387
rossiyalik olimlardan Vasiliy Leontev, S.I. Simonovskiy, V.M. Kudrov,
Ya. Korkoral kabilarni nomlarini keltirish mumkin.
O‗zbekistonda innovatsion sohada
amalga oshirilgan ishlar, olib
borilayotgan islohotlar negizida tashkil etilib, B. Abdullaev, I.
Abduraimov, S. Kosimov, N. Muminov, S.Fulomov kabi iqtisodchilarning
ilmiy izlanishlarida yangi texnologiyalardan foydalanish va ularni
amaliyotga joriy etishga doir mulohazalar yuritilgan.
Hozirgi vaqtgacha savdo nazariyasining ikki turi ishlab chiqilgan.
Uning birinchi turi savdoning tabiiy borishini aniqlab, davlatlar o‗rtasida
savdo erkin bo‗lgan sharoitda savdo tuzilishi qanday bo‗lishini tushintiradi
va o‗rganadi. Bu turdagi nazariya hech qanday tusiqlar bo‗lmagan
sharoitda qaysi bir davlat bilan savdo qilish kerak, qaysi turdagi mahsulotni
va qanday hajmda sotish kerak kabi savollarni qo‗ygan.
Ikkinchi turdagi nazariya savdo xajmini, yo‗nalishini
va birikmasini
(sostav) o‗zgartirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning erkin oqimiga
davlatning aralashuvini nazarda tutadi. Merkantilizm nazariyasiga asosan
davlatning boyligi uning ixtiyoridagi oltin miqyosidagi qimmat baholar
bilan o‗lchanib, har bir davlat importga qaraganda ko‗prok eksport qilish
kerak. Bu xolda davlat aktiv to‗lov balansiga ega bo‗ladi. Milliy davlatlar
vujudga
kelayotgan
davrda
(1500-1800
yillar)
oltin
markaziy
xokimiyatlarni mavqeini mustaxkamlash uchun xizmat qilgan
63
.
Nima uchun umuman olganda davlatning eksport salohiyoti importga
nisbatan yuqori bo‗lishi kerak? Buning uchun
davlat savdoni ustidan
monopoliya o‗rnatib, importning ko‗p qismiga to‗siq (chegara) o‗rnatishi
zarur va ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‗p qismini eksport qilish uchun
subsidiya berishga to‗g‗ri keladi. Merkantilizm davrida koloniya bo‗lgan
davlat xom ashyolarni eksport qilib, tayyor mahsulotlarni import qilganlar.
Bu nazariya metropoliylarning boyishiga olib kelgan. Natijada koloniya
davlatlarning noroziligi vujudga kelgan va mustakillik uchun kurasha
boshlaganlar.
Merkantilistik epoxaning bir qismi hozirda ham saqlanib qolgan. Aktiv
to‗lov balansi termini hozir ham ishlatiladi. Bunga ko‗ra davlatning eksport
miqdori importdan katta bo‗lishi kerak. To‗lov balansida difitsit
(kamomad) bo‗lganini ko‗rsatuvchi termin bu passiv to‗lov balansidir.
63
Mirovaya ekonomika. Pod redaktsii A.S.Bulgakova M.:Ekonomist, 2005.
388
Keyingi vaqtlarda biron bir sotsial yoki siyosiy maqsadlarni amalga
oshirish maqsadida ochiqdan ochiq aktiv to‗lov balansiga ega bo‗lishga
harakat
qilayotgan
davlatlarga
nisbatan
neomerkantilizm
termini
ishlatilmoqda. Masalan, to‗la bandlikni ta‘minlash maqsadida mamlakat
ichidagi talabdan ko‗proq mahsulot ishlab chiqarib, ortiqchasini eksport
kiladilar. Yoki davlat biron bir xududda siyosiy mavqeni saqlab qolish
maqsadida ko‗prok mahsulot eksport qiladi.
Ko‗p davlatlar merkantilizm siyosatiga amal qilib,
imkoniyat
darajasida ishlab chiqarishni tashkil etib, iqtisodiy jixatdan mustaqil
bo‗lishga harakat qilganlar. Adam Smit 1776 yilda chop etgan «Xalqlar
boyligining sabablari va tabiatini tadqiqoti» degan kitobida merkatilistlar
qarashini tanqid qilgan. Uning fikricha davlatning xaqiqiy boyligi uning
fuqorolari foydalana oladigan mahsulot va xizmatlardan iboratdir. Smit
mutloq ustunlik nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga ko‗ra, ayrim
mamlakatlar boshqalariga nisbatan tovarlarni samarali ishlab chiqarishadi.
Shu nazariyaga asoslanib u quyidagi savolni qo‗ydi:
nimaga fuqorolar
mahalliy tovarlarni sotib olishlari kerak, agar ular xuddi shunday tovarlarni
xorijdan ancha arzon narxlarda sotib olishlari mumkin bo‗lsa. Smitning
isbotlashicha, agar savdo chegaralanmasa, har bir davlat raqobat
ustunligiga ega bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Har
bir mamlakatning resurslari rentabel sohalarga o‗tib ketadi, chunki
mamlakat norentabel sohalarda raqobatlasha olmaydi.
Ixtisoslashuv natijasida mamlakatning ishlab chiqarish samaradorligi
quyidagi sabablarga ko‗ra oshadi:
- bitta topshiriqni bajarganligi uchun ishchi
kuchilarining malakasi
ortadi;
- xodimlar bir turdagi mahsulotdan ikkinchisiga o‗tishda vaqtni
yo‗qotmaydilar;
- bir xil mahsulotni uzoq muddat ishlab chiqarish samarali usullarini
joriy etishni taminlanadi va rag‗batlantiradi.
Lekin mamlakat qanday mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishi
kerak degan savolga A.Smit bozor javob beradi, biroq bu xolda
mamlakatning tabiiy va ortirilgan ustunliklarini hisobga olish zarurdir.
Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay
ob-havoga sharoitiga ega
bo‗lganligi sabali biror mahsulot ishdab chiqarish bo‗yicha
Do'stlaringiz bilan baham: