9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi



Download 167,89 Kb.
bet41/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

MDH mamlakatlari jahonning to‘rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi. Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘lsa-da, sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra boshqa mintaqalardan orqada.
Ayniqsa, fantalab mashinasozlik tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan. Shu sababli uning mavqeyi tobora pasayib bormoqda.
Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga dunyo mashinasozlik mahsulotlarining 1/10 qismiga yaqini to‘g‘ri keladi. Ammo hoziigi vaqtda ularda mashinasozlik sanoatining o‘sish sur’atlari ancha yuqori. Ayniqsa, Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika, Osiyoning yangi industrial davlatlari (Koreya Respublikasi)da bu borada sezilarii yutuqlar kuzatilmoqda. 0‘zbekiston ham o‘zining avtomobilsozlik tarmog‘i orqali jahon bozoriga tobora dadil kirib bormoqda. Bu holat yaqin kelgusida ular hissasining oshishiga olib keladi.
Ba’zi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar qatorida rivojlangan mamlakatlar bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar ham ko‘zga tobora ko‘p tashlanmoqda.
KIMYO VA NEFT-KIMYO SANOATI
Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur’atlarda rivojlanishga erishdi. Ko‘p sifatlariga ko‘ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o‘xshab ketadi. U ham to‘rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo hamda MDH davlatlaridir.
Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 23—24%i Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich AQSHda 20% ga, Yaponiyada 15% ga, Fors ko‘rfazi mintaqasida 7% ga teng. Unda va ikkinchi mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSH) da kimyo sanoatining deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va neft-kimyo har taraflama rivojlangan. Uchinchi mintaqaning o‘zagi Yaponiya va Xitoy hisoblanadi. Ularda ham organik sintez kimyosining sintetik tola, sintetik kauchuk, polimerlar kimyosi tarmoqlari yuqori mavqegaega. Sobiq Ittifoq davlatlaridan iborat to‘rtinchi mintaqada, ayniqsa tog‘ kimyosi va asosiy kimyo tarmoqlarining ahamiyati katta.
0‘RM0N, YOG‘OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG'OZ SANOATI
0‘rmon va yog‘ochni qayta ishlash sanoatining hududiy joylashuvi ko‘p hollarda jahon o'rmon rcsurslari geografiyasiga monand shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo'yicha bir yilda jami 4 mlrd. m3 yog'och tayyorlandi. Shuning 2/3 qismiga yaqini Shimoliy o‘rmon mintaqasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, Shimoliy o'rmon mintaqasida, asosan, ignabargli daraxtlar o‘sib, ulardan yog'och-taxta, sellyuloza- qog‘oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mintaqada joylashgan Kanada, AQSH, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya davlatlari o‘rmon va yog'ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuvga ega. Bu davlatlar yog‘och-taxta va sellyuloza- qog‘oz mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilishda ham eng yuqori ko‘isatkichlaiga ega. Bu bomda Kanada alohida ajralib turadi. U jon boshiga yog'och tayyorlashda birinchi o‘rinda turadi. Unda 1500 dan ortiq taxta tilish zavodlari bor. U dunyodagi eng katta sellyuloza-qog‘oz kombinatiga ega. G‘arbda ishlab chiqarilayotgan gazeta qog'ozining 40% i va gazeta qog‘ozi eksportining 60% i ham shu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan biiga jon boshiga qog‘oz ishlab chiqarishda Finlyandiya va Shvetsiya Kanada davlatidan oldinda turadi. Jahon bo‘yicha bu ko‘isatkich o‘rtacha 45 kg ni tashkil qiladi.
YENGIL SANOAT
Yengil sanoat aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog'idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog‘i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoqlar bo‘lib to‘qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal tarmoqlari hisoblanadi.
To‘qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng «eski», ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o'sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda jahon to'qimachilik sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, MDH mamlakatlari, Yevropa va AQSHdir. Ularda to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini ip-gazlama va kimyoviy tolalardan to‘qilayotgan gazlamalar tashkil qiladi. Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo ortib bormoqda. Shoyi, jun va zig‘ir gazlamalar hissasi esa aksincha, sekin-asta kamayib bormoqda.
Umuman, hozixgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko‘pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda jadal sur’atlanda o‘smoqda. Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqaiilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlaming ichki bozorida o‘z o‘mini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalami ularda: 1) ishchi kuchining ancha arzonligi; 2) to‘qimachilik sanoati xomashyolari (tola)ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin. Hoziigi vaqtda ishlab chiqaiilgan ip-gazlamaning 30%i Xitoyga, 8—9%i Hindiston, AQSH, Yaponiya, Tayvan, Indoneziya, Pokiston, Italiya, Misrga, jun gazlamaning 15% i Xitoyga, 14% i Italiyaga, katta qismi Yaponiya, AQSH, Hindiston va boshqa mamlakatlaiga to‘g‘ri keladi.



Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish