Dehli sultonligining keyingi taqdiri. Ana shunday bir sharoitda 1398-yilda Amir Temurning Hindistonga yurishi boshlangan. Tajribali sarkarda Amir Temur hech bir qarshiliksiz Dehlini egalladi, sultonlik tobe etildi. Amir Temurning oldida Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurash vazifasi turganligi uchun u tez orada Samarqandga qaytdi. Shunday bir sharoitda Dehli sultonligi yana avvalgi qudratini tiklashi mumkindek edi. Biroq o’zaro ichki urushlar bunga imkon bermagan. Mamlakatda tarqoqlik tobora kuchaya borgan. Dehli sultoni Buyuk sulton hisoblansa-da, amalda oddiy bir davlat hukmdoriga aylanib qolgan. O’zaro urushlar natijasida sultonlikda hokimiyat sayyidlar sulolasi qo’liga o’tgan (1414 - 1451).Biroq bu sulola hokimiyat tepasida uzoq tura olmagan. 1451- yildan hokimiyatni afg’onlar qabilasi boshlig’i Bahul Lodi boshqara boshlagan. Yangi sulola to Zahiriddin Muharnmad Boburning Hindistonni egallaguniga qadar (1526-yil) hukmronlik qilgan.
Yevropaliklarning kirib kela boshlashi. XV asr oxirlaridan boshlab janubi-g’arbiy Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi boshlangan. 1498-yilda portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama eskadrasi Kalikut shahriga kelib tushgan. Portugallar qisqa muddat ichida Hindistonning g’arbiy va janubiy qirg’oqlarida bir qancha joylarni egallaganlar. Ular tez orada Hind okeani, Fors qo’ltig’i va Qizil dengizda hukmron bo’lib olib, dengiz qaroqchiligi bilan shug’ullanganlar. Keyingi asrlarda gollandlar va inglizlar ham kirib kela boshlaganlar. Shu tariqa Hindistonning bosqichma-bosqich yevropaliklar asoratiga tushish jarayoni boshlangan.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: 1. Dehli sultonligi hukm surgan yillarni aniqlang. – 1206-1526-yillar
2. Dehli hukmdori Sulton Shamsiddin Eltutmishning hukmronlik yillarini aniqlang. – 1211-1236-yillar 6. 3. 3. Kimning hukmronligi davrida Panjob, Sind va Bengaliyalar Dehli sultonligiga qo'shib olingan? – Shamsiddin Eltutmish
4. Dehli sultonligida viloyat noiblari to'plangan soliqlarning qancha qismini o'zlarida qoldirishga haqli edilar? - 10-20 %
5. Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turi nima deb nomlangan? – I qto
6. Muhammad Tug'luq hokimiyat tepasiga kelgan yilni aniqlang. – 1325-yil
7. Qaysi Dehli sultoni o'zini "Iskandar Zulqarnaynning davomchisi" deb nomlagan edi? - Muhammad Tug'luq
8. Qaysi Dehli sultoni tomonidan amalga oshirilgan soliq islohoti natija bermadi, uning ustiga 7 yil davom etgan qurg'oqchilik aholining katta qismi qirilib ketishiga olib keldi? – Muhammad Tug'luq
9. Hindistonda Sayyidlar sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan? – 1 414 - 1451-yillar
10. Amir Temur qaysi Dehli sultonini yengib, Dehlini zabt qilgan? – Mahmud