O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Nima uchun neft sanoati strategik ahamiyatga ega bo'lgan tarmoq hisoblanadi. Tushuntirib bering va jahon neft sanoatida rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakat о‘mini tahlil qiling.
Gaz sanoati geografiyasini atlas materiallariga qarab o‘rganing, ko‘rsatkichla tahlil qiling. Eng yirik gaz qazib chiqaruvchi (eksport) va uni iste’mol qiluvc (import) mamlakatlarni aniqlang.
Nima sababdan jahonda so‘nggi yillarda kokslanadigan ko’mirga nisbatan energe' ko'mirni qazib cbiqarish ehtiyoji kuchayib bormoqda?
Yangi mavzu bayoni
METALLURGIYA SANOATI
Metallurgiya sanoati jahon xo‘jaligini, asosan, konstruksiyabop materiallar qora va rangli metall bilan ta’minlaydi. Garchi mamlakatlar xo‘jaligida boshqa konstruksiyabop materiallar, jumladan, plastmassalarning ahamiyati ortib bo yotgan bo‘lsa-da, uiar po‘latning o‘rnini bosa olmaydi. Shu sababli ham u hoz' jahon xo‘jaligining ahamiyatli negiz tarmoqlaridan hisoblanadi.
Metallurgiya sanoati, o‘z navbatida mustaqil rangli va qorametallurgiya san lariga bo‘linadi.
Qorametallurgiya sanoatining xususiyatlaridan bin asosiy mahsulotlari hisoblanad' cho‘yan, po‘lat va prokat ishlab chiqarish jarayonida juda katta hajmdagi temir ru kokslanadigan ko‘mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir. Shu sababli dastlabki yill~ tarmoq korxonalari, asosan, yirik kokslanadigan ko‘mir konlari hududlarida shakll FTI davrida tarmoqda yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘tish tufayli temir ru va kokslanadigan ko‘mirni jahonning turli mintaqalaridan keltirish imkoniyatlari an kengavdi. Natijada G‘arbiy Yevropa davlatlari, Yaponiya, qisman AQSH: qorametallurgiya korxonalari tobora dengiz portlari atroflarida joylashtirila boshlandi.
Rangli metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo‘lib, o'nlarcha xildagi metallar (mis, alyuminiy, rux, qo‘rg‘oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqa!ar)ni islilab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Yetakchi tarmog‘i alyuminiy ishlab chiqarish.
Rivojlanayotgan mamlakatlar rangli metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga va rivojlangan mamlakatlar esa iste’molga tayyor rangli metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Masalan, mis rudasini qazib olish va jahon bozoriga chiqarishda Markaziy Afrikadagi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasi davlatlari yetakchilik qiladi. Ulaming hududi bo‘ylab «Mis mintaqasi» deb ataladigan misga boy havza yotadi. Bunday resurslarga bundan tashqari Chili, AQSH, Kanada ham ancha boy. Toza (rafinad) misni ishlab chiqarishda esa AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Shunga o'xshash holatni nisbatan yengilligi uchun qanotli metall deb nom olgan alyuminiy sanoatida ham ko‘rish mumkin. Tarkibida alyuminiy metali bo'lgan boksit, nefelin, alyunit rudalaiga eng boy davlatlar Avstraliya, Gvineya, Yamayka va Braziliyadir. Lekin tozalangan alyuminiyni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda yarn AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi.
MASHINASOZLIK VA METALLNI QAYTA ISHLASH
Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari umumiy qiymatiga ko‘ra bu sanoat tarmoqlari orasida eng yirigi va ahamiyatlisidir. Unga yalpi sanoat mahsuloti qiymatining 35%i to‘g‘ri keladi. U turli mashina va texnologik uskunalar, murakkab o‘lchov apparatlari va asboblar, kompyuter texnikasi va raketa-kosmik texnikasi, bir so‘z bilan aytganda, «ignadan samolyotgacha» turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Mashinasozlik yetakchi sanoat tarmog‘i sifatida ichki yonuv dvigatellaming hayotga tatbiq etila boshlagan XVIII asming oxirlaridan boshlab rivojlanib kelayotganligini yaxshi bilasiz. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning hududiy joylashishiga va rivojlanishiga oldingidek xomashyo (metall, plastmassa, oyna va boshqalar) emas, ko‘proq malakali ilmiy xodimlar va ishchi-xizmatchilarning yetarH bo‘lishligi, transport va iste’mol omillari ta’sir ko‘rsatmoqda.
Jahon mamlakatlari mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko‘ra turlicha ko‘rsatkichlaiga ega. U rivojlangan mamlakatlarda, asosan, yuqori darajada rivojlanishga erishgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning ko'rsatkichlari ancha past.
Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko‘ra jahonning to‘rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ulaming eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSH, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30% i to‘g‘ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.
Ikkinchi mintaqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‘lib, ishlab chiqaradigan mahsulotlari hajmi va sifati jihatidan birinchi mintaqadan deyarli qolishmaydi. U, asosan, ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Mashinasozlikning uchinchi mintaqasi Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. U an’anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab hisoblash texnikasi (radio-telemexanika, maishiy xizmat texnikasi) mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda Xitoy va Yaponiyaning o‘mi eng yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |