A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Aralash respublikalar 
(Frantsiyada beshinchi respublika, Portugaliya, 
Finlyandiya, 
Evropaning 
totalitar 
tuzumidan 
keyingi 
ko‗pchilik 
mamlakatlari) o‗zida prezidentlik va parlamentar respublikalar institutlarini 
mujassam etadi. Ijro etuvchi hokimiyat vakolatlariga ega bo‗lgan va xalq 
tomonidan 
saylanadigan 
prezident 
instituti 
prezidentlik-respublika 
boshqaruv shaklidan o‗zlashtiriladi. Parlamentar respublika shaklidan esa 
bosh vazir yetakchilik qiladigan hukumatning parlament oldidagi 
mas‘ulligi olinadi. Ijro etuvchi hokimiyatning bunday tizimi 
bitsefal («ikki 
boshli»)
hokimiyat deb ataladi. Mabodo, prezident va parlament 
ko‗pchiligi bir partiyaga (koalitsiyaga) mansub bo‗lishsa, u holda 
prezidentning o‗zi hukumatni shakllantiradi va amalda uning boshlig‗i 
bo‗lib qoladi. Agar ular turli partiyalarga mansub bo‗lsalar, u holda 
prezident parlament ko‗pchiligi boshlig‗ini bosh vazir etib tayinlashga 
majbur bo‗ladi. Bunda prezident va hukumatning birga yashashi, ya‘ni 
hamxonaligi deb ataladigan vaziyat yuzaga keladi. Bunday vaziyatda u 
siyosiy jihatdan nisbatan zaif bo‗ladi, lekin, shunga qaramay, hukumat 
prezident fikri bilan hisoblashishga majburdir. 
Chunonchi, Frantsiyada prezident «hamxonalik» vaziyatida ham 
mustaqil vakolatlarini saqlab qolgan muhim siyosiy arbob bo‗lib 
qolaveradi. U oliy bosh qo‗mondon hisoblanadi, referendum o‗tkazish 


73
haqida qarorlar qabul qiladi, eng muhimi — qonunchilik predmeti bo‗la 
olmaydigan masalalar yuzasidan tartibga soluvchi hujjatlarni e‘lon qiladi. 
Darvoqe, bu hujjatlar bosh vazir tomonidan, zaruriy hollarda esa — mas‘ul 
vazirlar tomonidan nazorat qilinadi. Natijada bu hujjatlar, prezident fikrini 
hisobga olgan holda, hukumat e‘lon qilgan hujjat bo‗lib chiqadi. Lekin, 
nima bo‗lganda ham, «hamxonalik» vaziyatida prezident va hukumat bir-
birlarining manfaatlari bilan hisoblashishga majbur bo‗ladilar. 
Agar aralash respublikada prezident va parlament bir-biriga nisbatan 
muxolifatda bo‗lmasa, «partiya» hokimiyati tarkib topib, unda bosh rolni 
prezident o‗ynaydi. Mabodo, ular bir-biriga muxoliflik qilsa, unda 
hokimiyatning 
qonun 
chiqaruvchi 
va 
ijro 
etuvchi 
tarmoqlarga 
bo‗linishining o‗ziga xos ko‗rinishi yuzaga keladi. Bunda ijro etuvchi 
hokimiyatni prezident va parlament oldida mas‘ul bo‗lgan hukumat amalga 
oshiradi, lekin, ayni paytda, u prezident fikrini hisobga olishga majbur. 
Hokimiyat bo‗linishining bu turida hukumat boshqaruvning parlamentar 
respublika shakli amal qiladigan mamlakatlarga nisbatan parlamentga 
kamroq tobe bo‗ladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish