Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi



Download 66,44 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi66,44 Kb.
#936284
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ijod


Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. 
Ma’lumki, bu illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos rеytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l kеladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish stratеgiyasini o‘zi bеlgilaydi. 
Shulardan kеlib chiqib, 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mеxanizmi yaratildi. 
Mazkur Qonuning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif bеrilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqеidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdеk bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot bеradi. 
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chеk qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon bеruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar. 


KONSTITUTSIYA- MENING TAQDIRIMDA


Mamlakatimizning rivojlanishi, uning taraqqiyoti, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamon talabiga mos bilimlarni chuqur egallagan, raqobatbardosh mutaxassislar bo’lib yetishishi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bog’liq. Shuning uchun yurtimizda yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim berish, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Yangi O’zbekiston, porloq kelajak uchun yosh avlodning yangicha, erkin, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, haqiqatni aytishdan cho‘chimaydigan, qiyin vaziyatlarda o’zini yo’qotib qo’ymaydigan, qiyinchilik va muammolarni ochiq-oydin bayon etadigan, Vatan ravnaqi va kelajagi, oila, millat sha’ni, g’ururi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, yoshlar qilib voyaga yetkazish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev rahbarligida yangi O‘zbekistonni yaratish uchun iqtisodiy, ta’lim, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar kabi sohalarda yangi imkoniyatlar yaratilib, islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar asosida asosiy Qonunimiz - Konstitutsiyaning o’rni beqiyosdir.
Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda.
Konstitutsiyada belgilab berilgan inson huquqlari meni har kuni tinch, baxtli va xavotirsiz yashashimni, o’z soham bo’yicha ilmiy, ma’naviy, tashkiliy faoliyat olib borishimni, farzandlarimni xotirjam ta’lim olishlarini kafolatlaydi.
Konstitutsiyada belgilab berilgan majburiyatlar va burchlarim esa meni Vatan, millat, oilam oldida o’z vazifamni sidqidildan bajarishim, ta’lim berish jarayonida talabalarga har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirishga undaydi.
Bugun biz nimagaki erishgan boʻlsak, mana shu konstitutsiyamiz tufayli erishdik. Konstitutsiya insonni inson sifatida yashashini, sayohat qilishini, erkin fikrlashini taʼminlovchi olamshumul hujjat hamdir. U kishi ruhiyatini, sogʻligini oʻzida aks ettirgan.
Konstitutsiya – mustaqilligimizning eng katta yutugʻi hamdir. U shunchalar mukammal asarki, kishining barcha ehtiyojlariga unda javob bor. Unda nafaqat, insonni balki oddiy daraxt, tabiat, muborak qadamjolarni asrash, muhofaza qilish tushunchalari ham yotadi.
Bosh Qomusimiz asosida chiqarilayotgan farmon, qaror va farmoyishlar xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoya qilish va ta’lim tizimini takomillashtirish, yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi o‘rin tutadigan maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, oily ta’lim tizimida hamda aholining intelektual salohiyati, huquqiy saodxonligini oshirish, jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish singari jamiyatning barcha sohalarida tub ijobiy o‘zgarishlar, yangilanishlar bo’lishiga sabab bo’lmoqda.

BESH TASHABBUS – BESH G‘OYA


Har bir millat o‘z kelajak avlodida komillikni ko‘rishni orzu qiladi. O‘zbek xalqi o‘z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlar tarbiyasiga alohida e’tibor bergan va bunday komillik darg‘alarini yetishtirish har bir zamonda muhim sanalgan. Inson kamolotida esa jismoniy va ma’naviy go‘zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan 5 ta tashabbusi ilgari surildi. Bir so‘z bilan aytganda, 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu 5 tashabbusning mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, har birining zamirida chuqur o‘ylangan ma’no va mazmun borligiga guvoh bo‘lamiz.Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. San’at va badiiy ijod shaxs fenomenini shakllantiruvchi asosiy mezondir. Shunday ekan yoshlarda estetik ong, estetik did, estetik immmunitet, estetik intellektni shakllantiruvchi, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy-estetik ijod namunalarining o‘rnini alohida e’tirof etish zarur. San’at ham inson hayotida o‘ziga xos estetik ahamiyat kasb etib, ijtimoiy hayotda inson faoliyatining, badiiy ijodning yakuni sifatida yuzaga keladi. Ammo har qanday badiiy asar ham san’at darajasiga ko‘tarilmaydi, san’at darajasida baholanmaydi. Demak, badiiy ijod namunalarini san’at asari darajasiga ko‘tarilishi uchun ham estetika qonuniyatlariga amal qilinishi muhimdir. Hozirgi kunda san’at inson ongi va tafakkuriga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs ma’naviyatini shakllantiradigan kuchga ega ekanligi bilan ajralib turadi, san’at-badiiy ijod inson ongining uzviy dialektik aloqadorligi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmasligini va o‘z-o‘zini tashkillashtira olish xususiyatiga ega ekanligini namoyon etadi. Tadbirda birinchi tashabbus doirasida G.S.Muratova, D.R.Qarshieva, S.M.Mardonova faol ishtirok etishdi.To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017 yilda 12 yanvarda chiqargan farmoyishida kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.Mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan ettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Axborot- resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
.

Yoshlar kelajak poydevori


Bugun yurtimizda tinchlik farovonlik hukm surmoqda. Bu ne’matlarning qadr-qimmati bebahodir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik, albatta, o‘z-o‘zidan bo‘lmagan.
Bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga bergan cheksiz inoyati bo‘lsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir.
Biroq hozirgi davrda bir narsani alohida ta’kidlash kerak-ki, bizning tinchlik va farovonligimizga hasad qo‘zi bilan boqib, o‘z g‘arazli, shaxsiy manfaatlari yo‘lida, turli vosita va usullardan foydalanib, buyuk ne’mat bo‘lmish tinchligimizga raxna soluvchi kuchlar ham yo‘q emas.
Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida yosh avlod ong-u shuuriga tahdid soluvchi omillar, eng avvalo biz uchun yot, buzg‘unchi g‘oyalar orqali nosog‘lom qarashlarni tarqatishga urinishlar ham mavjud. Xo‘sh, biz bunga qarshi qanday kurashamiz? Albatta, milliy g‘oya bilan!
Barcha zamonlarda yoshlarni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalash va odob-axloqini yaxshilash katta ahamiyat kasb etgan. Yoshlarimizni ilm-u fan va kasb-hunarli bo‘lishlari yo‘lida davlatimiz tomonidan qilinayotgan g‘amxo‘rlik bilan birga bu boradagi ota-onalar, nuroniy oqsoqollar, uchastka nozirlari, mahalla faollari, maktab mas’ullari va imom-xatiblarning doimiy harakatlari juda ham ahamiyatlidir.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida kuzatilayotgan tartibsizliklar zamirida davlatning o‘sib-unib kelayotgan yoshlarga, ularning hayotdagi qiziqishlari, huquq va manfaatlariga e’tiborsizligi, ulardagi yoshlarga oid siyosatning hozirgi zamonning yangi tahdidlariga javob bera olmasligi oqibatini ko‘rish mumkin. Bunday mamlakatlarda davlat va yoshlar o‘rtasida uzilish paydo bo‘lganligini kuzatish mumkin. Shu bois, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini samarali tashkil qilish, ularni bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishiga zamin yaratish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, yigit-qizlarimiz tarbiyali bo‘lib ulg‘ayishi, kasb-hunar egallashi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida o‘z bilim va shijoatini safarbar qilib, o‘zini shu yurt taqdiriga daxldor ekanligini qalbdan his qilgan holda o‘zining jamiyatdagi vazifalarini to‘la ado qilmoqliklari lozim. 
Zero, Vatanga xizmat shu yurt farzandiman degan har bir o‘g‘il - qiz uchun eng oliy saodatdir.


Download 66,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish