9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi



Download 167,89 Kb.
bet33/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. FT1 ning jahon xo'jaligiga ta’siri nimalarda o‘z ifodasini topdi?

  2. Hudud omili xo'jalikning hududiy tarkibiga qanday ta’sir qiladi?

  3. Iqtisodiy-geografik o‘rin, tabiiy resurs va transport omillari xo‘jalikning hududiy tarkibida qanday o'zgarishlarga sabab bo‘ladi?

  4. Mehnat resurslari omiliga baho bering.

  5. Boshqa omillarning o‘rni va ahamiyatini baholang.



Yangi mavzu bayoni
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘idir. U har qanday xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab berish xususiyatiga ega. Jahonning barcha sanoat tarmoqlarida 450 mln. dan ziyod ishchi va xodimlar ishlaydi. Sanoatda band ishchi-xizmatchilar soniga ko‘ra Xitoy (64 mln. kishi), AQSH (26 mln. kishi) va Rossiya (20 mln. kishi) yetakchilik qiladi.
Ishlab chiqarishining hajmi jahonda 100 baravardan ortiq o‘sdi, bu o‘sishning 3/ 4 qismi XX asming ikkinchi yarmiga — FTI davriga to‘g‘ri keladi. Mavjud sanoat tarmoqlari rivojlanish davri va ahamiyatiga ko‘ra uch guruhga bo'linadi.
Birinchi guruhga sanoatning eski tarmoqlari kiradi. Bularga toshko‘mir, temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, elektrovoz-teplovozsozlik, kemasozlik, to‘qimachilik kiradi. Ular barcha davlatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga va joylashishiga katta ta’sir ko'rsatib kelmoqda.
Ikkinchi guruhga yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangli metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi. Ulaming ahamiyati jahonda ancha yuqori.
Uchinchi guruhga eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, elektron hisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya va boshqa tarmoqlardir. Ulaming asosiy xususiyati fantalab tarmoqlar ekanligidir. Bu sohalami, odatda, yuqori texnologiya tarmoqlari ham deyishadi va u FTI davrining hosilasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda uchinchi guruh sanoat tarmoqlari eng tez va barqaror rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lib, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi yetuk rivojlangan mamlakatlarda ishlov beruvchi sanoat yalpi mahsulotning 35—40% ini bermoqda. Mazkur guruh sanoat tarmoqlarining yana bir xususiyati ulaming, asosan, iqtisodiy rivojlangan va yangi industrlashgan davlatlarda rivojlanganligidir. Shu sababli ulaming jahon sanoati geografiyasiga ta’siri to‘xtovsiz ortib bormoqda. Shu bilan birga, sanoat umuman ancha murakkab tarkibga ega.
Yoqilg‘i-energetika sanoati turli yoqilg‘i (neft, gaz, ko‘mir va boshqalar) va elektr energetika (issiqlik, gidro, atom elektr energetikasi) tarmoqlarini o‘zida birlashtiradi.
Birlamchi energiya resurslari (neft, gaz, ko‘mir, yonuvchi slanes, torf va boshqalar)ning jahorida ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi doimo o‘sib bormoqda.
Tarmoqning muhim xususiyatlaridan bin mahsulotlami ishlab chiqarish va iste’mol qilish geografiyasi o‘rtasidagi farqning kattaligidir. Buning isboti sifatida raqamlarga murojaat qilaylik. Aholisi 314 mln. kishi bo‘lgan AQSH jahonning barcha turdagi birlamchi energiya resurslarining 1/4 qismini iste’mol qilgan holda, aholisi 3 mlrd. kishidan ziyod rivojlanayotgan mamlakatlar biigalikda ana shuncha energiya vositalaridan foydalanmoqda, xolos. Agar jahonda har bir kishiga yiliga o‘rtacha 2 tonna shartli yoqilg'i to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko'rsatkich AQSHda 10 tonnaga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 0,7 tonnaga to‘g‘ri keladi.
XX asr davomida jahonning yoqilg‘i-energetika balansi (YEB)da ham katta siljishlar yuz berdi. Asrning birinchi bosqichidaasosiy energetika vositasi sifatida ko‘mirdan foydalanilgan. Bu davrda jahon YoEBda ко‘miming hissasi 1913- yildagi 78% dan 1950-yilda 55% ga tushdi. Bu birinchi bosqichni haqli ravishda ko‘mir davri deyish mumkin. Asming ikkinchi yarmidan boshlab jahon YEB da ikkinchi bosqich — neft-gaz davri boshlandi. Buning asosiy sababi, birinchidan, neft va gazning qattiq yoqilg‘i turlari, jumladan, ko‘miiga nisbatan eng samarali energiya vositasi ekanligi; ikkinchidan, ulaming ko‘p yo'nalishli universal, shu bilan biiga, nisbatan ekologik jihatdan toza energetika vositasi ekanligi; uchinchidan, qazib chiqarish rayonlaridan asosiy iste’molchi hududlarga ulami tashishning nisbatan qulayligi bo'ldi. Jahon energetikasi 80-yillar boshlaridan o‘z taraqqi- yotining uchinchi davriga qadam qo‘ydi. Bu davrda, asosan, tugamaydigan va ayrim o‘mi tiklanadigan resurslardan energiya vositasi sifatida qadam-baqadam kengroq foydalanishga o‘tila boshlandi.

Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish