V.Dars yakunlarini chiqarish. O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.
O’quvchilar baholarini e’lon qilish.
VI.Uy vazifasini tushuntirish. 1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Yangi mavzuni o’rganib kelish. O’IBDO’ ____________ Jahon tarixi 7-sinf
7 “V”
7 “G”
7 – “D”
47-Darsning mavzusi: Amerika o’rta asrlarda. Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Amerika xalqining o’rta asrlardagi hayoti haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: Ularda o’zaro hurmat, mehr-oqibatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar siyosiy ongini va dunyoqarashini rivojlantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, test, savol-javob
Dars jihozi: darslik, xarita, kartotekalar
Darsning blok chizmasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar eshitish.
II. Uy vazifasini so’rash: 1. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg'on qabilalarining hujumlari va joylashuvi qaysi asrlarda ayniqsa kuchaygan?
A) VIII-IX asrlarda B) IX - X asrlarda C) X-XI asrlarda D) XI-XII asrlarda
2. Dehli hukmdori Sulton Qutbiddin Oyboqning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1206- 1211-yillar B) 1211 - 1236-yillar C) 1236 - 1256-yillar D) 1256 - 1278-yillar
3. Dehli sultonligiga kim asos solgan?
A) Qutbiddin Oyboq B) Shamsiddin Eltutmish C) AlouddinXiljiy D) Muhammad Tug'luq
4. Dehli sultonligining dastlabki davrlarida dehqonlardan hosilning qancha qismi soliq sifatida olingan?
A) 1/3 qismi B) 1/4 qismi C) 1/5 qismi D) 1/6 qismi
5. Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turi nima bo'lgan?
A) iqto B) xolisa C) hususiy yerlar D) vaqf
6. Dehli sultonlaridan qaysi biri Dehli atrofidagi qishloqlami shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqto' sifatida bo'lib bergan?
A) Qutbiddin Oyboq B) Shamsiddin Eltutmish C) Alouddin Xiljiy D) Muhammad Tug'luq
7. Shamsiddin Eltutmish vafotidan so'ng Dehli sultonligida taxt uchun kurash kuchayib ketdi. Bu kurashlar natijasida kim g'alaba qozongan?
A) Muhammad Tug'luq B) Feruzshoh Tug'luq C) Alouddin Xiljiy D) Bahlul Lo'diy
8. Dehli hukmdori Alouddin Xiljiy hukmronligi davrida sodir bo'lgan voqeani aniqlang.
A) islohotlar o'tkazilib, davlat xazinasi daromadlari oshirildi, kuchli qo'shin tuzilib, o'zboshimcha feodallar bo'ysundirildi;
B) kuchli qo'shin tuzilib, Panjob, Sind va Bengaliya bo'ysundirildi;
C) Dehli atrofidagi qishloqlar sulton shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqto sifatida bo'lib berildi;
D) mamlakatda boshlangan o'zaro urushlar iqtisodiy inqirozga sabab bo'ldi;
9. Qaysi Dehli sultoni davrida Hindiston yarim oroli butunlay bo'ysundirilgan?
A) Muhammad Tug'luq B) Feruzshoh Tug'luq C) Alouddin Xiljiy D) Bahlul Lo'diy
10. Qaysi Dehli sultoni davrida soliqlar kamaytirilib,davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo'lib berildi. Uning boshqaruvi paytida qishloq xo'jaligi, hunarmandchilikning yuksalishi, oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltirdi?
A) Muhammad Tug'luq B) Feruzshoh Tug'luq C) Alouddin Xiljiy D) Bahlul Lo'diy
11. Quyidagi shaharlardan qaysi birining avvalgi nomi Devagiri bo'lgan?
A) Dehli B) Agra C) Davlatobod D) Panipat
12. Afg'on qabilalari sardori Bahlul Lo'diy hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1451 - 1486-yillar B) 1452 - 1488-yillm C) 1456 - 1499-yillar D) 1451 - 1489-yilld
13. Dehli sultoni Qudbiddin Oyboq qo'shinining asosini kimlar tashkil qilgan?
A) afg'on qabilalaridan tuzilgan suvoriylar B) turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar
C) hindlardan tuzilgan piyoda qo'shinlar D) turkiy xalqlardan tuzilgan piyoda qo'shiiiliu