“NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH OBYEKTLATI ” KAFEDRASI. Bizning maqsadimiz O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi xalqaro miqyosda tan olingan, neft-gaz kimyo texnologiyasi va neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyixalashtirish va qurish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va shu sohaga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot markaziga aylanishdir.
Bizning vazifamiz Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatniang barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo'shish.
Kafedra haqida
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi neft-gaz sanoatida neft va gazlarni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnologik jarayonlaridagi muammolarni ilmiy asoslab ularning yechimini izlashda ilmiy tadqiqotlar olib borishdir. Shuningdek kafedra ilmiy kadr (bakalavr va magistr) larni tayyorlaydi.
Yo‘nalishlar: Bakalavriat: 5321400- Нефт-газ кимё технологияси
5312000- Neft - gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyixalashtirish va qurish.
Magistratura: 70720901-Kimyoviy van eft-gazkimyoviy texnologiyalar
70730302-Neft va gaz quvurlari , baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish
Oqitiladigan fanlar: bakalavr 1. Yo’nalishga kirish.
2. Neft va gaz kimyosi
3. Neft va gaz kimyo sanoatida kataliz
4. Neft va gaz kimyo sanoati chiqindilarni tozalash texnologiyasi
5. Karroziyaga qarshi ximoya
6. Uglevodorodli gazlar kimyosi va texnologiyasi
7. Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi
8. Gazni qayta ishlash texnologiyasi
9. Neft va gazni chuqur qayta ishlashning kimyoviy texnologiyasi
10.Neft kimyoviy sintez
11.Neft va gaz maxsulotlarini zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullari
12.Gaz maxsulotlaridan suyuq uglevodorodlarni olish kimyoviy texnologiyasi
13.Neft gazni qayta ishlash jarayonlari
14.Neft maxsulotlarini texnik tadqiq qilish
15.Neft , gaz va neft maxsulotlarini tashish va saqlash
16. Neft va gaz quvurlarini loyixalashtirish va qurish
17. Neft va gazni qayta ishlash sanoatini texnologik jixozlari
18. Nasos va kompressor stansiyalarini loyixalashtirish , qurish va ishlatish
19. Neft maxsulotlari miqdorini xisobga olish va boshqarish
20. Neftni qayta ishlash sanoati obyektlarini texnologiyalarini loyixalashtirish , qurish va ishlatish
21. Gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini texnologiyalarini loyixalashtirish , qurish va ishlatish
22. Gazlarni saqlash obyektlarini loyixalashtirish va ishlatish asoslari
23. Neftebaza , neft maxsulotlari omborlarini loyixalashtirish va ishlatish
24. Neft-gaz obyektlari qurilma va uskunalarini texnik diagnostikasi
25 .Yoqilg’i quyish shaxobchalarini qurish , texnologiyalarini joylashtirish va ishlatish.
Magister 1.Mator yoqilg’ilari va moylar kimyoviy texnologiyasi nazariy asoslari.
2.Neft va gaz sanoatida kataliz 3.Kimyo sanoati maxsus jihozlar konstruksiyasi , xisobi va loyixalashtirish.
Kafedraning ilmiy yonalishlari: Kafedrada quyidagi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda:
• Neft va gaz sanoati muammolarini xal qilish;
• Gazdan suyuq yoqilg’i olish xom ashyosini ishlab chiqarishning alternativ usullarini ishlab chiqish;
• Ishlab chiqisharishda hosil bo’lgan chiqindilarni utilizatsiya qilish.
Doktorантура:
Kafedradagi 02.00.08 –Neft kimyo texnologiyasi bo'yicha tayanch doktoranturaga qabul 2020 yildan boshlangan..
Hozirgi kunda kafedrada doktoranturaning 2 kurslari mavjud bo'lib tayanch doktoranturada 1 ta mustaqil va 4 ta tayanch doktorantlar faoliyat olib bormoqdalar. Doktorantlar uchun kafedrada ularning ilmiy-tadqiqot ishlari uchun sharoitlar mavjud.
Iqtidorli talabalar:
2019 yilning 15-17 may kunlari “O'zbekneftegaz” AJ tomonidan Toshkentdagi “O'zekspotsentr” AJda “O'zbekiston neft va gazi/OGU-2019” 23-Halqaro vistavkasi va konferentsiyasi tashkil etildi. Uning ochilishida va keyingi kunlarda bo'lib o'tgan ilmiy-amaliy seminarlarda “Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasining iqtidorli talabalari ham qatnashdilar
Muassasaning ilmiy va amaliy aloqalari:
“Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasida hamkorlikni amalga oshirish borasida:
“O’zbekneftgaz” AJ
“O’zlitineftgaz” АО;
Uzbekiston GTL
O’zaro hamkorlik shartnomasi:
O’zLITIneftegaz AJda o’qishlar tashkil qilingan hamda magistrlarning ilmiy amaliyotlarini olib borishi uchun bilan shartnomalar imzolangan.
Shuningdek, TDTU va AO Uzbekneftegaz bilan o'zaro aloqalar bo'yicha Memorandum imzolangan.