Dars jihozi: darslik, xarita, kartotekalar
Darsning blok chizmasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar eshitish.
II. Uy vazifasini so’rash:
1 . O’rta asr shaharlar asosan qanday hududlarda quriladi?
1. suv ta’minoti yaxshi rivijlangan joylarda 2. dushman hujumidan himoyalanishga qulay joylarda
3. paland tepaliklarda 4. hunarmandlar o`zlari yasagan buyumlarni sota olish imkoniyati bo`lgan joylarda A. 2,4 B. 1,2 C. 2,3 D. 1,2,3,4
2. Xitoyda shaharsozlik yuksak darajaga ko`tarilgan davr qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. X asrda B. XI asrda C. XII asrda D. XIII asrda
3. …………. ko`p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, diniy va madaniy markazi bo`lib qoladi?
A. Xeyyan B. Kamakura C. Kioto D. Osaka
4. 600-700 kishi va yana ko`plab yuk sig`adigan yirik kemalar jonkalarni qurgan xalq?
A. yaponiyaliklar B. o’rta osiyoliklar C. xitoyliklar D. arablar
5.Qaysi fikr noto’g’ri?
A. Xitoyning yirik shaharlarida G`arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat ko`rsatish yaxshi yo`lga qo`yilgan edi
B. Xitoyda o`rta asrlardayoq aholi zich yashagan C. Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan kamroq bo`lgan
D. XVI asrda Pekinda 1 mln, Nankinda undan ham ko`p aholi bo`lgan. Eronning Isfaxon, Sheroz shaharlarida 200 mingdan ortiq kishi yashagan E. Barcha fikrlar to’g’ri
6 . Qaysi shaharlar qayerda barpo etilgan?
1. Strasburg. Gamburg, Augsburglar 2. Myunster, SenGallen, SenDene 3. Padeborn, Bremen, Sveybryukken, Bryuggelar
a) daryo sohillari bo`ylarida, ko`priklar yonida barpo qilingan b) monastrlar atrofida c) feodallar qal`alari atrofida A. 1-c, 2-b, 3-a B. 1-c, 2-a, 3-b C. 1-a, 2-c, 3-b D. 1-a, 2-b, 3-c
7. Dastlabki banklar qaysi davlatning yirik shaharlarida poydo bo’ladi?
A. Italiyaning B. Fransiyaning C. Angliyaning D. Germaniyaning
8. Qaysi hududlarda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig’ib bergan?
1. Eronda 2. Hindistonda 3. Shimoliy Afrikada 4. Xitoyda 5. Yaponiyada 6. Arab xalifaligida A. 1,2,3 B. 2,3,6 C. 3,5,6 D. 4,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |