9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi



Download 167,89 Kb.
bet35/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

Ko‘mir sanoati jahon energetikasi tarkibida alohida ahamiyatga ega. Bu tarmoq 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda katta salmoqga ega. Hozirgi vaqtda qazib chiqarilayotgan ko‘miming asosiy iste’molchisi issiqlik elektr stansiyalaridir. Shu sababli kokslanadigan ko‘mirga nisbatan energetik ko‘mir qazib chiqarishga ehtiyoj tobora kuchayib bormoqda. E’tiborli tomonlaridan biri shuki, qazib chiqarilayotgan ko‘mir, asosan, o‘sha davlatlarning o‘zida iste’mol qilinadi. So‘nggi yillarda qazib chiqarilayotgan ko‘mirning atigi 10% i eksportga chiqarilmoqda.
Jahon ko‘mir zaxiralarining asosiy qismi Shimoliy yarimsharda — Rossiya, AQSH, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Polsha, Qozog‘iston hududlarida joylashgan. Janubiy yarimsharda esa bu masalada Avstraliya va JAR yaxshiroq mavqega ega. Ko‘mimi eng ko‘p qazib chiqarishda Xitoy, AQSH, Avstraliya, Polsha, Germaniya dastlabki o‘rinlarni egallaydi. Ular birgalikda jahonda qazib chiqarilayotgan ko‘miming 3/4 qismini bermoqda. Ko‘mirni import qilishda esa Yaponiya alohida ajralib turadi, u yiliga 110 mln. tonnagacha ko‘mir sotib olmoqda. Eksportga chiqarilayotgan ko‘miming 90% i dengiz yo‘llari orqali tashilmoqda.
Jahon va davlatlar iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri elektro- energetikadir. FTI davrida, ayniqsa, iqtisodiyotni kompleks elektrlashtirish va avtomatlashtirishning kuchayishi elektroenergetika sanoatining yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga olib keldi.
Elektroenergetika sanoati. Elektroenergetika sanoati elektroenergiyani ishlab chiqarish manbalariga ko‘ra uch tarmoqqa bo‘linadi. Bular issiqlik, gidro va atom elektroenergetika tarmoqlaridir. Jahonda hoziigi vaqtda taxminan 13,5—14 trln. kVt/s elektroenergiya ishlab chiqarilmoqda. Uning asosiy qismi AQSH (3600—3800 mlrd. kVt/s), Yaponiya (930—950 mlrd. kVt/s), Xitoy, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Koreya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. (0‘zbekistonda 2008-yilda 49 mlrd. kVt/s. elektroenergiya ishlab chiqarildi.) Elektroenergiyaning 65% ini rivojlangan, 13% ini o'tish iqtisodiyotiga ega va 22% ini rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqaradi.
Jami elektroenergiyaning 60%dan ortiq qismi issiqlik elektrostansiyalarida, 20% ga yaqini gidroelektrostansiyalarga va 17% ga yaqini atom elektrostansiyalarida va qolgan qismi geotermal, qalqish, quyosh, shamol elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi.

Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish