10.2. Xorijiy mamlakatlarda mintaqaviy siyosatning xususiyatlari
G‗arb mamlakatlarida mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadi
mamlakatning ayrim mintaqalari o‗rtasidagi eng keskin ijtimoiy va
iqtisodiy tengsizliklarni bartaraf etishdir.
G‗arb davlatlarining zamonaviy mintaqaviy siyosatida odatda to‗rtta
asosiy yo‗nalish mavjud.
Birinchi
yo‘nalish
rivojlanishdan
orqada
qolgan
hududlarni
ko‗tarishdir. Ular odatda agrar yoki mineral-xom ashyoga asoslangan qoloq
ijtimoiy infratuzilma, ta‘lim va madaniyatning zaif rivojlanishi bilan
tavsiflanadigan
hududlardir.
Masalan
Frantsiyaning
janubi-g‗arbiy
hududlari, Italiyaning janubida, Shvetsiyada, Finlyandiyada, Norvegiyada -
shimoliy hududlarni misol qilib ko‗rsatish mumkin. Biroq G‗arbiy
davlatlarning rivojlanmagan hududlarida vaziyat o‗zgarishsiz qolayotganini
ta‘kidlash lozim. Bu mamlakatlarning faol mintaqaviy siyosati obyektlari
bo‗lgan Frantsiya va Italiya agrar hududlarida yaxshiroq o‗zgarishlar yuz
beradi. Ammo bu juda zaif tabiiy sharoitdagi shimoliy hududlarda yuz
bermayapti.
Ikkinchi yo‘nalish -
bu depressiyalangan hududlarni «reanimatsiya»
qilish. Ular orasida, odatda, Germaniyada Rur va Saarni, Frantsiyadagi
Elzasni, Belgiyadagi Valloniyani, Buyuk Britaniyadagi Uelsni va
272
boshqalarni kiritish mumkin. O‗tmishda rivojlanishning yuqori darajasi
ko‗rsatgan bu hududlar yirik ko‗mir-metallurgiya markazlari edi.
Yigirmanchi asrning oxirida. «depressiya» belgilari kimyoviy, yog‗ochga
ixtisoslashtirilgan hududlarga xos bo‗lib qoldi.
Ushbu va boshqa shunga o‗xshash hududlarda ilmga asoslangan
sanoatni, biznesni rivojlantirishni, rekreatsiv rivojlantirish, bo‗shab qolgan
ishchi kuchining boshqa mintaqalarga ko‗chib ketishini rag‗batlantirish
natijalari o‗z natijalarini berdi: ular sobiq inqirozga o‗xshash hududlarga
o‗xshamaydi. Shunga qaramay iqtisodiy hayotni qayta tiklash vazifalari
hali kun tartibidan olib tashlanmagan.
Uchinchi
yo‘nalish
,
xususan,
poytaxtda
shaharlashish
aglomeratsiyalarning o‗sib borayotganini o‗z ichiga oladi. Bu yo‗nalish
aslida yangi emas, sanoat aglomeratsiyalarining nazoratiz o‗sishi mahalliy
hokimiyat va jamiyat o‗rtasida doimo tashvish uyg‗otdi. Afsuski,
shaharlarda sanoat va inson resurslari kontsentratsiyasiga qarshi kurashish
uchun hech qanday chora ko‗rilmadi. Shunga qaramay shahar
aglomeratsiyasining gipertrofiyalangan o‗sishi bilan bog‗liq ijobiy tajriba
mavjud. Avvalo Frantsiya tajribasida bu Parijning o‗sishini cheklash uni va
atrof-muhit o‗rtasidagi hududiy farqlarni bartaraf etish vazifasi uzoq
vaqtdan beri birinchi o‗rinda turadigan muammolardan biridir.
Mintaqaviy siyosatning
to‘rtinchi yo‘nalishi
- yangi resurslar
maydonlarini rivojlantirishdan iborat.
Integratsion jarayonlarni o‗rganishda iqtisodchilar erkin savdo zonasi,
bojxona ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy birlik va to‗liq integratsiya kabi
integratsion assotsiatsiyalarni alohida ajratib ko‗rsatadi. Hozirgacha faqat
bitta integratsiya ittifoqi dunyoda belgilangan to‗rtinchi va qisman
beshinchi turdagi mezonlarga javob beradi xalos. Bu Evropa Ittifoqi (EI) -
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy integratsiyasining klassik versiyasi bo‗lib, unda
barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo tartibga solish tizimi
yaratilgan va uning hududiy siyosati amalga oshirilmoqda.
Evropa Ittifoqi an‘anaviy ravishda «boy» Shimol, «kambag‗al» janub,
«marginal qatlam» ga bo‗linadi. So‗nggi paytlarda «markaz» (yadro) va
«atrof-muhit» tushunchasi Evropa Ittifoqi mamlakatlariga nisbatan tobora
ko‗proq qo‗llanilmoqda. «Markaz» Angliya, Belgiya, Niderlandiya,
Lyuksemburg, Frantsiyaning katta qismi va Germaniyani, Avstriyani va
Shimoliy Italiyani o‗z ichiga oladi. «Rivojlanishi past» hududlarga -
Irlandiya, Shimoliy Irlandiya (Ulster), Shotlandiya, Uels, janubi-g‗arbiy
273
Frantsiya, asosan Ispaniyaning, Portugaliya, Italiya, Gretsiyaning agrar
hududlari hamda Finlyandiya, Shvetsiyaning ayrim shimoliy hududlarini
kiritish mumkin.
Ko‗plab Evropa Ittifoqi rasmiy hujjatlari faqat ayrim mamlakatlar emas
balki ularning mintaqalari integratsiya jarayonida alohida o‗rinni
egallashini ta‘kidlaydi. Hozirgi vaqtda ushbu mintaqalarning aksariyati
Evropa Ittifoqining oliy organlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalarni yo‗lga
qo‗yib o‗zlarining markaziy hukumatlarini aylanib o‗tmoqda.
Evropa Ittifoqining mintaqaviy siyosatining asosiy maqsadi - alohida
mintaqalar o‗rtasidagi rivojlanishdagi uzilishlarni kamaytirish orqali milliy
iqtisodiyotlarni birlashtirishdan iborat.
Asosiy maqsadga muvofiq, Evropa Ittifoqining hujjatlarida aniq
maqsadlar qo‗yildi:
- tuzilmaviy qayta qurish va qoloq hududlarga amaliy yordam berish;
- yuqori ishsizlik darajasi va ishlab chiqarish darajasini pasayishi bilan
sanoatdagi depressiya maydonlarini tarkibiy o‗zgartishlarni amalga
oshirish va ularning rivojlantirishga ko‗maklashish;
- uzoq muddatli ishsizlikka qarshi kurash;
- yoshlarni ish hayotiga jalb qilishni rag‗batlantirish;
- agrar siyosatni ilgari surish, shu jumladan qishloq xo‗jaligi va qishloq
xo‗jaligiga xizmat ko‗rsatadigan tarmoqlarni rivojlantirish;
- aholi zichligi juda kam bo‗lgan EI mintaqalarini rivojlantirish.
Evropa Ittifoqi tizimida mintaqaviy siyosat maqsadlarini amalga
oshirish uchun yuqori darajali organlar yaratildi.
Ular orasida: - Evropa jamiyati komissiyalari tizimidagi Mintaqaviy
siyosat bosh boshqarmasi va Evropa parlamentida tegishli komissiya;
- Mintaqalar qo‗mitasi (1993 yilda tuzilgan, unda hududiy va mahalliy
hokimiyatlarning 200 dan ortiq vakillari);
- Evropa Mintaqalari Uyushmasi.
- Evropa mintaqaviy rivojlanish jamg‗armasi (mintaqaviy rivojlanish
uchun mablag‗lar ajratadigan Evropa Ittifoqi moliya institutlarining asosiy
qismi).
1990 yillar oxirida mintaqaviy siyosatni amalga oshirish uchun Evropa
Ittifoqi byudjetining 1G‗3 qismidan ko‗prog‗ini tashkil etdi.
Evropa Ittifoqida mintaqaviy siyosatning aniq maqsadli dasturlari,
subdasturlar, loyihalar orqali amalga oshiriladi.
274
Alohida shaharlarni rekonstruksiya qilish, qishloq xo‗jaligini
rivojlantirish, mudofaa konvensiyalari korxonalarini rivojlantirish, ayollar
va yoshlarni ishlab chiqarishga o‗qitish va qayta tayyorlash, kichik va o‗rta
biznesni rivojlantirish kabi dasturlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
EI mamlakatlarining mintaqaviy siyosati doimiy islohotlar bilan
takomillashtirilib borilmoqda. Ittifoq byudjeti mamlakatlardan ajratiladigan
mablag‗lardan tashkil topadi. Ammo ularning samaradorligi sarflangan
xarajatlardan past. Ya‘ni, Evropa Ittifoqida boy mintaqalar «kambag‗al»
mintaqalarni subsidiyalashadi. Biroq, Evropa mamlakatlari bu maqsadga
erishishda - barqarorlik, kelajakdagi integratsiyadan keladigan foyda -
bunga loyiq deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |