9-sinf jahon tarixi fanidan


Sultonlikdagi ijtimoiy hayot



Download 2,61 Mb.
bet137/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148
Sultonlikdagi ijtimoiy hayot. Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma’lum qismini sulton iqto’ sifatida in’om etgan. Iqto’ yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto’dor boyligining asosiy qismini iqto’ yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuning­dek, xolisa yerlar ham bo’lib, u sultonga qarashli bo’lgan. Undan yig’ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan. Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to’lab turishdan iborat bo’lgan. O’rta va mayda hind yer egalari o’zlarining meros yerlarida, shuningdek, harbiy xizmatlari evaziga hukmdordan in’om sifatida olgan yerlarida xo’jalik ishlarini yuritganlar. Har ikki diniy tashkilot (islom va hinduiylik) katta-katta yerlarga egalik qilgan. Bu yerlar vaqf yerlari deb atalgan. Bundan tashqari, Hindistonda jamoachi dehqon xo’jaligiga qarashli yerlar ham mavjud bo’lgan.
Sultonlikning zaiflashuvi. Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo’lgan. Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to’lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to’lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan. XIV asrning 30- yillariga kelib, aholi hatto 1/4 hajmdagi soliqni ham to’lay olmay qolgan. Muttasil yetti yil davom etgan qurg’oqchilik iqtisodiyotni butunlay xonavayron qilgan. Mamlakatda ocharchilik yuz bergan. Aholi yoppasiga qirila boshlagan. Bu ham yetmagandek, sulton
Muhammad Tug’luq puxta o’ylamay o’tkazgan ikki islohot mam­lakatni halokat yoqasiga keltirib qo’ygan. Ulardan biri mamlakat poytaxtining Dehlidan Davlatobodga ko’chirilganligi bo’lsa, ikkinchisi mis pulning joriy etilishi edi. Mis pul tezda qadrsizlangan. Shunday qilib, to’xtovsiz davom etgan o’zaro urushlar va mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishi Dehli sultonligining inqirozga yuz tutishiga olib kelgan. Oxir-oqibatda Dehli sultoni o’z qo’lida qolgan ozgina hududni ham himoya qilishga qodir bo’lmay qolgan. Sulton hokimiyatining zaiflashuvi salbiy oqibatlarga olib kel­gan. Endi Hindiston chetdan bo’ladigan hujumlarni qaytarishga ojiz edi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish