Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 20. 08, 20. 38, 20. 39, 20. 40 guruh talabalari bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” munosabati bilan davra suhbati yuzasidan bayonnomas I sana
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 20.08, 20.38, 20.39, 20.40 - guruh talabalari bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” munosabati bilan davra suhbati yuzasidan B A Y O N N O M A S I
Sana. 27.11.2021 Joyi: 27-xona
Qatnashdilar: Guruh murabbiysi va 20.08, 20.38, 20.39, 20.40 talabalari
KUN TARTIBI: Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi M. va boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 20.08, 20.38, 20.39, 20.40 - guruh talabalari bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi davra suhbatining muhokamasi.
Eshitildi: M. Muxtoriy- Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi.
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Talaba: Mahmudova Muslima 20. 40 guruh talabasi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Talaba so’zidan so’ng yana M. Muxtoriy davra suhbatini davom ettirdi. Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi bir nechta qonunlar ham joriy etilgan. Bular:
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, 2003-y.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5729-son Farmoni
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2752-son Qarori
4. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘RQ-419-son Qonuni
5. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zR 22.09.1994 y. 2012-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan) hisoblanadi.
Davra suhbati davomida guruh murabbiysi talabalarga “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusiga oid taqdimot, rasmlar hamda videorolik havola ettildi.
Davra suhbati natijasida talabalar korrupsiyaga oid bilimlar olishdi.
Yigʻilish raisi: M. Muxtoriy
Kotib: Y. Shuxratova