320
8.
Rostlanmaydigan asinxron motor isrof o‗zgaruvchilari nimalardan iborat?
9.
Qisqa tutashtirilgan asinxron motor va sinxron
motorlarni yurgazishdagi
energiya isroflari qanday aniqlanadi?
10.
S2 qisqa vaqtli ish rejimi xarakteristikasini bering.
11.
ПВ ulanish davomiyligi nima?
12.
Nasos qurilmalarida elektr energiyasini ishlatishda samaradorlikni oshirish
usullarini ayting.
13.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositalari
yordamida energiyani tejash
yo‗nalishlarini sanab bering?
12. ISHLAB CHIQARISH MEXANIZMLARINING
AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMALARINI LOYIHALASH
ASOSLARI.
12.1.
Elektr yuritmalarga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Sanoatda, qishloq xo‗jaligida, transportda va xalq xo‗jaligining barcha boshqa
soxalaridagi texnologik jarayonlarning asosini ishlab
chiqarish mashinalari va
mexanizmlari
tashkil
qiladi.
Aksariyat
ishlab
chiqarish
mashinalari
avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan hamda elektravtomatik tuzilmalari bilan
ta‘minlangan.
Texnologik jarayonlar o‗z mohiyati va qo‗llanish soxalariga ko‗ra turlichadir.
Shuningdek ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari ham turlicha bo‗ladi. Biroq
mashina va mexanizmlarning bajarish vazifasiga, ishlash prinsipiga
qarab alohida
guruhlarga ajiratishimiz mumkin.
Bunday mashinalarga quyidagilar kiradi.
- turbomexanizmlar: nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar;
- yuk ko‗taruvchi mashinalar: kranlar, liftlar, shaxta yuk ko‗targichlari;
- transport mashinalari: konveerlar, transportyorlar;
- metallga ishlov berish dastgoxlari;
- qaytarma – ilgarilanma xarakatli mashinalar: porshenli mashinalar (nasoslar,
kompressorlar, presslar);
321
-ekskavatorlar;
- prokat (jo‗valash) stanlari.
Bu yerda sanoat soxasining asosiy jabxalarida keng ko‗lamda ishlatiladigan
ishlab chiqarish mashinalari sanaladi. Shuning uchun
ularni andozaviy ishlab
chiqarish mashinalari deb atashimiz mumkin.
Elektr yuritmaning ish rejimiga hamda unga qo‗yiladigan talablarga texnologik
jarayonning xarakteri katta ta‘sir ko‗rsatadi. Texnologik jarayon xarakteriga ko‗ra
barcha mashina va mexanizmlarni ikkita katta guruhga bo‗lishimiz mumkin:
uzluksiz ishlaydigan mashina va mexanizmlar; davriy
ishlaydigan mashina va
mexanizmlar . Birinchi guruhdagi mashinalar to‗xtovsiz ishlaydi. Ikkinchi
guruhdagilar esa davriy xarakterga ega bo‗lib, unda tez – tez o‗chirishlar, reverslar,
tezlikni rostlash zaruratlari bo‗ladi.
Elektr yuritmaga qo‗yiladigan talablar xar bir ishlab chiqarish mexanizmi uchun
yoki bir guruh bir xil mohiyatli mexanizmlar uchun alohida shakllantiriladi.
Ammo, barcha mexanizmlar elektr yuritmalariga qo‗yiladigan
umumiy talablar
ham bor.
Bunday talablarga quyidagilar kiradi:
1.
Berilgan texnologik jarayonni ta‘minlash va kerakli samaradorlikka erishish.
2.
Ishlab chiqarish mexanizmlarini yurgazish va to‗xtatishning kerakli
shartlarini yaratib berish. Kerak bo‗lganda reverslash
va tezlikni rostlashni
ta‘minlash.
3.
Dinamik va zarbiy ortiqcha yuklanishlarni cheklash.
4.
Elektr yuritmani boshqarish prinsiplari (qo‗lda, avtomatlashtirilgan dasturli).
5.
Ishonchlilik talablari.
6.
Konstruktiv himoyalangan, atrof – muhitni
muxofazalash va klimatik
bajarilish talablari.
7.
Iqtisodiy ko‗rsatkich talablari: elektr yuritmaning tannarxi, elektr yuritmani
ishlatish uchun elektr energiyasi narxi.
8.
Ekologik talablar: shovqin darajasi; elektr energiyaning ta‘minot tarmog‗iga
ta‘siri;
322
Shuningdek talablarda elektr ta‘minoti parametrlari ham belgilanadi
(kuchlanish qiymati, chastota, ruxsat etilgan chetlanishlar).
Do'stlaringiz bilan baham: