A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

oshiriladigan boshqaruv shakli
dir. Respublika ham monarxiya singari 
muayyan tarixiy xususiyatga ega. Boshqaruvning respublika shakli bir 
qancha turlari mavjudligi tarixdan ma‘lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq 
namoyon bo‗la boshlagan edi. 
Prezidentlik respublika 
boshqaruv shakli sifatida, birinchi navbatda, 
saylab qo‗yilgan davlat boshlig‗i bir vaqtning o‗zida hukumat rahbari ham 
bo‗lishi bilan farq qiladi. Prezidentning o‗zi parlament roziligi bilan shu 
hukumatni tuzadi va zarurat tug‗ilganda uni tarqatib yuborish huquqiga ega 
bo‗ladi. Butun xalq tomonidan saylangan prezident umummilliy manfaatlar 
ifodachisi, millat ramzi bo‗lishi (har qalay shunday bo‗lishi kerak ham) 
boshqaruv prezidentlik shaklining ijobiy tomonidir. Mazkur shakl butun 
vakolatni bir shaxsga beradi va u favqulodda holatlarda mas‘uliyat va 
rahbarlikni o‗z qo‗liga oladi. Boshqaruvning prezidentlik shakli, odatda, 
parlament shakliga nisbatan yuqoriroq darajadagi siyosiy barqarorlikni 
ta‘minlaydi. Zero, hukumat (prezident) konstitutsiyada belgilab qo‗yilgan 
qat‘iy muddatga saylanadi. 
Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. 
Boshqaruvning parlament shaklidan farqli o‗laroq, u hokimiyatning ijro 
etuvchi va qonun chiqaruvchi tarmoqlari o‗rtasidagi ziddiyat va 
mojarolarni, shuningdek, konstitutsiyaviy inqiroz ehtimolini istisno 
etmaydi. Bunday vaziyat, chunonchi, prezident bilan parlament ko‗pchiligi 


71
boshqa-boshqa partiyalar, siyosiy oqimlarga mansub bo‗lgan vaqtlarda 
yuzaga kelishi mumkin. 
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, prezidentlik instituti vakolatlari deyarli 
barcha davlatlarda bir xil bo‗lsa-da, ularni amalga oshirishda katta farqlar 
mavjud. Prezidentlarning quyidagi vakolatlari mavjud: mamlakat ichki va 
tashqi siyosatida davlatni namoyish etish bo‗yicha vakolatlari; prezidentlik 
institutining qonunchilik tashabbusi bo‗yicha vakolatlari; hukumatga 
nisbatan vakolatlari; davlat organlarini shakllantirish va kadrlar siyosati 
bo‗yicha vakolatlari; huquqiy hujjatlar, normativ aktlar yaratish bo‗yicha 
vakolatlari; favqulodda vaziyatlar bo‗yicha vakolatlari; harbiy siyosat 
sohasidagi vakolatlari; shaxsning huquqiy maqomini aniqlash sohasidagi 
vakolatlari; xalqaro munosabatlar bo‗yicha vakolatlari. Bundan tashqari, 
prezidentlik institutiga nisbatan konstitutsiyalarda vakolatlar bilan birga, 
ma‘lum bir javobgarlik va taqiqlar ham mavjud: boshqa lavozimlarni 
egallashning man etilishi; boshqa faoliyat bilan shug‗ullanmaslik; badiiy, 
ilmiy, adabiy faoliyat uchun qalam haqi olmaslik; ayrim mamlakatlarda 
prezident mamlakat hududidan faqat parlament ruxsati bilan chiqishi 
mumkinligi; konstitutsiya va qonunlarni bila turib buzish, og‗ir jinoyatlarni 
sodir etish, korruptsiya, davlatga xiyonat qilish kabi xatti-harakatlarga 
javobgarlik shular jumlasidandir. 
Shunday qilib, boshqaruvning parlament va prezidentlik shakllaridan 
birini tanlash yagona, ammo beqaror rahbariyat (parlament boshqaruvi) 
bilan barqaror, lekin ikki hokimiyat o‗rtasidagi ixtiloflarni istisno 
etmaydigan rahbariyatdan birini tanlash degan ma‘noni anglatadi. 
Aslida, «Prezidentni saylashning eng maqbul uslubining o‗zi 
bormikan?» Ularning har biri o‗zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Shu 
munosabat bilan prezidentlik saylovlarining ahamiyati ortib boradi. 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri saylovlar eng sodda va demokratik saylovlardir. Bundan 
tashqari, prezidentlik hokimiyati qonunchilik hokimiyatiga nihoyatda 
qaram bo‗lib qolishi ham mumkin (masalan, favqulodda holat sharoitlarida 
prezidentni ikkinchi muddatga qayta saylash tartibini olib ko‗ring). 
Shuni alohida qayd etib o‗tish kerakki, davlat boshqaruv tizimi qotib 
qolgan emas, balki tarixiy taraqqiyot jarayonida muqarrar ravishda 
o‗zgarib, yangilanib turadi. Ayni paytda dunyodagi davlatlar boshqaruv 
shakllari ko‗p ming yillik tarixga ega bo‗lib, jamiyat taraqqiyoti asosida 
takomillashib, 
mazmun 
jihatidan 
mukammallashib 
borgan. 
Buni 
O‗zbekiston 
davlat 
boshqaruvi 
misolida 
ko‗rish 
mumkin. 


72
Konstitutsiyamizga 
muvofiq 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
davlat 
hokimyatini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri – xalq 
xokimiyatchiligidir. Respublikada xalq davlat xalq davlat hokimiyatining 
birdan-bir manbaidirr. Xalq davlatni boshqaruvni bevosita yoki saylab 
qo‗yilgan o‗z vakillari orqali amalga oshiradi. 
Shu o‗rinda istiqlol bois O‗zbekiston davlat boshqaruvining yangi, 
zamonaviy va samarali tizimi shakllantirila boshlanganligini alohida e‘tirof 
etish lozim. «Prezidentlik boshqaruv usuli – shu tizimning o‗zagidir». 
Darhaqiqat, jahon tarixiy tajribasi prezidentlik respublika shakli davlat 
boshqaruvining eng maqbul, xalq manfaatlari – ehtiyojlariga javob 
beradigan qulay shakllaridan biri ekanligini ko‗rsatib turibdi
2

O‗zbekistonda joriy etilgan davlat boshqaruvining prezidentlik 
shaklining mazmun-mohiyati, asosiy printsiplari, o‗ziga xos xususiyatlari, 
Prezidentning 
huquqiy 
maqomi, 
vakolatlari 
mamlakatimiz 
konstitutsiyasida, 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengashning sakkizinchi 
sessiyasida qabul qilingan «O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to‗g‗risida»gi Qonunda bayon etilgan. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish