9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet68/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Salib yurishi 1096- yilning bahorida boshlandi va 1270- yilgacha davom etdi. Sakkiz marta salib yurishi bo’ lib o’tdi. Yurishni dastlab dehqonlar boshlashdi. 60-70 ming dehqon 5-6 guruhga bo’linib, bola-chaqalari bilan aravalarda to’kin hayot izlab, muqaddas yurt sari jo’nab ketdilar. Salibchilar katta qiyinchilik va talafotlar bilan yozda Konstantinopol shahriga yetib kelishdi. Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi. Bu yerda ular saljuqiy turklar qo’shini bilan to’qnashishdi. Salibchilar birinchi to’qnashuvdayoq tor-mor etildi. Ularning katta qismi qirib tashlandi. Qolgan-qutgani bir amallab Konstantinopolga qaytib keldi. Shundan so’ng 1096- yilning kuzida yaxshi qurollangan Fransiya, Germaniya va Italiya ritsarlari Yaqin Sharqqa yo’l oldilar. Ular Konstantinopol shahrida uchrashdilar. Vizantiya imperatori avvalgidek ularni Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi. 1097- yilning yozida salibchilar saljuqiy turklar qo’shinini tor-mor etdilar. So’ng Falastinga yo’l oldilar. Va nihoyat, yo’l-yo’lakay qattiq janglardan keyin 1099-yilning 15-iyul kuni muqaddas Quddus shah­rini ishg’ol qildilar. Salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Aholini shafqatsizlarcha qirdilar. Shu tariqa uch yillik jangu jadallar davomida jami 1200 km uzunlikdagi yer-mulkni bosib oldilar.
Bosqinchi salibchilar bosib olgan hududlarida o’z davlatlarini tuzdilar. Ularning eng yirigi Quddus qirolligi edi. Qolgan mulklar bu qirollikning vassallariga aylantirildi. Salibchilarning yetakchilaridan biri gersog Gotfrid Bulonskiy qirollik taxtini egalladi. Salibchilar shaxsan erkin mahalliy aholining barchasini krepostnoylarga aylantirdilar.
Birinchi salib yurishidan keyin Falastinda ritsarlar oz qoldi. Shunday sharoitda ularni saqlab qolish muhim masala edi: Chunki salibchilar o’z davlatlarini mudofaa qilishga ham majbur edilar. Ritsarlarni saqlab qolish zarurati diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilishiga olib kelgan. Bular Tamplif, Ioannit ordenlari edi. Uchinchi salib yurishidan so’ng Tevton ordeni ham tashkil etilgan. Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida ordenlarga yer­mulk ajratib berilgan. Ular shu yer-mulklardan kelgan daromad hisobiga yashaganlar. Bundan tashqari, dindorlar ham katta xayr­-ehsonlar qilganlar. Ordenlarga salibchilar davlatini va yevropalik ziyoratchilarni himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Rim Papasi yeretiklarga qarshi kurashda Tamplif ordeni xizmatidan bir necha marta foydalangan. Ordenlar bora-bora Yaqin Sharqda va G’arbiy Yevropada yirik mulkdorlarga aylangan, keyinchalik salib yurishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Tamplif ordeni Fransiyaga, Ioannitlar ordeni Malta oroliga ko’chirilgan. Tevton ordeni XIII asr boshlarida Shimoli-sharqiy Yevropaga o’rnashib olgan. Tamplif ordeni Fransiyada hatto qirol hokimiyatiga ham xavf sola boshlagani uchun 1312- yilda butunlay tugatilgan. Tevton ordeni esa XVI asrda o’z qudrati va ahamiyatini yo’qotgan.
1147- yilda ikkinchi salib yurishi uyushtirildi. Unda Fransiya qiroli va Germaniya imperatori shaxsan ishtirok etdi. Biroq bu yurish tamomila barbod bo’ldi. Salibchilar Quddus qirolligiga xavf solayotgan Damashq bekligini bosib ololmadilar. Bu orada turklar Salohiddin Ayyubiy (1171- 1193) boshchiligida Misr davlatini tuzishga muvaffaq bo’ldilar. 1187- yilda Misr qo’shini Quddusni zabt etdi. Salibchilar shahardan quvib chiqarildi. Quddusni qaytarib olish maqsadida 1189- yilda uchinchi salib yurishi uyushtirildi. Bu yurishda Fransiya, Germaniya va Angliya dav­latlari qatnashdi. Har bir davlat hukmdori o’z qo’shinlariga shaxsan rahbarlik qildi. Biroq bu yurishdan ko’zlangan asosiy maqsadga erishilmadi. 1192- yilda salibchilar va Salohiddin Ayyubiy o’rtasida shartnoma tuzildi. Unga ko’ra, yevropaliklar xristianlar uchun muqaddas hisob­lanuvchi Quddus va boshqa shaharlarga bemalol ziyoratga kelib ­ketishlari mumkin edi. Uchinchi salib yurishining yevropaliklai uchun muhim ahamiyati Kipr orolining egallanishi bo’ldi. Salibchilar bu yerda Kipr qirolligini tuzganlar.



Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish