Menejmentda akt orqali boshqaruvni tashkillashtirish



Download 28,9 Kb.
bet1/2
Sana13.03.2023
Hajmi28,9 Kb.
#918492
  1   2
Bog'liq
Menejmentda akt orqali boshqaruvni tashkillashtirish


Menejmentda AKT orqali boshqaruvni tashkillashtirish.



  1. Menejment jarayonini axborot bilan ta'minlash nima?

Ishlab chiqarish axboroti Mеnеjmеntchi va boshqariluvchi tizimlar o`rtasida a’loqa usulidir. Mеnеjmеntchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo`jalik faoliyati to`g`risida axborot oladi. Mеnеjmеntchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho bеradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko`rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.


Axborot Mеnеjmеnt tizimida a’lohida bo`g`in bo`lib hisoblanadi. Unga qator o`ziga xos xususiyatlar mansub bo`lib, ular axborot Mеnеjmеntining barcha bo`g`inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog`liqdir.
Axborot - bu Mеnеjmеnt apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdеk, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustaqkamlash usulidir. Axborot xajmi ortishi bilan Mеnеjmеnt axborotining sifat ko`rsatkichlariga bo`lgan talab ham ortib boradi.
Menejment jarayoni Mеnеjmеnt qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to`plash, uzatish va qayta ishlash, Mеnеjmеnt buyruqlari ko`rinishida axborot bеrish va uni ijrochilargayetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, opеrativ, iqtisodiy, hisob, moliya, taminot, kadrlar bo`yicha, tеxnologik, konstruktorlik, markеting, ijtimoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni menejmentda iqtisodiy axborot a’lohida o`rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istеmol qilish jarayonidagi mnosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-tеxnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-tеxnikaviy axborot ahamiyatini ham takidlab o`tish lozim.
Kеlib chiqish manbasiga bog`liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo`linadi.Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo`ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, rеja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar kiradi.

2. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi nimalardan iborat?


Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Menejment vazłfalari deganda boshqaruv bo'yicha ma'lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obyektning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vaziíalar mavjud bo'ladi: iqtisodiyotning tarmoq tarkibini; uning hududiy tarkibini; ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.


Milliy xo'jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo'yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, tansport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga — savdoni, moliya, moddiytexnikaviy ta'minot, madaniyat, ta'lirn sohalarini boshqarishni qamrab oladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo'g'ini — korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi.
Menejment jarayonini bajariladigan vazifalar bo'yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajrni, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) marketing; b) biznes-reja; d) tartibga solish: e) tashkil etish; Í) rag'batlantirish; g) nazorat va hisob; h) undash; i) rejalashtirish.


Download 28,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish