Aim.uz
Elektr yuritmani koordinatalarini rostlash usullari
Reja:
1. Elektr yuritma koordinatalarini rostlashni asosiy ko`rsatkichlari.
2. O`zgarmas tok dvigatellarini tezligini rostlash usullari.
3. O`zgaruvchan tok dvigatellarini tezligini rostlash usullari.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda o`zgaruvchan tezlikda ishlaydigan va mexanizmlar ko`p uchraydi. Bunday mashina va mexanizmlarda tezlikni rostlash evaziga yuqori ish unumiga hamda talab darajasidagi ish sifatiga erishiladi. Tezlikni rostlash mexanik va elektrik usullar bilan amalgam oshriladi. Lekin elektrik usul qo`llanilganda ishchi mashina kinematikasi soddalashadi, texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari yaxshilanadi.
Tezlikni rostlash uchun u yoki bu usulni tanlash barcha usullarni texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarini taqqoslash orqali bajariladi.
Elektr yuritmani tezligini rostlashni turli usullarini xarakterlovchi asosiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Rostlash chegarasi;
Tekislik;
Iqtisodit ko`rsatkich;
O`rnatilgan tezlikda turg`un ishlay olish;
Turli tezliklardagi yuklama.
Rostlash chegarasi maksimal va minimal aylanishlar tezliklari nisbatan orqali topiladi, yani .
Rostlash tekisligi ikki qo`shni tezliklar nisbati orqali xarakterlanadi:
Rostlash iqtisodiy ko`rsatkichlari capital va ishlatish sarflari miqdori bilan baholanadi.
O`rnatilgan tezlikda turg`un ishlay olish rostlash xarakteristikasini kattaligi bilan belgilanadi.
Turli tezliklarda yuklama dvigatel tokini miqdori bilan aniqlanadi.
1.Parallel qo`zg`otishli o`zgarmas tok dvigatelini aylanish tezligini rostlash.
Parallel qo`zg`otishli dvigatelni tezlik xarakteristikasi tenglamasidan kelib chiqadiki, uni tezligini o`zgartirishni (rostlashni) uchta usuli mavjud ekan:
Yakor zabjiridagi qarshilikni rostlash;
Dvigatel qo`zg`atish tokini o`zgartirib rostlash`
Dvigatelga qo`yilgan kuchlanishni o`zgartirib rostlash.
Parallel qo`zg`atishli dvigatelni elektr sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan.
1-rasm. Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini elektr sxemasi.
Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini yakor zanjiriga qarshiliklar kiritilganda uni mexanik xarakteristikalari 2-rasmda ko`rsatilgan.
2-rasm. Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini yakor zanjiriga qarshiliklar kiritilganidan so`ng mexanik xarakteristikalari. 1-tabiiy xarakteristika
2.3 qarshiliklar kiritilgandagi xarakteristikalar ishchi mashina qarshilik momenti; 1,2,3,-har hil qarshiliklardagi mexanik xarakteristikadir.
Magnit oqimini o`zgartirish (qo`zga`tish toki orqali) orqali dvigatel tezligi o`zgartirilsa 3-rasmdagi mexanik xarakteristikalar olinadi.
3-rasm. Parallel qo`zg`atishli dvigatel tezligini oqim orqali o`zgartirilgandagi mexanik xarakteristikalari.
Elektrodvigatelga qo`yilgan kuchlanishni o`zgartirish orqali tezlik rostlashdagi mexanik xarakteristikalar 4-rasmda ko`rsatilgan.
4-rasm. Parallel qo`zg`atishli dvigatel tezligini tarmoq kuchlanishi orqali o`zgartirilganda mexanik harakteristikalar.
Asinxron elektrodvigatellarni tezligini sozlash usullari.
Asinxron dvigatellarni tezligini rostlash usullarini o`rganishda quyidagi formuladan foydalanamiz:
bu erda - tok chastotasi, -juft qutblar soni;
- sirpanish koeffisienti;
- magnit maydonni aylanishlar soni;
-rotorni aylanishlar soni.
Quyidagi formuladan ko`rinib turibdiki, asinxron dvigatellarini aylanish sonini o`zgartirish uchun tok chastotasini, juft qutblar sonini o`zgartirish, hamda rotor zanjiriga qo`shimcha qarshilik kiritish kerak.
Tok chastotasi o`zgarganda dvigatel mexanik xarakteristikasini quyidagi ko`rinishga ega bi`ladi (5-rasm).
5-rasm. Asinxron elektrodvigatelni turli tok chastotalaridagi mexanik xarakteristikalari.
Asinxron elektrodvigatel stator cho`lg`amidagi qutblar soni o`zgarganda tezlik qog`onali o`zgaradi (6-rasm).
6-rasm. Asinxron elektrodvigatelni juft qutblar soni o`zgargandagi mexanik varakteristikalari.
Rotor zanjiriga aktiv qarshilik kiritib tezlikni rostlash faza rotorli asinxron dvigatellar uchun qo`llanadi. Rotor zanjiriga qarshilik kiritilganda dvigatel sirpanish koeffsienti oshadi, natijada jadak tezlik kamayadi (7-rasm).
7-rasm. Rotor cho`lg`amiga aktiv qarshilik kiritib tezlikni rostlash.
8-rasm. Faza rotorli asinxron dvigatelbi mexanik xarakteristikalari: -qarshilik momenti.
Asinxron dvigatel tezligini rostlashni boshqa usullari ham mavjud, yani ularni maxsusu talab qo`yilgan sharoitlardagina qo`llaniladi. Bunday usullar bilan adabiyotlar orqali tanishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |