389
Masalan, Shri-Lanka bug‗doy va sut
mahsulotlarini import qiladi, chunki
ob-havo ularni etishtirishga mos emas, lekin uning ob-havo sharoiti choy,
kauchuk, kokos yong‗oqlarini etishtirish hisobidan ko‗p
foyda olishga
imkoniyat beradi.
O‗zbekiston paxta etishtirishga ajratilgan resurs hisobidan choy ham
etishtirish mumkin edi, lekin iqlim choy etishtirishga moslashmagan.
Shuning uchun O‗zbekiston uchun paxta etishtirish fodaliroqdir. Lekin
aynan shu nazariyaga
kura Shri-Lanka choy, O‗zbekiston esa paxta
mahsuloti bilan xalqaro savdoda qatnashib o‗z ehtiyojlarini qondirishlari
shart.
Uzlashtirilgan ustunlik
- bu yuqori
malaka va rivojlangan
texnologiyalar bilan bog‗lik. Hozirgi kunda jaxondagi mahsulotlar
ayiraboshlash tayyor mahsulot va xizmatlardan iborat bo‗lib, ularning
ulushi qishloq xo‗jalik mahsulotlari yoki qazilma boyliklarga qaraganda
ancha yuqori. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarishni
joylashtirish asosan
o‗zlashtirish ustunligi bilan bog‗liqdir. Ishlab chiqarish texnologiyasi
bo‗yicha ustunlikka ega murakkab va turli mahsulotlarni ishlab chiqarish
qobiliyatini ta‘minlaydi. Masalan, Daniyada kumush konlari bo‗lmasa ham
u kumush mahsulotlarini boshqalarga nisbatan ko‗p eksport qiladi, chunki
ishlab chiqarish texnologiyasi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga
qaratilgan. Yaponiya temir va ko‗mirni
import qilib, ular asosida yuqori
sifatli po‗lat ishlab chiqarib, boshqa mamlakatlarga eksport qiladi.
Endi tashqi va ichki savdoda mutloq ustunlik mohiyatini ikki davlat
AQSH va Shri-Lanka misolida tushuntirib berishga harakat qilamiz
64
. Shri-
Lanka va AQSH bir xil miqdordagi resurslarga ega (yer, mehnat resursi va
kapital) bo‗lib, choy va bug‗doyni ishlab chiqarishadi. Shri-Lanka 1 tonna
choy ishlab chiqarish uchun 4 birlik resurs va 1 tonna bug‗doy ishlab
chiqarish uchun 10 birlik resurs sarf qiladi. AQSH esa 1 tonna choy ishlab
chiqarish uchun 20 birlik resurs va 1 tonna bug‗doy ishlab chiqarish uchun
5 birlik resurs sarflaydi. Demak, Shri-Lanka
choy ishlab chiqarishga,
AQSH esa bug‗doyga ixtisoslashishi lozim. Ularda jami 100 birlik resurs
bor va resurslarini teng yarmisini bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarf
qiladilar deb faraz qilamiz.
64
Daniels, John D. Lee H. Radebaugh. Internatonal business: environments and operations. Addision-Wesley Publishing
Company, 1998.
390
Ikki davlat bir biri bilan savdo qilmagan xolni ko‗ramiz. Bu xolda
davlatlar resurslar yarmisini choy va bug‗doy
etishtirishga sarflaganlari
uchun Shri-Lanka 12,5 tonna choy va 5 tonna bug‗doy ishlab chiqaradi.
AQSH 2,5 tonna choy va 10 tonna bug‗doy ishlab chiqaradi. Har bir
davlatda faqat 100 birlik resurs mavjud bo‗lganligi sababli, xech qaysinisi
choyni miqdorini kamaytirmasdan bug‗doyni ko‗paytira olmaydilar, va
aksincha. Ular orasida savdo bo‗lmaganda birgalikda 15 tonna choy va 15
tonna bug‗doy ishlab chiqarildi. Lekin har bir davlat mutloq ustunlikga ega
bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarganda Shri-Lanka 25 tonna choy (100:4) va
AKSh 20 tonna bug‗doy (100:5) etishtirgan bo‗lardi. Shunday qilib, bu
davlatlar mahsulot ishlab chiqarish bo‗yicha ixtisoslashtirilsa,
ikkala
mahsulot etishtirish miqdori ortadi. Natijada bu davlatlar o‗rtasida savdo
aloqalari o‗rnatilsa, ikkala davlat ham oldingi xolatga karaganda choy va
bug‗doy mahsulotlarini ko‗paytirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: