A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma‘muriy



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

9.3. Ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, ma‘muriy 
islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy 
menejment usullarini keng qo‗llash 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasi 2018 yilda «Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi 
doirasida amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilda mamlakatimizni 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‗ishlandi. Bu esa 
O‗zbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevpaldagi 
«O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar 
stpategiyasi to‗g‗risida»gi PF-4947-conli Farmoni bilan tasdiqlangan 


265
2017–2021 yillarda O‗zbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Hapakatlar stpategiyasidan belgilangan 
vazifalar bilan bevosita bog‗liqdir.
Harakatlar strategiyasida birinchi marta davlat boshqaruvini isloh 
qilish davlat xizmati institutini rivojlantirish bilan bog‗liq holda olib 
borilishi belgilandi.
Chunki, aynan davlat islohotlarni amalga oshiradi va moliyalashtipadi. 
Davlat boshqaruvida davlat xizmatini uzluksiz takomillashtirmasdan turib 
islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas.
Murojaatnomada Hukumat va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda 
idoralar 
faoliyatini 
optimallashtirish 
va 
takomillashtirish, 
ish 
samaradorligini oshirish, rahbar kadrlarning shaxsiy javobgarligi va 
mas‘uliyatini kuchaytirish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini 
ishlab chiqish va ijrosini ta‘minlash vazifalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Ma‘lumki, jamiyat taraqqiyoti ko‗p jihatdan hokimiyatni to‗g‗ri tashkil 
qilishga, boshqaruvda eng samarali vositalardan foydalanishga bog‗liq. Bu 
borada mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ijro hokimiyati tizimini 
optimallashtirish orqali uning vakolatlari, mas‘uliyati va davlat tizimidagi 
mavqeini oshirish bo‗yicha islohotlarni izchil amalga oshirishga ustuvor 
ahamiyat qaratilgani bejiz emas. Unga ko‗ra Hukumat komplekslari 
tarkibiga kiruvchi vazirlik va kompaniya rahbarlari iqtisodiyot va ijtimoiy 
sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilishlari va joylardagi haqiqiy 
ahvolni 
o‗rganishga e‘tiborni kuchaytirishlari zarur. By haqda 
O‗zbekistonPecpyblikaci Ppezidentining 2017 yil 8 centyabpdagi PF-5185-
con Fapmoni bilan tacdiqlangan O‗zbekistonPecpyblikacida Ma‘mypiy 
iclohotlap kontseptsiyacida ham etarli bayon etilgan.
Jymladan, 
mazkyp 
kontseptsiyada 
davlat 
boshqapyvini 
mapkazlashtipishdan chiqapish, davlat xizmatlapi ko‗pcatish tizimini 
yanada takomillashtipish, davlat va hydydiy pivojlanish dactyplapini 
shakllantipishda 
hydydiy 
ijpo 
etyvchi 
hokimiyat 
opganlapining 
tashabbyckopligini 
oshipish 
hamda 
polini 
kychaytipish, 
davlat 
xizmatchilapining kacbiy tayyopgaplik, moddiy va ijtimoiy ta‘minot 
dapajacini oshipish, mahalliy davlat hokimiyati opganlapining moliyaviy 
imkoniyatlapi, poli va javobgapligini kengaytipish, mahalliy davlat 
hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlap bo‗linishi ppintsipining 
amalga oshirilishini ta‘minlash kabi dolzapb vazifalap belgilab bepilgan.


266
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida bildirgan fikrlaridan kelib chiqib, mahalliy ijro 
hokimiyati organlarida ochiqlikka asoslangan, zamonaviy menejment 
usullarini keng qo‗llash, uning samarali usullarini xorij tajribasiga 
qiyoslash asosida taklif va tavsiyalar berish zarur.
Hozirgi davrda Vazirlik va idoralar boshqaruvida menejmentning 
iqtisodiy, tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik usullari yetakchi o‗rin 
tutmoqda. Boshqaruvning iqtisodiy usullari xalqqa iqtisodiy manfaatlar 
orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta‘sir vositalari 
yig‗indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy 
rag‗batlantirish va h.k.), iboratdir. shunday qilib, menejmentning iqtisodiy 
usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo‗lib, ular mohirona va o‗z vaqtida 
tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‗shib 
olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishishga imkoniyat yaratadi.
Menejmentning tashkiliy-farmoyish usuli hududlarni, tashkilot va 
idoralarni boshqarishga turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo‗llash bilan 
xarakterlanadi. Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy 
usullarni to‗ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy aktlarni hisobga 
olish va bajarishga asoslanadi.
Davlat 
maxsus 
tuzilgan 
boshqaruv 
tashkilotlari 
vositasida 
boshqariladigan tizimga ma‘muriy va tashkiliy jihatdan ta‘sir o‗tkazadi. 
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon 
bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta‘sir etishning farmoyish usuli tashkiliy 
ta‘sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko‗proq talab etadi.
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari – bu ishlab chiqaruvchi va 
ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga 
ta‘sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik 
usullarini qo‗llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur 
o‗rganish, xodimlar kayfiyatiga ta‘sir etuvchi psixologik omillarni bilishni 
talab etadi. 
Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, 
ularning shaxs ongi va xulqiga ta‘siri, kishilar faoliyatini rag‗batlantiruvchi 
omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni tadqiq etadi. 
shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, 
xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his 
etish qobiliyatini o‗rgansa, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, 
jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, 


267
kadrlarni o‗qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va 
baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini 
tadqiq etadi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish