mexanik xarakteristikalari (b)
Zarurat bo‗lganda oddiy uch fazali qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarni ham
bir fazali o‗zgaruvchan tok bilan ishlatish mumkin. Bu holatda yurg‗izuvchi
chulg‗am sifatida uchta faza chulg‗amidan biri ishlatiladi. Bu faza chulg‗ami 90
0
li
sijishni hosil qilish maqsadida tarmoqqa kondensator orqali ulanadi. 10 kW gacha
quvvatga ega bo‗lgan uch fazali asinxron motorlarni bir fazali (220V)
o‗zgaruvchan tarmoqqa ulash uchun har 1 kW nominal quvvatga 30 mF
110
miqdoridagi kondensator ishlatiladi. Kondensatorning 600 V gacha kuchlanishga
chidamli bo‗lgan metall – qog‗oz turidan foydalanish maslaxat beriladi.
3.5. Nazorat uchun savollar.
1. Asinxron motor aylanish yo‗nalishini o‗zgartirish uchun nima qilish kerak?
2. Asinxron motorning nominal aylanish tezligi 735 ayl/min. Bu motorning qutblar
juftligi soni nechta?
3. Faza rotorli asinxron motor pasportida ko‗rsatilishicha, rotorning nominal
E.YU.K. E
r
= 240V. Motor qanday tezlikda aylanganda rotor xalqalaridagi
kuchlanish yuqoridagi qiymatga teng bo‗ladi?
4. Asinxron motor maksimal momenti uning iste‘mol kuchlanishi qiymatiga qay
darajada bog‗liq bo‗ladi.
5. Asinxron motor kritik sirpanishini o‗zgartirish uchun nima qilish kerak?
6. Sirpanishning qanday qiymatlarida asinxron motor rekuperativ tormozlanish
yoki teskari ulanish rejimida ishlaydi?
7. Asinxron motor rotor chulg‗ami induktiv qarshiligi qiymati nimaga bog‗liq
bo‗ladi?
8. Nima uchun qisqa tutashtirilgan asinxron motor yurgazish toki nominal tokining
5,5 ’ 6 barobarini tashkil qiladiyu, yurgazish momenti esa nominal qiymatga yaqin
bo‗ladi?
9.Asinxron motor dinamik tormozlanish usulidan qanday foydalaniladi?
10. Ko‗p tezlikli asinxron motor qutb juftliklari sonini o‗zgartirish prinsipini
tushuntiring?
11. Agar asinxron motor uning validagi moment nominal bo‗lganda va u iste‘mol
kuchlanishini kamaytirish yo‗li bilan sinxron tezlikning 70% tezligi bilan
ishlayotgan bo‗lsa asinxron motor rotoridagi isroflar nimaga teng bo‗ladi?
12. Faza rotorli asinxron motorning rotor zanjiriga yurgazish paytida ulanadigan
qo‗shimcha qarshilik nima uchun kerak?
13. Sinxron motorning burchak xarakteristikasi nimani anglatadi?
111
14. Sinxron motor rotoridagi qisqa tutashtirilgan chulg‗am (olmaxon katagi) nima
uchun xizmat qiladi?
15. Sinxron motorni qo‗zg‗atish uchun qanday tok manbalaridan foydalaniladi?
16 . Sinxron motorni qo‗zg‗atish toki nima maqsadda rostlanadi?
17. Sinxron motor stator zanjiridagi quvvat koeffitsienti ilgarilanma bo‗lishi uchun
nima qilish kerak?
18. Sinxron motor cosθ =1 bo‗lgan rejimda ishlayotgan edi. Valdagi xuddi shu
yuklamada qo‗zg‗atish toki oshirilsa, stator toki qanday o‗zgaradi?
19. Asinxron motor 980 ayl/min nominal tezlikka ega. U nominal rejimda
ishlaganda rotor toki chastotasi qanday bo‗ladi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |