7.1- rasm. Dvigatelning qizish (1) va (2) chiziqlari.
Masala.
Ikkita bir xil dvigatel bir vaqtda ishga tushiriladi. Birinchi dvigatel validagi yuklama
nominal qiymatga ega. Ikkinchi dvigatel validagi yuklama nominal qiymatining yarmiga teng
(50%). Dvigatellarning qizish vaqti doimiysi 20 min. Har bir dvigatelning o‘rnatilgan qizish
xaroratiga erishish vaqti aniqlansin.
Yechimi: har ikala dvigatelning qizish doimiysi bir xil bo‘lgani uchun ular o‘rnatilgan qizish
xaroratiga bir vaqtda erishadi, taxminan bir soatda (t
n
= 3T
n
). o‘rnatilgan xarorat qiymati esa
albatta har xil bo‘ladi. Ko‘proq yuklangan dvigatelda bu qiymat taxminan 2 marta ko‘p
bo‘ladi.(7.2 - rasm).
Sovushdagi xarorat o‘zgarishi xarakteri (7.4) ga asosan aniqlanadi.
7.2- rasm. Dvigatellarning qizish chiziqlari.
Agar dvigatel o‘chirilib, uning xarorati atrof – muhit xaroratigacha tushsa, unda
𝜏
𝑢𝑠𝑡
=0 va
τ
=
𝜏
𝑛𝑎𝑔
ye
-t/T
n
bo‘ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, o‘zini – o‘zi shamollatadigan dvigatellar uchun issiqlik uzatish
koeffitsienti A dvigatel tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bunday dvigatellar qizishiga
nisbatan sekinroq soviydi. Sovushdagi vaqt doimiysi
𝑇
𝑛
′
, isishdagi vaqt doimiysiga nisbatan
kattaroq bo‘ladi
𝑇
𝑛
′
>T
n
.
Isish va sovush xarakteriga qarabdvigatellar 8 ta ish rejimlariga ajratiladi. Ulardan asosiylari uzoq
vaqtli S1, qisqa vaqtli S2 va takrorlanuvchi qisqa vaqtliS3.
Uzoq vaqtli rejim (S1) – bu rejimda elektrodvigatel bir xil o‘zgarmas yuklamada ishlab, uning
qizishi o‘rnatilgan xaroratgacha ko‘tariladi.
7.3 – rasm, a
da bu rejimga tegishli bo‘lgan valdagi
quvvat o‘zgarishi grafigi, quvvat yo‘qotish grafigi va qizi xarorati τ o‘zgarishi grafigi keltirilgan.
Qisqa vaqtli rejim (S2) - bu rejimda dvigatelni yuklash davri o‘chirish davri bilan navbatma –
navbat almashadi. Bu rejimda dvigatelning qizish xarorati o‘rnatilgan qiymatga erishmaydi.
Dvigatel o‘chirilganda esa uning barcha qismlari xarorati atrof – muhit xaroratiga tenglashadi.
Rejim vaqtinchalik ulanish t
r
va quvvat bilan xarakterlanadi. Ishlash davri standart bo‘yicha
10,30,60,90 minutlarni tashkil qiladi.
Bu rejimning ishlash xarakteristikalari garafigi
7.3 – rasm, b
– rasmda ko‘rsatilgan.
Takrorlanuvchi qisqa vaqtli rejim (S3) - bu rejimda dvigatel qisqa vaqt davomida ishlab,
o‘chiriladi va bu davr takrorlanadi. Dvigatel ishlash davrida uning qizish darajasi o‘rnatilgan
xaroratga ko‘tarilmaydi, o‘chirilgan davrda esa uning xaroratiatrof – muhit xaroratigacha
sovushga ulgurmaydi (
7.3 – rasm, v
). S3 rejimi yuklama bilan va yurgizishning davomiyligi bilan
xarakterlanadi (ID):
ID =
𝑡
𝑝
𝑡
𝑝
+𝑡
0
100% =
𝑡
𝑝
𝑡
𝑐ℎ
100%
yoki
𝜀 =
𝑡
𝑝
𝑡
𝑐ℎ
. (7.6)
Do'stlaringiz bilan baham: |