A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Mintaqa eksport hajmini ko‗paytirishni huquqiy asoslari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

15.2. Mintaqa eksport hajmini ko‗paytirishni huquqiy asoslari 
Mamlakatimizda qulay investitsion muhit, tashqi iqtisodiy faoliyatni 
erkinlashtirish, eksportni qo‗llab-quvvatlash borasida oxirigi uch yilda 10 


397
dan ortiq farmon va qarorlar hamda turli darajadagi huquqiy hujjatlar 
imzolandi. 
Bunda birinchidan,
hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya 
institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o‗zgartirildi. Oliy darajadagi 
tashriflar chog‗ida Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSH, Koreya, 
Turkiya, 
Qozog‗iston 
va 
Qirg‗iziston 
bilan 
savdo-iqtisodiy 
va 
investitsiyaviy 
aloqalarni 
rivojlantirish 
bo‗yicha 
ikki 
tomonlama 
davlatlararo shartnomalar imzolandi. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 
bilan to‗laqonli munosabatlar tiklandi, bank tomonidan kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikka 190 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi 
ajratildi. Turli yo‗nalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi. Evropa 
investitsiya banki, Frantsiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik 
o‗rnatildi. O‗zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar 
bankining teng huquqli a‘zosiga aylandi.
Ikkinchidan,
tashqi savdo faoliyatidagi barcha sun‘iy to‗siqlar olib 
tashlandi. Xususan, oldindan to‗lovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz 
eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi 
talablar bekor qilindi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini eksport qilish 
mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 
eksport hajmi 11,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va oldingi yil shu 
davr ko‗rsatkichiga nisbatan 126 foizga oshdi.
MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng yirik 
davlatlar qatoriga Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Tojikiston hamda 
uzoq xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Afg‗oniston,Eron, Koreya 
Respublikasi va Frantsiya davlatlarini kiritish mumkin. Mahsulot turlari 
bo‗yicha eksportning eng yuqori o‗sish sur‘atlari mashina va asbob-uskuna, 
rangli metall, oziq-ovqat mahsulotlari hamda to‗qimachilik mahsulotlariga 
to‗g‗ri keldi. Bunda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti ham mablag‗ 
jihatidan (592,6 million dollar), ham miqdor jihatidan (831,7 ming tonna) 
o‗sishiga erishildi. Bugungi kunda eksport tarkibining qariyb 78 foizini 
qayta ishlash tarmog‗i mahsulotlari tashkil etmoqda. Jumladan, yuqori 
qo‗shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportining ulushi 28,5 foizdan 34,5 
foizgacha ortdi, elektr maishiy texnika 2,4 baravarga, avtomobil eksporti 3 
baravarga, to‗qimachilik mahsulotlari 1,3 baravarga va charm-poyabzal 
mahsulotlari eksporti 14,2 foizga o‗sdi. 
Agrar sektorni modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish, qishloq 
xo‗jaligini yanada isloh qilish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini 


398
mustahkamlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. 2017 yil 
davomida qishloq xo‗jaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va 
qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qo‗mita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va 
suv xo‗jaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Qishloq 
tumanlarida hokimlarning qishloq va suv xo‗jaligi masalalari bo‗yicha 
o‗rinbosari lavozimi joriy qilindi. O‗zbekiston Fermerlari kengashi 
O‗zbekiston Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 
sifatida qayta tashkil etildi. O‗tgan yilda mamlakatimizda 8 million 377 
ming tonna g‗alla, 2 million 900 tonnadan ziyod paxta, 12 ming 450 tonna 
pilla, 500,8 ming tonna sholi, 22 million tonna meva-sabzavot, 12,3 million 
tonna go‗sht va sut mahsulotlari etishtirildi. Bu yilda birinchi marta 
g‗alladan bo‗shagan qariyb 1 million gektar maydonga sabzavot, kartoshka, 
poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq mahsulot 
etishtirildi. Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, 
Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‗or 
tajribasidan keng foydalanishga alohida e‘tibor qaratildi. Shuningdek, 
mamlakatimizda birinchi marta shafran kabi noan‘anaviy ekin ekish yo‗lga 
qo‗yildi, soya ekish kengaydi. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining 132 ming 
tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, 856 million 
dollarlik 724 ming tonna ho‗l meva eksport qilindi. 
Chorvachilik tarmog‗ini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal 
etishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko‗plab xo‗jaliklar 
faoliyati yo‗lga qo‗yildi. Zotdor qora bayir otlarini ko‗paytirish va ot 
sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik 
kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va boshqa hududlarda ham 
bunday majmualar barpo qilinmoqda. Pillachilikda yuqori hosil olishda 
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan, ammo deyarli yo‗qolib borayotgan 
an‘analar qayta tiklanmoqda. Qimmatbaho hom ashyo bo‗lgan ipak 
etishtirishning mutlaqo yangi tizimi yo‗lga qo‗yildi. O‗tgan yil 
mamlakatimizda birinchi marta pilladan yiliga ikki marta hosil olish 
tajribasi sinovdan o‗tkazildi va ijobiy natija berdi. 
Har bir viloyatda pilla xom ashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot 
olish maqsadida to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el investitsiyalari jalb qilindi 
va ipakni qayta ishlashga ixtisoslashgan 10 ta korxona ishga tushirildi.
Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlar 
qo‗llab-quvvatlanib, 
ularning 
tashabbuskori 
bo‗lgan 
xo‗jalik 
va 
tashkilotlarga qo‗shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berildi. Natijada, 


399
bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday 
texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar erda tomchilatib sug‗orish 
texnologiyasi joriy qilindi. 
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy eksport 
qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‗llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy 
faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori bilan 
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot 
yetkazib berishni ko‗paytirishni rag‗batlantirish, mahalliy eksport qiluvchi 
tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, 
ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali 
ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish maqsadida quyidagilar nazarda 
tutilgan: 
2017 yilning 1 iyo‗lidan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlariga 
yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarini to‗lovni 
oldindan 100 foiz amalga oshirish sharti bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
shartnomalar asosida eksport qilish huquqi berildi. 
67
Ta‘kidlash joizki, ushbu choralar meva-sabzavot mahsulotlarining 
eksportini kengaytirish bilan birgalikda dehqon va fermer xo‗jaliklarini 
tashqi bozorlarda talab yuqori bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 
ko‗paytirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, shu jumladan, takroriy 
ekinlar ekish hisobiga qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hosildorligini 
oshirishga rag‗batlantiradi.
Bu esa o‗z navbatida, ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot 
mahsulotlarining 
narxi 
va 
sifati 
bo‗yicha 
tashqi 
bozorlarda 
raqobatdoshligini oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, dehqon va fermer 
xo‗jaliklari etishtirgan mahsulotlarining haqiqiy egasi sifatida ulardan o‗z 
ixtiyoriga ko‗ra foydalanish, mustaqil eksport qilish, daromadlarini 
oshirish, oilasining moddiy farovonligini ko‗tarishlari mumkin bo‗ladi, 
qo‗shimcha valyuta tushumlari esa qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni kengaytirish va ularni chuqur qayta ishlash bo‗yicha yangi 
loyihalarni investitsiyalash uchun imkoniyat yaratadi. 
Shu bilan birga, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi 
bozorlarga chiqarish uchun chet elda qabul qilingan me‘yor va 
67
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‗llab-quvvatlash va tashqi 
iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori 2017 yil 20 may.Manbaa. Lex.uz 


400
standartlarga mahsulotlarning muvofiqligini ta‘minlash bo‗yicha tizimli 
ishlarni amalga oshirish vazifasi qo‗yildi 
Qabul qilingan qarorning muhim jihatlaridan biri, nafaqat mahsulot 
ishlab chiqaruvchilarga, balki mahsulotlarni chet elga eksport qilishda 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‗maklashadigan tashqi savdo 
tashkilotlariga ham eksport faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar 
yaratildi.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi-eksport qiluvchilar uchun 
qo‗llaniladigan amaldagi qonunchilikda ko‗zda tutilgan imtiyoz va 
qulayliklar endilikda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari 
eksporti bilan shug‗ullanadigan barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq 
etiladi.
Bu eksport bilan tegishli tajriba va zarur mablag‗larga ega, doimiy 
ravishda jahon bozori kon‘yunkturasini kuzatib boradigan hamda tashqi 
bozorlarda ishonchli hamkorlari bor ixtisoslashgan kompaniyalarning 
mahsulotlar eksporti bilan shug‗ullanishi xalqaro amaliyotga to‗liq mos 
keladi.
Bundan tashqari, ushbu me‘yorning tatbiq etilishi zamonaviy 
marketing usullaridan, shuningdek, tashqi savdo kompaniyalarining 
imkoniyat va afzalliklaridan maksimal foydalanish imkonini beradi, bu o‗z 
navbatida 
respublikamiz 
eksport 
salohiyatini 
sezilarli 
darajada 
kuchaytirishga, 
eksport 
geografiyasi 
va 
mahsulotlar 
eksporti 
nomenklaturasini kengaytirishga olib keladi.
Shuningdek, hujjatda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradigan 
tadbirkorlik subyektlarining ruxsat olish tartibidan o‗tishdagi, shu 
jumladan, mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish 
muddatlarining cho‗zilib ketishi kabi ayrim qiyinchiliklar yuzasidan 
ko‗plab davlat organlariga murojaatlarning yechimi o‗z aksini topgan va 
mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlari 3 ish kunidan ko‗p bo‗lmagan 
muddatda rasmiylashtirilishi qat‘iy belgilab qo‗yilgan.
Bundan tashqari O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 
dekabrdagi «Eksportga ko‗maklashish va uni rag‗batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-4069-sonli Qarorida amalga 
oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib 
borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy 
dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o‗sish sur‘atlari 


401
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur‘atlariga muvofiq emasligini 
ko‗rsatayotganligi qayd etilib aniq vazifalar belgilandi. 
Xususan, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, 
eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo 
muvozanatini ta‘minlash va valyuta tushumlarini ko‗paytirish maqsadida: 
Tadbirkorlik 
subyektlariga 
quyidagilarda 
har 
tomonlama 
ko‗maklashish davlat idoralarining asosiy vazifalari etib belgilandi. 
Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va 
Markaziy bankning Eksportni qo‗llab-quvvatlash milliy tizimini tashkil 
etish va uning asosiy vazifalari etib eksport faoliyatiga axborot-tahliliy 
ko‗maklashish bo‗yicha: 
eksportni rivojlantirish va qo‗llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini 
takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo‗yicha davlat 
dasturlarini amalga oshirishda ko‗maklashish; 
marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, 
standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona ma‘muriyatchiligi 
(shu jumladan, xorijdagi) masalalari, «yagona darcha» tamoyili asosida 
tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo‗yicha eksport qiluvchilarga va 
ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat ko‗magini 
ko‗rsatish; 
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar 
muzokaralar jarayoniga, shu jumladan ularning loyihalarini tayyorlashga 
ko‗maklashish; 
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman 
hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport 
qiluvchilarni eksportni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha chora-tadbirlar, mavjud 
imtiyozlar va preferentsiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va 
funktsiyalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan ta‘minlashda tizimli 
hamkorlikni ta‘minlash; 
hududlarda axborot-maslahat markazlari tarmog‗ini tashkil etish; 
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va 
xizmatlar bazasini ta‘minlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini 
yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shug‗ullanadigan 
tadbirkorlik 
subyektlariga 
yetakchi 
xalqaro 
elektron 
tijorat 
maydonchalariga kirish uchun yordam ko‗rsatish; 
ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan har yili 


402
«Made in Uzbekistan» milliy ko‗rgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar 
ko‗rgazmalari va savdo yarmarkalarini o‗tkazish, xalqaro ko‗rgazmalar va 
taqdimotlarda ishtirok etish yo‗li orqali o‗zbek brendlari va mahsulotlarini 
xorijda ilgari surish bo‗yicha «Made in Uzbekistan» dasturini amalga 
oshirish; 
eksport qilishni boshlayotganlar uchun o‗quv seminarlari va treninglar, 
tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari bo‗yicha 
savdo missiyalari tashkil etish va o‗tkazish; 
eksport faoliyatini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash qismida: 
eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash, 
noxomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va ularning 
mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga ko‗maklashish; 
ko‗rgazma stendlarini tashkil etish va respublika korxonalarining 
xalqaro savdo yarmarkalari, taqdimotlari va reklama kampaniyalarida 
ishtirok etishi, shu jumladan an‘anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni 
potentsial bozorlarda ilgari surishni moliyalashtirish; 
milliy 
mahsulotlarni 
xorijiy 
vakolatli 
organlar 
tomonidan 
rasmiylashtirilishi orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirishning ham 
respublikadagi, ham xorijdagi xalqaro tizimlarini joriy etish bilan bog‗liq 
xarajatlarni qoplash maqsadida eksport qiluvchi korxonalarga maqsadli 
moliyaviy yordam ko‗rsatish; 
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash va milliy eksportni sug‗urtalashning 
zamonaviy mexanizmlarini muvaffaqiyatli qo‗llagan xorijiy mamlakatlar 
tajribasini inobatga olib, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlarni jalb 
qilgan holda eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, eksport kreditlari va 
tavakkalchiligini sug‗urtalash mexanizmlarini joriy etish; 
savdoni 
moliyalashtirish 
uchun 
xalqaro 
va 
xorijiy 
moliya 
institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish; 
boshqa kompleks moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko‗rsatish.
68
Ma‘lumki, mamlakat eksport salohiyatini kengaytirishda tabiiy 
salohiyat muhim o‗rin tutadi
Xususan,bu borada O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 
17 oktyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish 
samaradorligini oshirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi
68
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi ―Eksportga ko‗maklashish va uni rag‗batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4069-sonli Qarori Manbaa. Lex.uz 


403
PQ-3978-sonli Qarorida mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, meva-
sabzavot mahsulotlari eksportining to‗laqonli rivojiga to‗sqinlik qilayotgan 
g‗ovlarni bartaraf etish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot 
mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini tashkil 
etish maqsadidaquyidagi imtiyozlar berildi: 
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish mexanizmi ancha 
soddalashtirildi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish