1-SEMINAR.“MA’NAVIYATŞUNOSLIK” FANINING OB’EKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. “Ma’naviyatşunoslik” fanining ob’ekti va predmeti
2. “Ma’naviyatşunoslik” fanining maqsadi va vazifalari
3.Ma’naviyatning tarkibiy qisimlari va uning inson kamolotidagi o’rni
4. Ma`naviyat va madaniyat, ularning ŏzaro munosabati.
5. Ma`naviy meros - ma`naviyat rivojlanişining asosi.
6. Axloq va ma’naviyat nisbati
1. “Ma’naviyatşunoslik” fanining ob’ekti va predmeti
O’zbek xalqi xotirasida XX asrning so’nggi o’n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik-o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi qo’lga kiritildi. O’zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a‘zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o’zgarish va islohotlar amalga oshirila boshladi. U o’zining mantiqiy tuzilishiga hamda ilmiy tahlil usullari va vositalariga ko’ra mustahkam nazariy manbaga asoslanadi. Bu o’rinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning kirish qismidan olingan qo’yidagi qoidalarni keltirish o’rinlidir: “Bosh Assambleya inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha halqlar va davlatlar tomonidan bajarishga intilishi zarur bo’lgan vazifa sifatida e‘lon qiladi. Bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyat hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, ma‘rifat va ilm yo’li bilan uni hurmat qilishiga intilishlari kerak”. (Mejdunarodnay bill o pravax cheloveka. T. Adolat, 1992 yil, 9-bet). O’tgan yillar davomida ushbu hujjat jahon jamoatchiligi o’rtasida tan olindi, uning asosida demokratik davlatlarning konstitutsiyalari ishlab chiqildi. Demak, mazkur deklaratsiya va konstitutsiyalar demokratik odil davlat va fuqarolik jamiyati qurishning muhim mezoni va fan uning nazariy asosi bo’lib xizmat qiladi, deyishimiz mumkin. Respublikamizda ijtimoiy hayot bir tizimdan, ya‘ni ma‘muriy bo’yruqbozlik tizimidan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati tizimi tomon o’tayotgan hozirgi kunda uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma‘naviy asoslarini to’laligicha o’rganuvchi ijtimoiy-siyosiy fanlar yo’q edi. Mazkur vazifani amalga oshirish borasida mustaqillik yillarida “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani yaratildi. Uning mazmun mohiyati Prezident I. Karimov tomonidan “O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda” asarida asoslab berilgan. Bu g’oya yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta‘limotni xalqimiz, shu jumladan yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish to’g’risidagi bilimlar tizimidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |