7-maruza. Motorlarni qizish va sovush jarayonlari
Reja:
1.Motorlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qizishi bo‘yicha
umumiy tushunchalar
2.Turli ish rejimlarida dvigatelning xarorat xarkteristikalari
1.Motorlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qizishi bo‘yicha
umumiy tushunchalar
Elektr motor ishlashi davomida, qo‘llanilgan izolyatsion materiallarning issiqlikka
chidamlilik klassi bo‘yicha ruxsat etilgan ma’lum haroratgacha qiziydi. Elektr motorni ishlab
chiqargan korxonaning motorning qizishi bo‘yicha nominal ko‘rsatkichlarida keltirilgan
cheklashlarga rioya qilinganida, uning o‘rtacha ishlash muddati 15 – 20 yilni tashkil etadi.
Motorning ruxsat etilgan haroratdan yuqori haroratda ishlashi chulg‘am izolyatsiyasining
muddatdan avval eskirishiga va motornining ishlash muddatini kamayishiga olib keladi. Masalan,
A klassiga mansub bo‘lgan chulg‘am izolyatsiyasining ruxsat etilgan haroratdan 8–10
0
S ga
oshishi, motorning ishlash muddatini deyarli ikki marta kamayishiga olib keladi.
Zamonaviy elektr motorlarda issiqlikka chidamlilik darajasi bo‘yicha quyidagi olti
klassdagi izolyatsion materiallar qo‘llaniladi va ular uchun ruxsat etilgan haroratlar: A – 105
0
S
gacha, E– 120
0
S gacha, B – 130
0
S gacha, F – 155
0
S gacha, H – 180
0
S gacha, C – 180
0
S dan
yuqori.
Motorni qizishi bo‘yicha tekshirish, motor ishlab turgandagi haroratni ruxsat etilgan
harorat bilan solishtirishdan iborat. Agar motor ishlab turganidagi ishchi harorati ruxsat etilgan
haroratdan oshib ketmagan bo‘lsa, u holda motor ruxsat etilgan issiqli rejimida ishlayotgan bo‘ladi
va aks holda esa teskarisi bo‘ladi. Odatda motorning issiqlik rejimi absolyut haroratlarda emas
balki atrof – muhit harorati
м
a
.
ga nisbatan ortirma qizishi
bilan baholanadi:
м
а
а
.
, (7.1.8)
bu yerda,
а
- motor haroratining absolyut qiymati,
0
S.
Issiqlik hisoblarini hisoblashda atrof – muhit harorati Davlat standartlari bo‘yicha 40
0
S ga
teng deb qabul qilingan. Motor pasportidagi quvvatning qiymati aynan shu atrof – muhit haroratga
mos keladi. Atrof – muhit harorati 40
0
S dan past bo‘lganida motor pasportida ko‘rsatilgan nominal
quvvatidan ko‘proq yuklanish bilan ishlatish mumkin. Atrof – muhit harorati 40
0
S dan yuqori
bo‘lganida esa motor pasportida ko‘rsatilgan nominal quvvatidan kamroq yuklanish bilan ishlatish
yoki bo‘lmasa motorni sovutish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish kerak bo‘ladi yoki kattaroq
quvvatli motor bilan almashtirish kerak bo‘ladi.
Orttirma harorat tushunchasidan foydalanganimizda motorning ruxsat etilgan issiqlik
rejimida ishlashi quyidagi shart asosida amalga oshiriladi
рух
max
, (7.2)
bu yerda,
рух
- izolyatsiya klassi bo‘yicha motorning ruxsat etilgan orttirma harorati,
max
-
motorning ishlashi davomidagi maksimal orttirma harorati.
Elektr motorni (7.2) shart bo‘yicha to‘g‘ridan – to‘g‘ri tekshirish uchun motorning ish sikli
bo‘yicha unin qizish tavsifi
)
(
t
ini hisoblash va uni qurish kerak bo‘ladi. Bu tavsifdan
max
aniqlanadi va u
руx
bilan solishtiriladi. Motorni qizishi bo‘yicha to‘g‘ridan – to‘g‘ri tekshirish
uchun motor issiqlik rejimining matematik ifodasi bo‘lishi kerak.
Dvigataelda ΔR yo‘qotishlarning ajiralishi uning tanasida qizish paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qizish va sovushning soddalashtirilgan tahlilini ko‘rib chiqamiz. Dvigatelni issiqlikka munosabati
bo‘yicha bir jinsli jism deb qabul qilamiz va quyidagi xarakterga ega bo‘ladi:
- S – issiqlik sig‘imiga ega,
- A – issiqlik uzati koeffitsienti.
Issiqlik muvozanati quyidagicha bo‘ladi:
ΔR ∙ dt = C∙dτ + A ∙ τ∙dt,
(7.3)
Bu yerda τ – dvigatel xaroratining atrof – muhit xaroratidan oshgan qismi.
(7.3) tenglamaning birinchi qismi dvigatelning issiqlikka aylanadigan yo‘qotishlarini, ikkinchi
qismi – dvigatelni qizdirishga ketadigan issiqlik, uchinchi qismi – dvigatel atrof – muhitiga
beradigan issiqlik miqdorini bildiradi. Dvigatel qizib borishi jarayonida issiqlikning asosiy qismi
atrof – muhitiga uzatiladi, uzatilayotgan issiqlik miqdori bilan ajiratilayotgan issiqlik miqdori
tenglashganda issiqlik (xarorat) yuzaga keladi.
ΔR = const deb qabul qilib, (7.3) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz.
𝑆
𝐴
∙
𝑑𝜏
𝑑𝑡
+ 𝜏 = 𝜏
𝑢𝑠𝑡
.
Bu tenglamaning yechimi quyidagicha
τ =
𝜏
𝑢𝑠𝑡
+ (
𝜏
𝑛𝑎𝑔
-
𝜏
𝑢𝑠𝑡
)ye
-t/T
n
(7.4)
Odatda atrof – muhit xarorati qizishning boshlang‘ich xarorati sifatida olinadi. Unda
𝜏
𝑛𝑎𝑔
=0
τ =
𝜏
𝑢𝑠𝑡
(1-ye
-t/T
n
)
(7.5)
hosil qilingan ifodalarda
𝜏
𝑢𝑠𝑡
= ΔR/A – xaroratningo‘rnatilgan qiymati. U dvigateldagi
yo‘qotishlar qiymatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni yuklamaga. T
n
= S/A – dvigatel qizishining doimiysi.
7.1- rasmda dvigatel qizishining o‘tish xarakteristikasi keltirilgan, u eksponensial
xarakterga ega. T
n
vaqt davomida dvigatel 0,63
𝜏
𝑢𝑠𝑡
qiymatgacha qiziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |