15.7-rasm. To‗qimachilik korxonalarini yillik quvvati.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14.12 dagi PF-5282
sonli farmoni bilan «O‗zbekengilsanoat» AJ ning tugallanishi va
«O‗zto‗qimachiliksanoat» uyushmasining tashkil qilinishi ko‗zda tutilgan
edi. Ushbu islohotlar, «O‗zto‗qimachiliksanoat» uyushmasining to‗g‗ri
tanlangan strategiyasi va savodli menejmenti mamlakatimiz to‗qimachilik
kompaniyalariga ijobiy o‗sish dinamikasini namoyish qilish imkonini
berdi. Bugungi kunda Uyushma o‗z tarkibida O‗zbekiston to‗qimachilik
bozoridagi 1400 dan ziyod ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Ishlab
chiqarilayotgan engil sanoat mahsulotlarining salmoqli qismi, xususan, 706
ming tonna paxta tolasini qayta ishlash va turli navdagi 510 mln. kv. metr
matolarni, jumladan, quyidagilarni ishlab chiqarish to‗g‗ri keladi:
Trikotaj gazlamalar – 89 korxona;
Tayyor to‗qimachilik mahsulotlari – 495 korxona;
Tikuvchilik mahsulotlari – 354 korxona;
Paypoq-noski mahsulotlari – 54 korxona;
To‗qimachilik galantereyasi – 20 korxona.
Bunda 156 to‗qimachilik kompaniyalari Janubiy Koreya, Hindiston,
Singapur, Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Yaponiya, AQSH kabi davlat
investorlari ishtirokida tashkil qilingan.
Uyushma korxonalari shuningdek keng turdagi va o‗ziga xos profildagi
mahsulotlarni, xususan, tibbiyot yo‗nalishidagi tovarlar, noto‗qima
Paxta tolasi, ip-kalavasi – 650 ming.t
Paxta tolasi matosi – 425 mln.kv.m.
Trikotaj mato – 140,7 ming.t
.
Trikotaj mahsulotlari – 660 mln.dona
Paypoq buyumlari mahsulotlari – 132 mln.juft
431
materiallarni ishlab chiqarib, paxta mahsulotlari, maxsus ish kiyimi, boshqa
mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirib kelmoqda, ayni paytda ishlab
chiqarishga yangi avlod mahsulotlarini – yangi innovatsion mahsulotlar
ishlab chiqilishi va joriy qilinishini ta‘minlamoqda.
To‗qimachilik sohasida paxtaga oid ishlab chiqarish zanjirida eng
yuqori qo‗shimcha qiymat tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari
sohasida kuzatiladi.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to‗qimachilik sohasining muhim
ahamiyatidan kelib chiqib, O‗zbekistonda 2017-2019 yillarda to‗qimachilik
va tikuvchilik-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo‗yicha chora-
tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda. Dasturga muvofiq, 2020 yilga kelib
ip kalava ishlab chiqarishni 2,5 baravar, tayyor matolarni – 2,8 baravar,
noto‗qima materillarni – 1,5 baravar, trikotaj matolarni – 2,7 baravar
oshirish rejalashtirilmoqda. Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 3,2
baravar, trikotaj mahsulotlarni 2,1 baravar, ipak xom ashyosi etishtirishni
2,1 baravar oshirish mo‗ljallanmoqda. 2011 yilda matolarni ishlab
chiqarish hajmi 85,63 mln. kv. metrni tashkil qilgan bo‗lsa, 2020 yilga
kelib, ushbu ko‗rsatkich 459,2 mln. kv.metrdan oshadi va ishlab chiqarish
hajmining 5,4 baravar o‗sishini ta‘minlaydi.
2017 yilda qariyib $1,2 mlrd. AQSH doll. ga teng to‗qimachilik
mahsulotlari eksport qilindi. Bunda, inqiroz sharoitida hom ashyo va
to‗qimachilik mahsulotlarining asosiy turlari narxlari pasayib ketgan edi.
To‗qimachilik
mahsulotlarini
eksport
qiluvchi
asosiy
mamlakatlar Rossiya (36,8%), Turkiya (18,8%), Xitoy (16,2%), Evropa
Ittifoqi mamlakatlari (15,3%), Janubiy Koreya (5%) hisoblanadi.
To‗qimachilik mahsulotlari eksporti nomenklaturasi quyidagicha:
Ip kalava – 67,2%;
Ip gazlamalar – 7,3%;
Ip gazlamali trikotaj matolar – 6,2%;
Tayyor trikotaj mahsulotlari – 17,4%;
Boshqa to‗qimachilik mahsulotlari – 6,4%.
Respublika ichki iste‘molchilari tomonidan paxta tolasini qayta
ishlashning solishtirma salmog‗i ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 50%
gacha bo‗lgan ko‗rsatkichga etdi.
O‗z ichiga bo‗yash, ishlov berish, to‗qish va tikishga oid ishlab
chiqarishlarni qamrab oluvchi zamonaviy to‗qimachilik korxonalari ishga
tushirildi.
432
Xom ashyoga qayta ishlov berish darajasi pastligi tufayli O‗zbekiston
to‗qimachilik mahsuloti eksporti unchalik salmoqli emas. 2016 yilda
respublika to‗qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 1 mlrd. 146,5
mln.AQSH dollarini tashkil etgan bo‗lsa, Xitoy 104,6 mlrd. doll., Turkiya –
10,9 mlrd. doll., Hindiston – 16,2 mlrd. doll., Bangladesh – 1,76 mlrd.
doll., Pokiston – 7,68 mlrd. dollarga teng to‗qimachilik mahsulotlarini
eksport qilgan. 2012-2016 yillarda to‗qimachilik tarmog‗ida eksportning
o‗sishi (paxta tolasini hisobga olmasdan) 132,5% ni tashkil etdi. 2016 yilda
tovar mahsulotining umumiy hajmida eksportning ulushi 40% ni tashkil
etdi. Natijada, jahon paxta xom ashyosini etishtirish bozorida
O‗zbekistonning ulushi 3,6% ni tashkil etsa-da, jahon gazlama va matolar,
tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‗yicha
ulushi birmuncha kam.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‗qimachilik va tikuv-
trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport
salohiyatini kengaytirish chora-tadbirllari to‗g‗risida»gi qaroriga binoan
korxonalarga preferentsiyalar beriladi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |