9.2. Mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas‘uliyati
hamda mustaqilligini yanada oshirish
Mamlakatimizdagi bugungi holat, mahalliy boshqaruvni tubdan isloh
qilish zarurligini ko‗rsatmoqda. «O‗zbekiston Respublikasida ma‘muriy
islohotlar kontseptsiyasi» qabul qilinishi ham bu boradagi ahvol nechog‗lik
jiddiyligidan dalolatdir.
Kontseptsiyada mahalliy boshqaruvdagi asosiy subyekt – ijro organlari
faoliyati islohotlarni to‗liq ro‗yobga chiqarishga, qo‗yilgan vazifalarni
amalga oshirishga to‗sqinlik qilayotgani e‘tirof etildi va bu boradagi
kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan voz kechish
zarurligi ta‘kidlanib, ko‗pgina vakolatlarni markazdan hududiy organlarga
o‗tkazilishi zarurligi, buning uchun tuman, shahar, viloyat hokimliklarida,
investitsiyalarni faol jalb etish bo‗yicha hokim o‗rinbosarlari lavozimi joriy
etilgani ma‘lum qilingan edi.
Shuningdek, hududiy boshqaruv organlari rahbarlik lavozimiga
tayinlash vakolati hokimlarga o‗tkazilgani, nomarkazlashtirish natijasi
sifatida ko‗rsatildi.
Mahalliy ijro hokimiyati rahbarlarining mas‘uliyatini kuchaytirish,
hokimning vakillik organlariga boshchilik qilish faoliyatiga barham berish
uchun qo‗yilgan muhim qadamlardan biri sifatida
O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustdagi «Toshkent shahrida
boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‗yicha huquqiy eksperiment
to‗g‗risida»gi farmonini ko‗rsatish mumkin.
Farmonda Toshkent shahar va uning tarkibidagi tumanlar hokimliklari
boshqaruv apparatlari negizida hokim devonlarini tuzish, Toshkent shahar
hokimligi huzuridagi ko‗plab komissiya, kengash va boshqalarni tugatish
orqali hokim o‗rinbosarlarining vakolat va mas‘uliyatini kuchaytirish kabi
chora-tadbirlar nazarda tutildi.
O‗zbekiston Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida, zamonaviy oqilona boshqaruv tizimini joriy etish
vazifasini qo‗yar ekan, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va
mas‘uliyatini qayta ko‗rib chiqish, ularning mustahkamligini yanada
259
oshirish, davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan eksprimentni
boshqa hududlarda ham joriy etish zaruratligi ta‘kidlandi.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati va
tarkibiy tuzilmalarining joriy holati. Tadqiqotlar hamda mutaxassis va
ekspertlar bilan suhbatlar natijasi shuni ko‗rsatmoqdaki, «Mahalliy davlat
hokimiyati to‗g‗risida»gi 1993 yil 2 sentyabrdagi qonun normalari eskirgan
va hozirgi zamon talablariga mos kelmaydi. shuningdek, bu hujjat mahalliy
boshqaruvni hozirgi zamon talablari darajasida tashkil etish va tashkiliy
mexanizmlarini yaratishga imkon bermaydi.
Mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida tizimli kamchiliklar sifatida
quyidagilarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
- Mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida qonun va qonunosti
hujjatlari, ichki tartib-qoidalar asosida ish yuritish o‗rniga, yuqoridan
ko‗rsatma berish tartibi shakllangan;
- hokimliklarda hujjat almashinuvi eskirgan tizim asosida olib
borilmoqda. Hokimlar, ijro hokimiyati tizimida, boshqaruvda asosiy rol
o‗ynaydigan hokim o‗rinbosarlarini tanlash, lavozimga tayinlashda
mustaqil emas.
- Boshqaruv organlari yuqoridan ko‗plab vazifalar yuklangani bois
o‗zlarining funktsional vazifalarini to‗liq bajarish imkoniyatidan mahrum
bo‗lmoqda. Hokimlik apparatida vazifalar taqsimoti qoniqarli darajada
yo‗lga qo‗yilmagan (hatto ayrim tumanlarda huquqiy asoslari mavjud
emas).
- Hokimlikda xodimlar qo‗nimsizligi mavjud. ortiqcha vazifalarning
yuklanishi, normal dam olish, o‗z ustida ishlash, oilasi bilan shug‗ullanish
uchun etarli vaqt mavjud emasligi tufayli xodimlar o‗z ishlaridan manmun
emas (boshqacha aytganda, ularga motivatsiya etishmaydi). Moddiy
manfaatdorlik past darajada (asosan quyi lavozimdagi xodimlarda).
Bu esa ish sifatiga ta‘sir qilmay qolmaydi, albatta.
2018 yil 12 sentyabr holatiga ko‗ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‗bek,
Shayxontohur, Olmazor tumanlari va Toshkent viloyatining Bo‗ka,
Namangan viloyatining Kosonsoy, Surxondaryo viloyatining Muzrabod,
Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Mirishkor tumanlari hokimliklari
faoliyatini o‗rganish, Qoraqalpog‗iston Respublikasi shahar va tumanlari,
viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari o‗rinbosarlari, viloyat tashkiliy-
nazorat guruhi rahbari va tuman hokimlari uchun «Boshqaruv mahorati»
260
bo‗yicha tashkil etilgan treninglar natijasida quyidagi muammo va
kamchiliklar aniqlandi:
47
1. Tuman hokimliklari faoliyati aniq rejaga asoslanmay tashkil
etilmoqda. Tuzilgan «yo‗l xarita»laridagi vazifalar va muammolar
shoshilinch hamda favqulodda shakllantirilgan bo‗lib, ularni amalda
bajarish muddati va sifati talab darajasida emas. Jumladan:
– topshiriqlarni muhim va nomuhimga ajratish hamda shu asosda
ustuvorliklarni aniqlash, maqsadlarni belgilash malakasi sust;
– vakolatlarni uzatish va topshiriqlarni taqsimlash ko‗nikmalari
shakllanmaganligi;
– rejadagi ishlar o‗rniga ko‗plab rejalashtirilmagan topshiriqlarning
berilishi va bajarilishi tufayli hokimlarda rejalarni keraksiz deb hisoblash
ko‗nikmasi shakllanib qolgani;
– viloyat hokimi o‗rinbosarlari va tuman hokimlari tomonidan ish
yuklamasini taqsimlashda ijro uchun ketadigan vaqtning noto‗g‗ri
belgilanishi natijasida ishlar sifatsiz bajarilmoqda;
– hokimlar aksariyat hollarda kundalik ishlarni bajarganligi bois,
hududlarni rivojlantirishning istiqboldagi va muammolarni hal qilishning
strategik rejalarini ishlab chiqishga etarli darajada e‘tibor qaratmasliklari
kuzatildi.
Hokimliklarda hujjatlar bilan ishlashning eskirgan tizimi amalda
bo‗lib, bugungi kun talablariga javob bermaydi. O‗rganish natijasida
barcha hokimliklarda elektron hujjat almashinuv tizimidan foydalanish past
darajada tashkil etilgani aniqlandi (masalan, Surxondaryo viloyati,
Muzrabot tumanida topshiriqlar ijrosini ta‘minlashda elektron hujjat
aylanish tizimi mavjud emas). Hokimliklarning hozir ishlab turgan elektron
hujjat almashinuv tizimida hujjatlarning ijrosi va topshiriqlarni nazorat
qilish hamda monitoringini olib borish elementlari shakllantirilmagan.
Zamonaviy to‗liq elektronlashtirilgan axborot almashinuv tizimini joriy
etishga tumanlarning moliyaviy imkoniyatlari etmaydi. Hujjat almashinuv
tizimida qo‗l mehnatining ulushi katta bo‗lib, ba‘zi tuman hokimliklarida
hujjatlarni ijro etish intizomiga rioya etilmaydi.
2. Hokimliklar xodimlarining soni kelib tushayotgan murojaatlarni
ko‗rib chiqish va yuqoridan topshiriq hamda vazifalarni bajarish uchun
47
D. Raximova, O. Xusanov. Mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas‘uliyatini qayta ko‗rib chiqish hamda mustaqilligini
yanada oshirish. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‗rganish va keng jamoatchilik
o‗rtasida targ‗ib etishga bag‗ishlangan Ilmiy-ommabop qo‗llanma. Toshkent «Ma‘naviyat» 2019 y.
261
etarli emas. Hokim va uning o‗rinbosarlari faoliyati, asosan, murojaatlar
bilan ishlashga qaratilmoqda. Masalan, shayxontohur tumani hokimiga
2018 yilning birinchi yarmida 976 ta, o‗rinbosarlariga esa 1239 ta
murojaat, Namangan viloyati kosonsoy tumani hokimligiga esa jami 2601
ta murojaat, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimligiga 262 ta
topshiriq va jismoniy va yuridik shaxslardan 1081 ta murojaat,
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimligiga 6917 ta murojaat va
topshiriqlar kelib tushgan. Bundan tashqari hokimga puxta o‗ylanmagan
topshiriqlarning berilishi ham uchraydi. Toshkent viloyati Bo‗ka tuman
hokimi tajribasi o‗rganilganda hokimiyatning yuqoridan beriladigan
topshiriqlar ijrosini ta‘minlashga asosiy e‘tibor qaratishga obyektiv
sabablarga ko‗ra imkoni yo‗qligi aniqlandi. Tuman hokimining birinchi
o‗rinbosari misolida ko‗rilsa, unga kuniga o‗rtacha 20 ga yaqin yozma
topshiriq beriladi. Barcha hokimliklarda topshiriqlarning yuqori sifatda va
o‗z vaqtida bajarilishiga quyidagi omillar salbiy ta‘sir ko‗rsatayotgani
aniqlandi: – ba‘zi topshiriqlar kechikib kelgani uchun o‗z vaqtida ijrosi
ta‘minlanmaydi; – mazkur topshiriqlarning hammasini bir vaqtda bajarish
uchun xodimlar soni cheklangan; – topshiriqlarni bajarishda hokimiyatda
ishlayotgan kadrlarning salohiyati etarli emas; – ba‘zi topshiriqlarni
bajarishda vakolatlar etarli darajada emas;
– aksariyat hollarda topshiriqlarga tegishli davlat boshqaruvi organlari
tomonidan bajarish imkonsiz bo‗lgan muddatlar qo‗yiladi va u bevosita
ijrochiga etib kelishida bir qator bosqichlardan o‗tadi (yuqori davlat
organlari viloyat hokimiyatiga, u erda devondan ro‗yxatdan o‗tib rahbarga
viza uchun yuboriladi, rahbar viza qo‗yib, masalani tegishliligiga qarab
o‗rinbosarga chiqaradi, tegishli viloyat hokimining o‗rinbosari uni tuman
va shahar hokimliklariga ijro uchun yuboradi, tegishli tuman va shahar
hokimligining devonxonasida ro‗yxatdan o‗tgach, tegishli hokimga
kiritiladi, hokim masalaga bevosita mas‘ul bo‗lgan tegishli o‗rinbosariga
chiqaradi, o‗rinbosari masalani tegishli tashkilotga chiqaradi). Bu esa
yuqoridan berilayotgan topshiriqlarning o‗z vaqtida bajarilishiga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadi. Bo‗ka tumani hokimligida 7 ta o‗rinbosar bo‗lib, har
bittasida bittadan mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Yuqoridan
berilayotgan topshiriqlarni samarali bajarish uchun shtat etarli emas.
natijada, ba‘zi topshiriqlarning ijrosi bajarilmasdan qoladi yoki juda past
sifatda bajariladi.
262
3. Hokim va uning o‗rinbosarlariga ko‗plab funktsiya va vazifalar
yuklangan. Masalan, Mirzo Ulug‗bek tumani hokimi, uning o‗rinbosarlari,
tashkiliy nazorat guruhining rahbari va voyaga etmaganlar ishlari bo‗yicha
komissiyasi kotibiga 510 ta dan ortiq funktsiya va vazifalar yuklangani
aniqlandi. shulardan 256 tasi bevosita ularning funktsional majburiyatlari
bo‗lib, qolgan 204 tasi yuqori turuvchi organlarning protokol topshiriqlari
bilan yuklatilgan. namangan viloyati kosonsoy tuman hokimining jami
bajarayotgan funktsiyalari va vazifalarining soni 34 ta, tuman hokimining
o‗rinbosarlari va tashkiliy nazorat guruhi rahbarining bajarayotgan
funktsiyalari va vazifalarining soni 240 ta. Ulardan bevosita 125 tasi
funktsional majburiyatlar, yuqori tashkilotlarning protokol topshiriqlari
bilan yuklatilgan. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi, uning
o‗rinbosarlari va tashkiliy nazorat guruhi rahbarining jami bajarayotgan
funktsiyalari va vazifalarining soni 172 ta, shundan yuqori tashkilotlarning
protokol topshiriqlari bilan yuklatilgani 44 tani tashkil etadi. Ushbu holat
hokim va uning o‗rinbosarlari funktsiya va vazifalarini optimallashtirish,
ularni bajarish uchun etarli mehnat resrurslari bilan ta‘minlashni taqazo
qiladi. Bunday holatning vujudga kelishiga O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroridan kelib chiqib,
tumanlarda
hokim
o‗rinbosarlari, hokimlik apparatining boshqa
xodimlarining vazifa va funktsiyalari yagona hujjat shaklida qabul
qilinmaganligi
sabab
bo‗lmoqda.
Masalan,
Toshkent
shahrining
o‗rganilgan tumanlarida bunday hujjatlar qabul qilinmagani aniqlandi
(Shayxontohur tumani bundan mustasno).
4. Hokimlik xodimlarida hujjatlar bilan ishlash va topshiriqlarni
mahalliy xususiyatga moslashtirish, ijroni samarali tashkil etish, chet
tillarini bilish va shunga o‗xshash ko‗nikma hamda bilimlar etarli emas.
Ayniqsa chet el investorlarini jalb etishda va ular bilan muloqat qilishda
xorijiy tillarni biladigan xodimlarga ehtiyoj katta. shu bilan birga,
hokimlikda tartibsiz ish vaqtining mavjudligi yuqori salohiyatli kadrlarni
jalb qilishga jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Masalan, Toshkent shahri
tumanlarining barchasida kommunal, qurilish, kommunikatsiya sohasidagi
mutaxassislarga ehtiyoj kattaligi sezilmoqda.
5. Ba‘zi topshiriqlarni bajarish uchun hokimliklarda vakolatlar kamligi
pand bermoqda. Vazirlik yoki boshqa davlat boshqaruvi organi hududiy
tuzilmasiga tegishli bo‗lgan topshiriq yoki funktsiyalarni bajarishda yo‗l
qo‗yilgan kamchiliklar uchun o‗sha tashkilot rahbarlariga tuman
263
hokimining to‗g‗ridan-to‗g‗ri chora qo‗llash vakolati bo‗lmagani sababli
topshiriqlar to‗liq bajarilmay qolmoqda. Misol tariqasida, qo‗shimcha soliq
manbalarini aniqlash va soliq bazasini ko‗paytirishga qaratilgan topshiriqni
olaylik. Hududda mazkur topshiriq ijrosini ta‘minlashni tuman hokimligi
tuman soliq inspektsiyasi zimmasiga yuklaydi, biroq inspektsiya ushbu
topshiriqni bajarishda kamchilikka yo‗l qo‗ysa, uning rahbariga hokimiyat
to‗g‗ridan to‗g‗ri hech qanday ta‘sir chorasini qo‗llay olmaydi. Bu esa o‗z
navbatida berilayotgan topshiriqlarning samarali ijrosini ta‘minlashga
to‗siq bo‗lmoqda. shuningdek, investorlarni jalb etish va ular uchun
infratuzilmani tashkil etish borasida ham hokimliklarning etarlicha vakolati
mavjud emas.
6. Hokimliklar faoliyatida qarorlar qabul qilish amaliyoti ham yaxshi
yo‗lga qo‗yilmagan. Yuqorida aytilgan treninglar natijasida hokimliklar
tomonidan qarorlar qabul qilishda quyidagilar ma‘lum bo‗ldi:
– qarorlarning strategik ahamiyati hisobga olinadi, biroq amaliyotga
joriy etish masalasi e‘tibordan chetda qolaveradi;
– tuman miqyosidagi muammolarning hal qilinishida murakkab
markazlashgan tizim mavjud bo‗lib, muammolarni hal qilishda «tuman
hokimligi – viloyat hokimligi – vazirlik va idoralar» hamkorligi tizimi
to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmagan;
– viloyat va tuman hokimliklarida «nomarkazlashtirishga oid
munosabatlar algoritmi» ishlab chiqilmagan;
– tuman hokimlari tomonidan umumiy mazmundagi va bir xil
yechimga asoslangan (shablon), hududning o‗ziga xos xususiyatlarini
hisobga olmagan holda qarorlar qabul qilinishi odatiy holga aylangan;
– qaror loyihasini manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun yuborish
amaliyoti yo‗lga qo‗yilmagan, shuningdek, vazifalarni to‗g‗ri taqsimlash,
ularning ijrosi, moliyaviy manbalar bilan ta‘minlash va nazorat qilish
faoliyati inobatga olinmaydi;
– viloyat va tumanlar hokimliklarining veb-saytlarini yuritish va
ularning investorlar uchun jozibadorligini oshirish xususidagi ko‗nikmalar
shakllanmagan. shuningdek, hokimliklarda yuridik xizmat qoniqarli
darajada tashkil etilgan deb bo‗lmaydi. Qabul qilingan qarorlarning
huquqiy ekspertizasi va ularning qonunchilikka mos kelishi talab darajasida
emas. Misol tariqasida, 2018 yil sakkiz oyi natijasiga ko‗ra, Toshkent
viloyati prokuraturasi tomonidan viloyatdagi tuman va shahar hokimlari
qarorlarini bekor qilish yuzasidan 325 ta protest keltirilgan. Harakatlar
264
strategiyasining beshta ustuvor yo‗nalishi orasida «Davlat va jamiyat
qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari» ahamiyati
jihatidan yetakchi bo‗lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi qolgan
to‗rtta yo‗nalishni amalga oshirishga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir qiladi. Davlat
va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishda – davlat boshqaruvini
markazlashtirishdan chiqarish ko‗rsatmasi alohida ahamiyatga ega.
Haqiqatan ham hozirgi kunda davlat boshqaruvi markazlashgan bo‗lib, bu
mahalliy davlat boshqaruv rolining pasayishiga olib kelgan, natijada
mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligi chegaralangan, bu esa
ularning mas‘uliyatsizligini keltirib chiqargan. Mazkur omillardan kelib
chiqib, mahalliy davlat va boshqaruv organlari faoliyati va tarkibiy
tuzilmalarini takomillashtirish bo‗yicha quyidagi taklif va mulohazalarni
bildirish mumkin: «Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida»gi qonunni
qayta ishlab chiqish, unda o‗tkazilayotgan eksperimentlar natijalaridan
foydalanish va qonun loyihasini keng muhokamadan o‗tkazib qabul qilish;
«Ma‘muriy islohotlar kontseptsiyasi»da ko‗rsatilgan kamchiliklarni
bartaraf etish chora-tadbirlari haqida «yo‗l xaritasi»ni ishlab chiqish,
kontseptsiyada belgilangan vazifalarni bajarishni kechiktirmaslik, ayniqsa
«nomarkazlashtirish» jarayonini puxta o‗tkazish; mahalliy davlat
hokimiyati
organlari
faoliyati
ochiqligi
(shaffofligi)ga
erishish,
jamoatchilik nazoratining samarali usullarini joriy qilish, ularni amalga
oshirish mexanizmlarini yaratish; Xalq deputatlari kengashlarining
faoliyatini jonlantirish, deputatlar faolligini oshirish, buning uchun ularni
rag‗batlantirish choralarini ko‗rish, manfaatdorlikni ta‘minlash maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |