9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet62/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Qadimgi Rim imperiyasi 395-yil Garbiy va Sharqiy imperiyalarga bo’linib ketdi. G’arbiy imperiya G’arbiy Rim, Sharqiy imperiya esa Vizantiya imperiyasi deb ataldi. Ayni paytda imperiyada bir-biridan mustaqil ikkita cherkov tashkil topdi. Bular Rim va Konstantinopol cherkovlari edi. 476- yilda G’arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan. Bu hodisa xristian dinining keyingi taqdiriga ta’sir etmay qolmadi. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan markaziy hokimiyat ham barham topdi. Imperiya hududlarida vujudga kelgan davlatlar hali mustahkam emas edi. Bu omil Rim cherkovi va uning boshlig’i obro’­sini mislsiz darajada oshirib yuborgan. Rim cherkovi xristianlarning birdan-bir tayanchi, madadkoriga aylangan. Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya)da esa ahvol boshqacha edi.bu yerda imperatorning kuchli hokimiyati saqlanib qoldi. Natijada sharqiy cherkov (Konstantinopol cherkovi) Rim cherkovidek qudratga ega bo’la olmadi. Imperator hokimiyati uni cheklab qo’ydi. Cherkov imperatorga bo’ysundirildi.
1054- yilda xristian dini ikki oqimga bo’lindi. Ulardan biri katolik, ikkinchisi esa pravoslav deb atala boshlandi. Bu ikki oqim o’z mustaqil cherkovlariga ega edi. Bu cherkovlar o’z navbatida katolik (butun dunyo) cherkovi va pravoslav (chin e’tiqod) cherkovi deb atalgan. Xo’sh, nega xristian dinida bo’linish yuz berdi? Rim cherkovi doimo Konstantinopol cherkovini o’ziga bo’ysundirishga harakat qilgan. Tabiiyki, bu harakat ikki cherkov munosabatlarining keskinlashishiga olib kelgan. Konstantinopol cherkovi Rim cherkovining o’z ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko’rsatgan. Sharqiy Yevropa slavyan xalqlarining xristian dinini Vizantiyadan qabul qilishi bu munosabatni yanada keskinlashtirgan. Ular o’rtasida cherkov daromaularini taqsimlashda ham murosasiz kurash borgan. Bundan tashqari, ikki cherkov xristian ta’limotini turlicha talqin etgan. Masalan, Rim cherkovi bilan Konstantinopol cherkovining "Muqaddas Ruh-xudo" to’g’risidagi talqinlari bir-biriga ziddir. Rim cherkovi Muqaddas Ruh-xudo ham Ota xudodan, ham O’g’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Konstantinopol cherkovi esa Muqaddas Ruh­-xudo faqat Ota xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Rim cherkovi cherkov va’zlarini lotin tilida o’tkazsa, Konstantinopol cherkovi yunon(grek) tilida o’tkazgan. Ayni paytda Rim cherkovi Rim Papasi (Rim cherkovi boshlig’i)ni apostol Pyotrning o’rinbosari, deb e’lon qilgan. Oxir-oqibatda 1054- yilda Rim Papasi Lev IX va Konstantinopol patriarxi (cherkov boshlig’i) Kirudariylar bir-birini anafema qilganlar. Shu sanadan boshlab xristian cherkovi ikkiga bo’lindi. Bu bo’linishdan so’ng ikkala cherkov bir-biridan mustaqil bo’lib oldi. Katolik cherkovi, Rim cherkovi atamalari bir xil ma’noni anglatadi.
XI asr oxiri va XII asr boshida Rim papalarining qudrati har qachongidan ham oshib ketdi. Turli mamlakatlardagi yuz minglab aholi Papa irodasiga so’zsiz bo’ysunar edi. Hatto G’arbiy Yevropa davlatlarining qirollari ham Papaga itoat etganlar. O’zlarini vassal deb hisoblaganlar. Katolik cherkovi istalgan odamni, istalgan viloyatni va hatto butun bir davlatni ham cherkovdan chetlata olgan. Bunday hol yuz berganida o’sha viloyat yoki davlatdagi ibodatxonalar yopilgan. Tug’ilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar esa qabristonga qo’yilmagan. Natijada viloyat hokimi yoki davlat qiroli Rim Papasiga tavba qilib borgan. Cherkovdan chetlatilgan odam qonundan tashqari hisoblangan. Uni talash va o’ldirish mumkin bo’lgan. Hech kimning bunday odamga yordam yoki boshpana berishga haqqi bo’lmagan. G’arbiy Yevropadagi jami ekin maydon­larining 1/3 qismi cherkov mulki edi. Cherkov yerlari soliqdan ozod etilgan. Bundan tashqari, aholi cherkovga ushr deb ataluvchi soliq ham to’lab turgan. Rim papalari dindorlarning gunohlarini pul evaziga kechirish huquqiga ham ega edilar. Cherkov gunohkorlarning kechirganligi haqida indulgensiya sotardi. Indulgensiya savdosi ham katta daromad keltirgan.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish