Reja: Reja: 1. Temuriylar davrida qishloq xujaligining ahvoli. Sug’orish inshootlarining qurilishi. 2. Yer egalik tizimi. Soliqlar va soliq tizimi. 3. Temuriylar davrida hunarmandchilik munosabatlari. 4. Ichki va tashqi savdo. 5. Temuriy hukmdorlarning pul islohoti. 6. Temuriylar davrida tashqi siyosat masalasi.
7 - мавзу.
Temuriylar hukmronligi
davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
XV asrning birinchi yarmida, Movarounnahr va Xurosonda Shohrux va Ulug‘bek hukmronlik qilgan yillarda irrigasiya ishlari ayniqsa rivoj topdi. Dashtlarga suv chiqarilib, yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi. Bu borada xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog‘ barpo etish, tashlandiq yerlarni sug‘orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati Temuriylar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to‘lovlardan ozod etilgan. - XV asrning birinchi yarmida, Movarounnahr va Xurosonda Shohrux va Ulug‘bek hukmronlik qilgan yillarda irrigasiya ishlari ayniqsa rivoj topdi. Dashtlarga suv chiqarilib, yangi yer maydonlari o‘zlashtirildi. Bu borada xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog‘ barpo etish, tashlandiq yerlarni sug‘orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati Temuriylar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to‘lovlardan ozod etilgan.
Bu davrda Temuriylar va ularning viloyat hokimlari tomonidan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida, Tus vodiysida hamda Hirot va uning atrofida yirik sug‘orish inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi. Temuriylar hukmronlik qilgan davrda amalga oshirilgan eng yirik sug‘orish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg‘om anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi bo‘ldi. Zamonasining eng yirik sug‘orish tarmog‘i hisoblangan bu kanal orqali Zarafshon daryosi oqimining bir qismi bu davrlarda kam suvli Qashqadaryo vohasiga tashlanib, uning adog‘iga joylashgan dehqonchilik yerlari suv bilan to‘la ta’minlandi. - Bu davrda Temuriylar va ularning viloyat hokimlari tomonidan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida, Tus vodiysida hamda Hirot va uning atrofida yirik sug‘orish inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi. Temuriylar hukmronlik qilgan davrda amalga oshirilgan eng yirik sug‘orish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg‘om anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi bo‘ldi. Zamonasining eng yirik sug‘orish tarmog‘i hisoblangan bu kanal orqali Zarafshon daryosi oqimining bir qismi bu davrlarda kam suvli Qashqadaryo vohasiga tashlanib, uning adog‘iga joylashgan dehqonchilik yerlari suv bilan to‘la ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |