A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

ikkinchidan,
eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo‗llab-
quvvatlash 
vositalari 
rivojlanmayapti, 
eksportoldi 
va 
eksportni 
moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; 
uchinchidan,
chuqur marketing tadqiqotlarini o‗tkazish, uzoq muddatli 
barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo 
infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e‘tibor qaratilmayapti; 
to‗rtinchidan,
har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari 
surish bo‗yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko‗rsatish uchun zarur 
infratuzilma rivojlanmagan.
62
Hozirgi diversifikatsiya jarayonlarida innovatsiyalarni qo‗llash va joriy 
etish keng avj olgan bo‗lib, bu sohada haligacha o‗rganilayotgan 
muammolar mavjud. Innovatsiyani qo‗llash masalalariga doir fikrlar 
Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 
yillarga mo‗ljallangan Harakatlar strategisida o‗z aksini topgan va aniq 
vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, Adam Smit, D.Rikardo, Eli Xekshker va Bertil Olin kabi 
taniqli iqtisodchilar tomonidan ham amaliy jihatdan o‗rganilgan. Bu borada 
62
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi ―Eksportga ko‗maklashish va uni rag‗batlantirishni kuchaytirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori. Manbaa. Lex.uz. 


387
rossiyalik olimlardan Vasiliy Leontev, S.I. Simonovskiy, V.M. Kudrov, 
Ya. Korkoral kabilarni nomlarini keltirish mumkin.
O‗zbekistonda innovatsion sohada amalga oshirilgan ishlar, olib 
borilayotgan islohotlar negizida tashkil etilib, B. Abdullaev, I. 
Abduraimov, S. Kosimov, N. Muminov, S.Fulomov kabi iqtisodchilarning 
ilmiy izlanishlarida yangi texnologiyalardan foydalanish va ularni 
amaliyotga joriy etishga doir mulohazalar yuritilgan. 
Hozirgi vaqtgacha savdo nazariyasining ikki turi ishlab chiqilgan. 
Uning birinchi turi savdoning tabiiy borishini aniqlab, davlatlar o‗rtasida 
savdo erkin bo‗lgan sharoitda savdo tuzilishi qanday bo‗lishini tushintiradi 
va o‗rganadi. Bu turdagi nazariya hech qanday tusiqlar bo‗lmagan 
sharoitda qaysi bir davlat bilan savdo qilish kerak, qaysi turdagi mahsulotni 
va qanday hajmda sotish kerak kabi savollarni qo‗ygan. 
Ikkinchi turdagi nazariya savdo xajmini, yo‗nalishini va birikmasini 
(sostav) o‗zgartirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning erkin oqimiga 
davlatning aralashuvini nazarda tutadi. Merkantilizm nazariyasiga asosan 
davlatning boyligi uning ixtiyoridagi oltin miqyosidagi qimmat baholar 
bilan o‗lchanib, har bir davlat importga qaraganda ko‗prok eksport qilish 
kerak. Bu xolda davlat aktiv to‗lov balansiga ega bo‗ladi. Milliy davlatlar 
vujudga 
kelayotgan 
davrda 
(1500-1800 
yillar) 
oltin 
markaziy 
xokimiyatlarni mavqeini mustaxkamlash uchun xizmat qilgan
63

Nima uchun umuman olganda davlatning eksport salohiyoti importga 
nisbatan yuqori bo‗lishi kerak? Buning uchun davlat savdoni ustidan 
monopoliya o‗rnatib, importning ko‗p qismiga to‗siq (chegara) o‗rnatishi 
zarur va ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‗p qismini eksport qilish uchun 
subsidiya berishga to‗g‗ri keladi. Merkantilizm davrida koloniya bo‗lgan 
davlat xom ashyolarni eksport qilib, tayyor mahsulotlarni import qilganlar. 
Bu nazariya metropoliylarning boyishiga olib kelgan. Natijada koloniya 
davlatlarning noroziligi vujudga kelgan va mustakillik uchun kurasha 
boshlaganlar. 
Merkantilistik epoxaning bir qismi hozirda ham saqlanib qolgan. Aktiv 
to‗lov balansi termini hozir ham ishlatiladi. Bunga ko‗ra davlatning eksport 
miqdori importdan katta bo‗lishi kerak. To‗lov balansida difitsit 
(kamomad) bo‗lganini ko‗rsatuvchi termin bu passiv to‗lov balansidir. 
63
Mirovaya ekonomika. Pod redaktsii A.S.Bulgakova M.:Ekonomist, 2005.


388
Keyingi vaqtlarda biron bir sotsial yoki siyosiy maqsadlarni amalga 
oshirish maqsadida ochiqdan ochiq aktiv to‗lov balansiga ega bo‗lishga 
harakat qilayotgan 
davlatlarga 
nisbatan 
neomerkantilizm 
termini 
ishlatilmoqda. Masalan, to‗la bandlikni ta‘minlash maqsadida mamlakat 
ichidagi talabdan ko‗proq mahsulot ishlab chiqarib, ortiqchasini eksport 
kiladilar. Yoki davlat biron bir xududda siyosiy mavqeni saqlab qolish 
maqsadida ko‗prok mahsulot eksport qiladi. 
Ko‗p davlatlar merkantilizm siyosatiga amal qilib, imkoniyat 
darajasida ishlab chiqarishni tashkil etib, iqtisodiy jixatdan mustaqil 
bo‗lishga harakat qilganlar. Adam Smit 1776 yilda chop etgan «Xalqlar 
boyligining sabablari va tabiatini tadqiqoti» degan kitobida merkatilistlar 
qarashini tanqid qilgan. Uning fikricha davlatning xaqiqiy boyligi uning 
fuqorolari foydalana oladigan mahsulot va xizmatlardan iboratdir. Smit 
mutloq ustunlik nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga ko‗ra, ayrim 
mamlakatlar boshqalariga nisbatan tovarlarni samarali ishlab chiqarishadi. 
Shu nazariyaga asoslanib u quyidagi savolni qo‗ydi: nimaga fuqorolar 
mahalliy tovarlarni sotib olishlari kerak, agar ular xuddi shunday tovarlarni 
xorijdan ancha arzon narxlarda sotib olishlari mumkin bo‗lsa. Smitning 
isbotlashicha, agar savdo chegaralanmasa, har bir davlat raqobat 
ustunligiga ega bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Har 
bir mamlakatning resurslari rentabel sohalarga o‗tib ketadi, chunki 
mamlakat norentabel sohalarda raqobatlasha olmaydi.
Ixtisoslashuv natijasida mamlakatning ishlab chiqarish samaradorligi 
quyidagi sabablarga ko‗ra oshadi: 
- bitta topshiriqni bajarganligi uchun ishchi kuchilarining malakasi 
ortadi; 
- xodimlar bir turdagi mahsulotdan ikkinchisiga o‗tishda vaqtni 
yo‗qotmaydilar; 
- bir xil mahsulotni uzoq muddat ishlab chiqarish samarali usullarini 
joriy etishni taminlanadi va rag‗batlantiradi.
Lekin mamlakat qanday mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishi 
kerak degan savolga A.Smit bozor javob beradi, biroq bu xolda 
mamlakatning tabiiy va ortirilgan ustunliklarini hisobga olish zarurdir. 
Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay ob-havoga sharoitiga ega 
bo‗lganligi sabali biror mahsulot ishdab chiqarish bo‗yicha 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish