19-Darsning mavzusi: Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari..
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari, ularning Yevropa shaharlaridan farqi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi haqida ma’lumot berish..
Tarbiyaviy: Ularda Sharq tamadduning g’arbga asos bo’lganligi bilan faxrlanish tuyg’usini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda guruhlarda ishlash ko’nikmasini shakllantirish, o’zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, test, savol-javob, guruhlar ishi
Dars jihozi: darslik, xarita, kartotekalar
Darsning blok chizmasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar eshitish.
II. Uy vazifasini so’rash:
1. O`rta dengiz sohillari bo`ylab qayerlik savdogarlar o`zlarining savdo manzilgohlari faktoriyalar tizimini yaratishgan? A. italiyalik B. fransiyalik C. angliyalik D. germaniyalik
2. Yevropada ishlab chiqarishning yuksalishi eng avvalo ………….. kuzatiladi?
A. dehqonchilikda B. hunarmandchilikda C. chorvachilikda D. savdo-sotiqda
3. Shimoliy savdo yo`li bo`ylab joylashgan Germaniyaning ….. ziyod katta kichik shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. A. 50 dan B. 70 dan C. 40 dan D. 30 dan
4. Shampan grafligida Fransiyaning qaysi qismida joylashgan?
A. janubiy-sharqida B. shimoliy-g’arbida C. shimoli-sharqida D. janubiy-g’arbida
5. Birinchi yopiq bozor qayerda qurilgan? A. Parijda B. Venetsiyada C. Londonda D. Lyubekda
6. To’g’ri javobni aniqlang?
A. Natural xo’jalik-mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqaruvchi xo’jalikdir
B. Germaniyada qirol farmoniga binoan asosiy yo`llarga tosh yotqizila boshlanadi
C. Hunarmandchilikning yuksalishi kemasozlik va dengizchilik san`atining o`sishiga omil bo`ladi
D. G`arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda: Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog`laydigan Levant savdo yo`li harakatda bo`lgan E. Barchasi xato
7. Bank – qaysi tildan olingan? A. nemischa B. lotincha C. itaylayncha D. yunoncha
8. Xatolikni aniqlang?
A. Yevropaliklar faqat XX asrdagina dengiz orqali o`tib, XIII asrda Marko Polo sayohat qilgan o`lkalarni o`z ko`zlari bilan ko`radilar
B. Venetsiyalik savdogarlar Pololar oilasi vakillari XIII asrda mo`g`ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi.
C. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo`g`ullar xoni Xubilay saroyida xizmatda o`tkazib, yevropaliklardan birinchi bo`lib bu sirli o`lkalarni o`z kitobida tavsiflaydi
D. Yevropaning aksari shaharlarida dastlab bozorlar haftaning 1-2 kunida bo`lgan. Doimiy bozorlar faqat yirik shaharlarda uchragan. E. Xatolik yo’q
Do'stlaringiz bilan baham: |