A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-rasm. To‗qimachilik korxonalarini yillik quvvati



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

15.7-rasm. To‗qimachilik korxonalarini yillik quvvati. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14.12 dagi PF-5282 
sonli farmoni bilan «O‗zbekengilsanoat» AJ ning tugallanishi va 
«O‗zto‗qimachiliksanoat» uyushmasining tashkil qilinishi ko‗zda tutilgan 
edi. Ushbu islohotlar, «O‗zto‗qimachiliksanoat» uyushmasining to‗g‗ri 
tanlangan strategiyasi va savodli menejmenti mamlakatimiz to‗qimachilik 
kompaniyalariga ijobiy o‗sish dinamikasini namoyish qilish imkonini 
berdi. Bugungi kunda Uyushma o‗z tarkibida O‗zbekiston to‗qimachilik 
bozoridagi 1400 dan ziyod ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Ishlab 
chiqarilayotgan engil sanoat mahsulotlarining salmoqli qismi, xususan, 706 
ming tonna paxta tolasini qayta ishlash va turli navdagi 510 mln. kv. metr 
matolarni, jumladan, quyidagilarni ishlab chiqarish to‗g‗ri keladi: 
Trikotaj gazlamalar – 89 korxona; 
Tayyor to‗qimachilik mahsulotlari – 495 korxona; 
Tikuvchilik mahsulotlari – 354 korxona; 
Paypoq-noski mahsulotlari – 54 korxona; 
To‗qimachilik galantereyasi – 20 korxona. 
Bunda 156 to‗qimachilik kompaniyalari Janubiy Koreya, Hindiston, 
Singapur, Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Yaponiya, AQSH kabi davlat 
investorlari ishtirokida tashkil qilingan. 
Uyushma korxonalari shuningdek keng turdagi va o‗ziga xos profildagi 
mahsulotlarni, xususan, tibbiyot yo‗nalishidagi tovarlar, noto‗qima 
Paxta tolasi, ip-kalavasi – 650 ming.t 
Paxta tolasi matosi – 425 mln.kv.m. 
Trikotaj mato – 140,7 ming.t

Trikotaj mahsulotlari – 660 mln.dona 
Paypoq buyumlari mahsulotlari – 132 mln.juft 


431
materiallarni ishlab chiqarib, paxta mahsulotlari, maxsus ish kiyimi, boshqa 
mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirib kelmoqda, ayni paytda ishlab 
chiqarishga yangi avlod mahsulotlarini – yangi innovatsion mahsulotlar 
ishlab chiqilishi va joriy qilinishini ta‘minlamoqda. 
To‗qimachilik sohasida paxtaga oid ishlab chiqarish zanjirida eng 
yuqori qo‗shimcha qiymat tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari 
sohasida kuzatiladi. 
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to‗qimachilik sohasining muhim 
ahamiyatidan kelib chiqib, O‗zbekistonda 2017-2019 yillarda to‗qimachilik 
va tikuvchilik-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo‗yicha chora-
tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda. Dasturga muvofiq, 2020 yilga kelib 
ip kalava ishlab chiqarishni 2,5 baravar, tayyor matolarni – 2,8 baravar, 
noto‗qima materillarni – 1,5 baravar, trikotaj matolarni – 2,7 baravar 
oshirish rejalashtirilmoqda. Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 3,2 
baravar, trikotaj mahsulotlarni 2,1 baravar, ipak xom ashyosi etishtirishni 
2,1 baravar oshirish mo‗ljallanmoqda. 2011 yilda matolarni ishlab 
chiqarish hajmi 85,63 mln. kv. metrni tashkil qilgan bo‗lsa, 2020 yilga 
kelib, ushbu ko‗rsatkich 459,2 mln. kv.metrdan oshadi va ishlab chiqarish 
hajmining 5,4 baravar o‗sishini ta‘minlaydi. 
2017 yilda qariyib $1,2 mlrd. AQSH doll. ga teng to‗qimachilik 
mahsulotlari eksport qilindi. Bunda, inqiroz sharoitida hom ashyo va 
to‗qimachilik mahsulotlarining asosiy turlari narxlari pasayib ketgan edi. 
To‗qimachilik 
mahsulotlarini 
eksport 
qiluvchi 
asosiy 
mamlakatlar Rossiya (36,8%), Turkiya (18,8%), Xitoy (16,2%), Evropa 
Ittifoqi mamlakatlari (15,3%), Janubiy Koreya (5%) hisoblanadi. 
To‗qimachilik mahsulotlari eksporti nomenklaturasi quyidagicha: 
Ip kalava – 67,2%; 
Ip gazlamalar – 7,3%; 
Ip gazlamali trikotaj matolar – 6,2%; 
Tayyor trikotaj mahsulotlari – 17,4%; 
Boshqa to‗qimachilik mahsulotlari – 6,4%. 
Respublika ichki iste‘molchilari tomonidan paxta tolasini qayta 
ishlashning solishtirma salmog‗i ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 50% 
gacha bo‗lgan ko‗rsatkichga etdi. 
O‗z ichiga bo‗yash, ishlov berish, to‗qish va tikishga oid ishlab 
chiqarishlarni qamrab oluvchi zamonaviy to‗qimachilik korxonalari ishga 
tushirildi. 


432
Xom ashyoga qayta ishlov berish darajasi pastligi tufayli O‗zbekiston 
to‗qimachilik mahsuloti eksporti unchalik salmoqli emas. 2016 yilda 
respublika to‗qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 1 mlrd. 146,5 
mln.AQSH dollarini tashkil etgan bo‗lsa, Xitoy 104,6 mlrd. doll., Turkiya – 
10,9 mlrd. doll., Hindiston – 16,2 mlrd. doll., Bangladesh – 1,76 mlrd. 
doll., Pokiston – 7,68 mlrd. dollarga teng to‗qimachilik mahsulotlarini 
eksport qilgan. 2012-2016 yillarda to‗qimachilik tarmog‗ida eksportning 
o‗sishi (paxta tolasini hisobga olmasdan) 132,5% ni tashkil etdi. 2016 yilda 
tovar mahsulotining umumiy hajmida eksportning ulushi 40% ni tashkil 
etdi. Natijada, jahon paxta xom ashyosini etishtirish bozorida 
O‗zbekistonning ulushi 3,6% ni tashkil etsa-da, jahon gazlama va matolar, 
tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‗yicha 
ulushi birmuncha kam. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‗qimachilik va tikuv-
trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport 
salohiyatini kengaytirish chora-tadbirllari to‗g‗risida»gi qaroriga binoan 
korxonalarga preferentsiyalar beriladi.
70

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish