9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet65/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Salib yurishi katolik cherkovi va Yevropa feodallari tomonidan Yaqin Sharqqa uyushtirilgan bosqinchilik urushidir. Bu bosqinchilik urushining nomi xristian dini ramzi nomidan olingan. Salib yurishida qatnashganlar salibchilar deb nomlangan. Ular kiyimlariga salib belgisini (+) tikib olganlar. Bu o’z roziligi bilan salib yurishida qatnashishga niyat qilganlikni anglatgan, qasam ramzi hisoblangan.
G’arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bitmas-tuganmas boyliklarni egallab olishdan iborat bosqinchilik maqsaulari salib yurishlarining asosiy sababi bo’ldi.
Bu vaziyat – Yaqin Sharqda salibchilar hujumini qaytarib qolishga qodir kuchning yo’qligi edi. Salibchilar hujumini qaytarishi mumkin bo’l­gan Arab xalifaligi 1055- yilda amalda barham topgan edi. Ikkinchi kuch - Vizantiya imperiyasi saljuqiy turklar tomonidan qiyin ahvolga solib qo’yilgan edi. Saljuqiy turklar xavfi Vizantiya imperatorini hatto Rim Papasi va Germaniyaga yordam so’rab murojaat etishga majbur etgan. Bora-bora saljuqiy turklar davlati ham mayda-mayda bekliklarga bo’linib, zaiflashib qolgan. Salib yurishi tashkilotchilarining bunday qulay xalqaro vaziyatdan foydalanmasliklari mumkin emas edi.
Maqsad urush boshlash bo’lgach, bahona har doim topiladi. O’tgan butun tarix bunga guvoh. Bu safar ham shunday bo’ldi. Falastin xristianlar uchun ham muqaddas joy hisoblanadi. Xristianlikka ko’ra u yerda Iso pay­g’ambarning qabri joylashgan. Falastin bu davrda musulmonlar hukmronligi ostida edi. Aynan shu omil salib yurishini boshlash uchun bahona bo’ldi. 1095- yilda Rim Papasi Urban II Klermon shahri (Fransiya)da xaloyiq oldida nutq so’zladi. U o’z nut­qida Falastinni va Iso qabrini g’ayridin musul­monlardan tozalashga da’vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi. Yurish qatnashchilariga boyliklar va’da qilindi. Da’vatdagi: ,”O’z yeringiz kam va unumsiz bo’lgani­dan o’zaro birodarkushlik qilmoqdasiz. "Injil"da yozilishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo’lib oqadi. Falastin - yerning kindigi. U jannatsifat, hosildor yerli o’lka", - xitoblari yig’ilganlarni befarq qoldirmagan. Bundan tashqari, Papa yurishda halok bo’lganlarning gunohini kechirishga, ularning narigi dunyoda jannatga tushishlarini kafolatlashga, dehqonlarni qarzdan ozod etishga, oilasi va mol-mulkini cherkov himoyasiga olishga va’da bergan.



Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish