425
quvvatlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivoji, tizimli
ravishda
amalga
oshirilayotgan
islohotlar
va
iqtisodiyotning
erkinlashtirilishi, mamlakatimizda yaratilgan nihoyatda qulay investitsiya
muhiti keyingi 30 yilda iqtisodiy rivojlanishning
yanada yuksak maqsadli
ko‗rsatkichlarini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor,
qo‗shilgan qiymatning hissasi yuqori bo‗lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YaIM hamda mamlakat
eksportidagi ulushini ko‗paytirish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatdagi iqtisodiy o‗sish omillari va manbalari tahlilining
ko‗rsatishicha, inqirozga qadar bo‗lgan davrda iqtisodiy faollikning
yuqori
sur‘atlariga asosan eksport salohiyatini rivojlantirishni jadallashtirish,
iqtisodiyotga
yo‗naltirilgan
investitsiyalarning miqyosi, iqtisodiyot
tarkibini tizimli va bosqichma-bosqich yangilanishi hisobidan erishilgan.
Iqtisodiy o‗sishni iqtisodiyot erkinlashuvining chuqurlashuvi va
miqyosi kengayishi, valyuta bozorining barqarorlashuvi, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sektorining jadal sur‘atlarda rivojlanishini ta‘minladi.
keyingi yillarida xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori
qo‗shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy
siyosatni amalga oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsuloti
tarkibida qishloq xo‗jaligi ulushining pasayishi va sanoat, xizmat ko‗rsatish
sohalarining ulushi ortishi kuzatilmoqda.
Bu esa bank tizimining mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‗sish
sur‘atlarini saqlash va milliy ustuvor tarmoqlar raqobatdoshligini oshirish,
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan yangilashdagi o‗rnini kengaytirishga xizmat qildi.
Ushbu vazifalar doirasida bank tizimi nazoratini Bazel qo‗mitasining
yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish, bank tizimi va alohida
banklarning yuqori xalqaro reyting baholariga ega bo‗lishini ta‘minlash,
tijorat banklarining resurs
bazasini yanada kengaytirish, ularning
investitsiyaviy faolligini kuchaytirish hamda iqtisodiyotni tarkibiy
o‗zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlash bo‗yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga
oshirishga, tarmoqlarni moliyaviy qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltiriladigan
kreditlar hajmini ko‗paytirish kabi muhim chora-tadbirlarni davom ettirish
rejalashtirilmoqda.
Albatta
ushbu
natijalarga
iqtisodiyotdagi
modernizatsiya va tarkibiy o‗zgarishlar jarayonini jadallashtirish, uning
426
muhim tarmoqlariga xorijiy va ichki investiiyalarni keng jalb etgan holda,
texnik va texnologik jihatdan yangilash orqali erishiladi
2010-2017 yillar davomida O‗zbekiston Respublikasi bo‗yicha jami
asosiy kapitalga investitsiyalar qariyb 4,5 barrobar ortgan. Uning xajmi
2010 yilda 15338,7 milliard so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, 2017
yilda
68423,9 milliard so‗mgacha ortib borgan. Sanoat sohasidagi tog‗-kon
sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‗nalishiga yo‗naltirilgan investitsiyalar
tahlil davri boshida 1514,6 milliard so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, davr
oxirida 14203,8 milliard so‗mgacha yoki qariyb 9,4 marta ortgan. Bu
ko‗rsatkich mamlakat bo‗yicha o‗sish darajasidan ikki marta ko‗pdir.
O‗zbekiston iqtisodiyotining sanoat tarmoqlarida ham asosiy kapitalga
investitsiyalarning dinamikasi o‗sish tendentsiyasiga ega bo‗lib, 2010 yilda
uning xajmi 2334,9 milliard so‗m bo‗lgani holda, 2017 yilda 12238,1
milliard so‗mni tashkil etgan.
2017 yili 2010 yilga nisbatan 524 foizga ortgan. Elektr, gaz, bug‗ bilan
ta‘minlash va havoni konditsiyalash sohasiga 2010 yilda 895,9 milliard
so‗m investitsiyalar jalb etilgan bo‗lsa, 2017 yili uning hajmi 5472,2
milliard so‗mga etgan yoki 611 foizga ortgan. O‗zbekiston sanoati
rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‗sish
sur‘atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan
foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish,
uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat
sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish
uchun chora-tadbirlar
majmuasini shakllantirishdan iborat. Strategik yo‗nalish sanoatning
eksportga yo‗naltirilgan tarkibini vujudga keltirish va eksportda xom-
ashyoga nisbatan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ulushini oshirish
hisoblanadi.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar
ro‗yxatini shakllantirish, shuningdek, 2018–2019
yillarda boshlangan,
ma‘qullangan, shakllantirilayotgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy
loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida qarorda sanoat
tarmoqlari va korxonalariga xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb etish
nazarda tutilgan. 2019 yil va undan keyingi yillarda amalga oshiriladigan,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari
ro‗yxatidan bir qator katta loyihalar o‗rin olgan. Jumladan, 2019 yilda
umumiy qiymati 24 880,5 million AQSH dollari ekvivalentida investitsion
loyihalar rejalashtirilgan bo‗lib, 2019 yilning o‗zidayoq 2 417,3
million
427
AQSH dollari o‗zlashtirilishi bashorat qilinmoqda. Ushbu investitsion
loyihalarni moliyalashtirish manbalari bo‗yicha tahlil qiladigan bo‗lsak,
2019 yil va undan keyingi keyingi yillarda 2 882,6 million AQSH dollari
korxonalarning o‗z mablag‗lari hisobidan, 51,6 million AQSH dollari
tijorat banklari kreditlari hisobidan va 21 946,3 million AQ dollari
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi
rejalashtirilmoqda.
Rejalashtirilayotgan
investitsion
loyihalarning
iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlari va korxonalarida o‗zlashtirilishi
nazarda tutilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: