗zbekiston
Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi PF-5495-sonli Farmoni ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
Ushbu me‘yoriy hujjat mamlakatda to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiya- larni jalb
422
etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqti-
sodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik
subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish
tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va
xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta‘minlash, shuningdek, hududlarda
zarur infratuzilmani yaratishni ta‘minlaydigan huquqiy asosni yanada
mustahkamlaydi.
Ana shu qonun-qoidalarga asoslanib, pul kreditlarining taqchilligi
tufayli milliy iqtisodiyotni rivjlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishda kuchli rag‗batlantiruvchilik tadbirlarini olib borish davom
etmoqda.
Bu tadbirlar orasida chet el investorlariga davlat tomonidan kafolat
beruvchi yo‗nalishlar ham mavjudki, bular quyidagilardan iborat:
– milliylashtirish va rekvizitsiyadan saqlangan holda, siyosiy xavf-
xatarni sug‗urta qilish;
– subyektlarning foydasi va olgan boshqa mablag‗larini chet el
valyutasida chegaradan (boshqa davlatlarga) o‗tkazish;
– makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda investitsiya uchun qulay
muhit yaratish;
– joriy investitsiyaning keyingi holati yomonlashsa, investitsiya
kiritilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan qonunlarning uzoq muddat
davomida qo‗llanilishini ta‘minlash;
– investorlarning huquqlari tasodifiy holatlarda buzilgan taqdirda
davlat organlari orqali keltirilgan zararlarni to‗lash;
– respublika banklarida har qaysi valyutada cheksiz hisob raqamlarini
ochish;
– respublika hududida sug‗urta kompaniyalarini xorijiy kapital
ishtirokida tashkil etish.
Chet el investitsiyasi jalb qilingan kichik korxona (yirik korxona bo‗lsa
ham) daromadining ma‘lum qismi soliqdan ozod qilinadi. Chunki bunday
kichik korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirishda investitsiya va yangi
texnologiyani joriy qilish uchun imkoniyat yaratish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi
ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, mamlakat
iqtisodiyotining tarmoq va sohalarida amalda faoliyat yuritayotgan texnika
va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‗llab-quvvatlash investitsion
jarayonlarni nechog‗lik to‗g‗ri va samarali amalga oshirishga bog‗liq. shu
423
boisdan ham, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, qishloq xo‗jaligi, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e‘tibor
qaratilmoqda.
Buning
uchun
markazlashgan,
markazlashmagan
jamg‗armalar
mablag‗lari,
xorijiy
investitsiyalar
va
kreditlarni
o‗zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg‗u
berilmoqda.
Mamlakat
iqtisodiyotini
tarkibiy
o‗zgartirish,
tarmoqlarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni
amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan
ishlar alohida e‘tiborga loyiq. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasida
asosiy kapitalga yo‗naltirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari
bo‗yicha tahlil qiladigan bo‗lsak, 2008 yilda xorijiy investitsiyalar va
kreditlar 2170,2 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‗lsa, 2017 yilga
kelib 3348,2 million AQSH dollariga etgan, bu esa ularning hajmi 2008
yilga nisbatan 130 foizga oshganligidan dalolat beradi.
2017–2018 yillarda O‗zbekiston Respublikasiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va
boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilgan
investitsiya loyihalariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: –
Qandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta
ishlovchi zavodning qurilishi; – Xauzak va shadi konlarini ishlab
chiqarishga tayyorlash, shuningdek, Quvachi-olot konlarini kengaytirish; –
Xisor investitsiya bloki va Ustyurt hududida mahsulotni taqsimlash
bo‗yicha bitim asosida konlar bilan ishlash va uglevodorod qazib
chiqarishni tashkil etish; – Hojisayat gaz kondensati konini, Dengizko‗l,
Hojidavlat va sharqiy olot gaz kondensati konlarini ishlab chiqarishga
tayyorlash; – uyali aloqa tizimini rivojlantirish, kengaytirish, texnik va
texnologik qayta jihozlash; – milliy mobil aloqa operatori tarmog‗ini
yaratish.
O‗zbekiston
Respublikasida
asosiy
kapitalga
kiritilgan
investitsiyalarning umumiy xajmi 2008 yilda 9555,9 milliard so‗mni
tashkil etgan bo‗lsa, 2017 yilga kelib 68423,9 milliard so‗mni, 2018 yilning
uch choragida 71068,1 milliard so‗mni tashkil etgan. Jumladan, mos
ravishda jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiya- lar va kreditlar
2008 yilda 2863,9 milliard so‗mni, 2017 yilda 17146,5 milliard so‗mni va
2018 yilning uch choragida 17770,6 milliard so‗mni tashkil etganligini
424
ko‗rishimiz mumkin. Bu esa, o‗z o‗rnida xorijiy investitsiyalar hajmi
yildan yilga o‗sib borayotganligini ko‗rsatadi. 2018 yil (yanvar-sentyabr)da
jami asosiy kapitalga yo‗naltirilgan investitsiyalar (71068,1 milliard so‗m)
tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlar (17770,6 milliard so‗m) 25
foizini tashkil etmoqda.
O‗zbekiston
Respublikasida
asosiy
kapitalga
yo‗naltirilgan
investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, o‗sish sur‘ati foizlarda,
milliard so‗mda 2008 yildan 2018 yil o‗sish dinamikasi keltirilgan (15.4-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |