III.Yangi mavzu bayoni:
Amerikaning tub aholisi va ularning mashg’ulotlari. Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir ncha o’n ming yillar avval Osiyodan Bering bo’g’ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o’rta asrlarda ham urug’chilik tuzumida yashar edilar. Ko’pdan-ko’p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo’jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko’pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog’larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o’rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog’och so’qalar bilan ag’darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma’lum bo’lmagan makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o’stirishgan. Qit’aning kattagina qismida hayvonlarni ishga o’rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo’q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o’xshash tuyalarni qo’lga o’rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o’rdaklarni boqishgan. Hindular temir asbob-uskunalar, omoch, g’ildirak, o’tochar qurollar nimallgini bilishmagan. Ular mehnat qurollarini yog’och, tosh va jez (bronza)dan yasar edilar.
Mayyalar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o’zlariga qarashli oilalarga o’rmondan tozalangan bo’liq yerlarni foydalanish uchun berardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga "Ulug’ inson" hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga meros bo’lib o’tgan. Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, "past odamlar" dehqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar. Yangi eraning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga keldi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni qog’ozga tushirishardi. Shuningdek, ular qasrlarning devorlari va ustunlariga surat harflarni o’yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqealarni ham yozib qoldirishardi. Kohinlar jamoa a’zolariga dala ishlarining muddatlarini belgilab berishardi. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi. Matematika muvaffaqiyatlari ham shu bilan bog’liq. Mayyalar dunyoda birinchi bo’lib, ,,0" raqamini ishlata boshlashgan. Mayya shaharlaridan astronomik rasadxonalar topilgan. Kohinlar sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish vaqtlarini hisoblab chiqqanlar. Ular Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar. Arxitektura-me’morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan edilar. Ular yuksak poydevorlarda va sun’iy tepaliklarda zinali piramidalar shaklida qasrlar va ibodatxonalar qurishgan. Imoratlarni releflar, ma’budalarning haykallari va freskalar bilan bezashgan. Mayyalar binolarni derazasiz qurishgan. Xonalarga yorug’lik darvozalarning tirqishlaridan tushgan. Shaharlar orasida tarashlangan toshlardan yo’llar yotqizilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |