8.3. Transport korxonalarini rivojlantirish istiqbollari
Yuqorida aytib o‗tilganidek, temir yo‗l transporti jahondagi barcha
mamlakatlar iqtisodiyotining muhim aloqa vositasi bo‗lib hisoblanadi.
Mamlakatimiz uchun esa uning ahamiyati yana ham katta. Chunki,
Respublika chetga chiqish uchun zarur bo‗ladigan suv yo‗llaridan olis
bo‗lganligi uchun temir yo‗l transporti mamlakatni jahon mamlakatlari
bilan bog‗lab turuvchi asosiy vositadir. Ayni vaqtda temir yo‗l transporti
doirasida mavjud bo‗lgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish
yo‗llarini topa bilish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda jamiyat tuzilamasi tubdan isloh qilinmoqda. Alohida
e‘tibor muayyan sohalarni hususiylashtirishga qaratilmoqda.
Jamiyatning asosiy faoliyat yo‗nalishlari quyidagilardir:
tarqatish vat temir yo‗l orqali yuklarni yetkazib berish;
temir yo‗l vagonlarini sozlash va texnik xizmat ko‗rsatish;
yo‗lovchi, sayyohlik tashishlar;
xizmat ko‗rsatish, lokomotiv va vagon parkini yangilash.
Jamiyat uchun ustuvor yo‗nalish quyidagi sarmoya loyihalarini
amalga oshirish hisoblanadi:
optik tolali liniyalar yordamida aloqa kanallarini mustahkamlash;
yangi harakatlanuvchi tarkib sotib olish (elektrovoz va vagonlar)
hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;
yangi temir yo‗l liniyalarini qurish;
244
temir yo‗llarni elektrlashtirish;
yo‗llarni kapital ta‘mirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat
zavodlarida yo‗lning ustki qurilmasi elementlarini ishlab
chiqarishni tashkil qilish va h.z
Jamiyatda sarmoyaviy qo‗llab quvvatlashni talab qiladigan bir necha
loyihalar mavjud bo‗lib, ular amalga oshirilgan taqdirda sarmoyachiga
katta foyda olib kelishni va‘da qiladi.
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ 1993 yildan beri Temir yo‗l
Hamkorlik Tashkiloti a‘zosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yo‗llari Ittifoqi va
Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan
uzviy aloqaga ega.
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ TRASEKA (Evropa-Kavkaz-Osiyo
transport koridori) loyihasining Evropa Ittifoqi Komissiyasi TASIS dasturi
bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
1994 yil 7 noyabr yaratilganidan buyon «O‗zbekiston temir yo‗llari»
AJ 20 yildan ortiq davr mobaynida O‗zbekiston Respublikasining tuzilishi-
shakllantirish va iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim bo‗g‗ini
hisoblanadi. Barqaror rivojlanish, barqarorlik, innovatsion texnologiyalarni
joriy etish, va «O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ korxonalarining iqtisodiy va
sanoat rivojlanishining o‗sish dinamikasining oshishi O‗zbekiston
Respublikasining butun iqtisodiyoti va transport sohasining rivojlanishi
uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
Temir yo‗l transporti mavjud bo‗lgandan beri va faoliyati davomida
O‗zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik
qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish
uchun o‗z vaqtida yuk va yo‗lovchi tashishni ta‘minlash hisoblanadi. Bu
boradagi ishlar turli ko‗rinishlarda amalga oshirilmoqda va O‗zbekiston
Respublikasi temir yo‗l tarmog‗ini o‗tkazish va tashish imkoniyatlarini
maksimal xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan.
Yuk va yo‗lovchi tashish shakllantirish, temir yo‗ldan foydalanish
xarajatlarni optimallashtirish, poezd harakatining xavfsizligini ta‘minlash
xalqaro shartnomalar doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda
amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi strategik geografik
o‗rinni egallashi va mintaqadagi geosiyosiy rivojlantirish markazi
ekanligini hisobga olib, asosiy tranzit yo‗laklarini qit‘amizning Shimoliy
va Janubiy Sharq va G‗arbni bog‗lovchi O‗zbekiston Respublikasi hududi
245
orqali o‗tgan. Bu AJni rivojlantirishni rejalashtirishda va qo‗shimcha
o‗rganishga va optimallashtirishga muhtoj bo‗lgan muammolarni
aniqlashda muhim omil hisoblanadi .
Temir yo‗l transporti qo‗shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirishda muhim rol o‗ynaydi, hozirgi kunga kelib «O‗zbekison
temir yo‗llari» AJ nafaqat MDH mamlakatlari a‘zolari bilan balki chet el
mamlakatlari bilan temir yo‗l sohasida hamkorlik to‗g‗risida ikki
tomonlama kelishuvga egadir.
Jamiyat shuningdek Xalqaro temir yo‗l ittifoqi (UIC, Frantsiya),
BMTning Osiyo va Tinch okeani hududi va Markaziy Osiyo uchun
iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP), Osiyo tarraqiyot banki
doirasida Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorlik (CARES), temir
yo‗l tashkilotlari hamkorligi (OSJD, Polsha), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
(ECO, Eron), MDHga a‘zo davlatlarning temir yo‗l transporti bo‗yicha
kengashi kabi tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi.
O‗zbek temir yo‗llarining zamonaviy texnik uskunalar bilan
jihozlanganligi, geografik joylashuvi Evropa-Osiyo xabarlarida muhim
bog‗lovchi omil hisoblanadi. U Xitoy, Yaponiyani MDH mamlakatlari,
Eron, Turkiya va Evropa bilan transport aloqalarini ta‘minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Tarixiy Ipak yo‗lini qayta tiklashda O‗zbekiston
Respublikasi va uning temir yo‗llari muhim ahamiyatga ega o‗rin egallaydi
yoki TRASEKA transport yo‗lagi, Osiyodan Evropaga qisqa va arzonroq
yo‗nalish hisoblanadi.
2006 yil noyabr oyida Pusan shahrida (Janubiy Koreya) transport
bo‗yicha Xalqaro konferentsiya o‗tkazish jarayonida O‗zbekiston temir
yo‗l ma‘muriyati rahabari tomonidan Transosiyo temir yo‗llari tarmog‗i
bo‗yicha hukumatlararo kelishuvi imzolandi. Agar transosiyo temir yo‗llari
doirasidagi hamkorlikning amaliy ahamiyatini e‘tiborga olinsa, hamda
O‗zbekiston Respublikasi geografik joylashuv sababiga ko‗ra dengiz
portlariga to‗g‗ridan to‗g‗ri chiqishga ega emasligi ushbu hujjatning
imzolanishi O‗zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini temir
yo‗l transporti ta‘minoti takomillashuviga sabab bo‗ladi.
O‗zbekiston temir yo‗llari» AJning xalqaro turistik yarmarkalarda
ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega, bu yarmarkalarda Hamdo‗stlik va
chet el mamlakatlarining yuzlab mashhur turistik firmalari taqdim
etilgandi.
Bu
savdo
maydonlarida
jamiyat
nomidan
«O‗ztemiryo‗lyo‗lovchi» AJ temir yo‗l transportida turistik tashishlarni
246
tashkillashtirish
sohasida
o‗z imkoniyatlarini ko‗rsatmoqda. Bu
imkoniyatlardan biri bu jahon standartlarining barcha talablariga javob
beradigan yangi rusumdagi yo‗lovchi vagonlarda yo‗lovchilarni tashish
hisoblanadi. «O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ turli xalqaro tashkilotlar,
firmalar, kompaniyalar, MDH davlatlari temir yo‗l ma‘muriyatlari, Boltiq
va uzoq horij vakillarini qabul qiladi. Muzokaralarda ikki tomonlama
hamkorlik, tashishlarni tashkil qilish, material va ehtiyot qismlar bilan
ta‘minlash, yangi liniyalar va inshootlarni qurish, investitsiya dasturi va
ko‗pgina boshqa masalalar ko‗rib chiqilmoqda.
Hozirda Butunjahon Banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yapon xalqaro
hamkorlik agentligi (JICA), Evropa qayta qurish va rivojlanish banki
(EBRR), KfB Banki (Germaniya), Eksimbank (KXR) jamiyatning jiddiy
hamkorlari bo‗lib kelmoqda. Shu bilan birga «Patentes Talgo L.S.»
(Ispaniya), «Jeysmar» (Frantsiya), «Plasser end Toyrer» (Avstriya),
«CNTIC» va «CRTG» (Xitoy), «BELAM» (Latviya), «Sumimoto,
«Marubeni», «Shimidzu», «Kanimatsu» (Yaponiya) va boshqa mashhur
firmalar tomonidan jamiyatga katta qiziqish bildirilgan.
Temir yo‗llar mintaqa ichida joylashganligi sababli, biz xalqaro tashish
sifatini oshirgan va yetkazish muddatlarini qisqartirgan holda, bu sohada
hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Mintqada ayni vaqtda qishloq avtomobil yo‗llari, shaharlar, shahar
posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‗chalarining holati bilan bog‗liq
bo‗lgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil
yo‗llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish
talablariga javob bermaydi.
Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning
kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy ko‗payishi mintaqaviy
avtomobil yo‗llari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-
tadbirlar ko‗rishni talab qiladi.
Tuman va shaharlarning yo‗l tashkilotlari yo‗l-ta‘mirlash texnikasi,
moddiy-xomashyo resurslari bilan etarli darajada ta‘minlanmagan, har yili
ajratilayotgan mablag‗lar xo‗jaliklararo qishloq avtomobil yo‗llarini,
shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‗chalarini zarur
darajada saqlash va ta‘mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta‘minlash
uchun etarli emas.
247
2017 yil 14 fevraldagi «Yo‗l xo‗jaligini boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoni muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Farmonga muvofiq
46
, avtomobil yo‗llari sohasida yagona texnik
siyosatni olib borish, avtomobil yo‗llari tarmoqlarini rivojlantirish va
takomillashtirish istiqbollarini belgilash, xalqaro tranzit yo‗laklarini
shakllantirish, umumiy foydalanishdagi hamda ichki yo‗llarni ta‘mirlash
kabi vazifalar qo‗mitaning asosiy yo‗nalishlari etib belgilangan.
Hududlardagi mintaqaviy yo‗llarni kapital va joriy ta‘mirlash ishlari
qo‗mita tasarrufidagi tuman yo‗l xo‗jaligi korxonalariga biriktirilgan.
Mamlakatimizning ba‘zi hududlaridagi ta‘mirtalab yo‗llar aholi va
transport
harakatiga
noqulayliklar
tug‗dirmoqda.
Bu
aholi
va
foydalanuvchilar e‘tiroziga sabab bo‗lmoqda.
Mintaqaviy avtomobil yo‗llarining yo‗l qoplamalari holatini zarur
darajaga keltirish, yo‗l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish,
aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarida qulay shart-
sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va
hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida 2017 yilning 14 fevralida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2018 yillarda mintaqaviy
avtomobil yo‗llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi qarori qabul qilindi va 2017−2018 yillarda mintaqaviy
avtomobil yo‗llarini rivojlantirish dasturini tasdiqlangan.
Ushbu yillar dasturda 2017−2018 yillarda 5454 km, jumladan, 2017
yilda — 2700 km, 2018 yilda — 2754 km xo‗jaliklararo qishloq avtomobil
yo‗llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‗chalarini
kapital va joriy ta‘mirlandi.
Jumladan, Qoraqalpog‗iston bo‗yicha 295 km, Andijon viloyati
bo‗yicha — 324 km, Buxoro- 439 km, Jizzax — 222 km, Qashqadaryo —
679 km, Navoiy — 216 km, Namangan — 309 km, Samarqand — 479 km,
Surxondaryo — 535 km, Sirdaryo — 267 km, Toshkent — 516 km,
Farg‗ona — 520 km, Xorazm — 321 km va Toshkent shahri bo‗yicha —
332 km yo‗llar va ko‗chalarni ta‘mirlandi. Biroq bu ko‗rsatkichlar va ushbu
sohada amalga oshirilayotgan ishlarning jami mamlakat bo‗yicha 184 ming
km.ni tashkil etadigan avtomobil yo‗llarini ta‘mirlangan, zamonaviy
46
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi «Yo‗l xo‗jaligini boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori. Manbaa uzA.
248
talabga javob beradigan mahalliy ichki yo‗llarni qismini 60 foiziga ham
etmaydi.
Bu borada kamchiliklardan biri avtotransport ho‗jaliklari holati bilan
bog‗lab ko‗rsatish mumkin. Xususan:
- avtotransport ho‗jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar
darajasida emasligi, sohada ilg‗or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va intellektual transport tizimlari etarli darajada joriy etilmayotganligida;
- og‗ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibi
parkining eskirganligi yuqoriligicha qolayotganida;
mamlakatning avtotransport xizmatlari eksporti va tranzitini oshirish
salohiyatining
imkoniyatlari
va
zaxiralaridan
to‗laqonli
foydalanilmayotganligida ko‗rish mumkin.
Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun birgina 2017-2018 yillarda
xo‗jaliklararo qishloq avtomobil yo‗llari, shaharlar, shahar posyolkalari,
qishloq va ovullarning ko‗chalarini joriy ta‘mirlash ishlarini bajarish uchun
mintaqaviy yo‗llarni ta‘mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta
yo‗l texnikasi bilan ta‘minlandi.
Shuningdek ushbu dasturda mavjud respublika xo‗jaliklararo qishloq
avtomobil yo‗llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar
ko‗chalarini
bosqichma-bosqich
xatlovdan
o‗tkazish
va
ularni
pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo‗yicha elektron
ma‘lumotlar bazasini yaratish belgilangan.
2018 yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida respublikaning 159 ta
tumanidagi 417 ta qishloqning me‘moriy qiyofasini tubdan yangilash va
hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida ulardagi yo‗l-transport
infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha
obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan umumiy uzunligi 5 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‗llar
(ichki ko‗chalar)ni ta‘mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga
oshirilgan. Bu boradagi ishlarni davlat darajasida e‘tiborda ekanligi albatta
yo‗llarimizni yildan-yilga yaxshilanib borishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |