9-sinf adabiyot fanidan qo’llanma talabalik sari olg’A… “Vaqt borida ilm o’rgan, ilm kerak bo’lgan paytda vaqt topilmasligi munkin”



Download 156,46 Kb.
bet4/18
Sana16.03.2022
Hajmi156,46 Kb.
#499377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-sinf savol-javob kitobcha

MUHAMMAD RIZO OGAHIY


  1. ijodining ko‘lami, she’riyatining ko‘rkamligi va badiiy salmog‘i bilan Navoiydan keyingi o‘rinda turuvchi kim? Ogahiy

  2. Ogahiy qanday oilada tug’iladi? Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida Erniyozbek mirob oilasida

3.Ogahiy yoshligida kimning tarbiyasini olgan? Amakisi Munisning, u ham mirob bo’lgan?

  1. Ogahiy Munis boshlab qo‘ygan qaysi asarini davom ettirdi? “Firdavs ul-iqbol” (Iqbol bog‘i)

  2. Ogahiy xonlik tarixini o’z ichiga olgan qanday asar yozdi? “Riyoz ud-davla” (Saodat bog‘lari)

6.Ogahiy nega to’shakka mihlanib qoladi? Oyog’I shikastlanib

  1. Ogahiyning tarixiy asarlari qaysi? “Zubdat ul-tavorix” (“Tarixlar qaymog‘i”), “Jome ul-voqeoti sultoniy” (“Sultonlik voqealarining yig‘indisi”)

  2. Ogahiyning tarjimalari qaysi? 1.Kaykovusning “Qobusnoma”, 2.Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, 3.Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, 4.Badriddin Hiloliyning “Shoh va gado”, 5.Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”

  3. XIX asrning oltmishinchi yillarida qanday asarlarni yozdi? “Gulshani davlat” va “Shohidi iqbol” (“Baxt shohidi”) tarixiy asarlari

  4. Ogahiyning asosiy she’riy devoni qaysi? “Ta’viz ul-oshiqin” – “Oshiqlar tumori” degani

  5. Ogahiy bu devonini kimning talabi bilan yozadi? shoh va shoir Feruz – Muhammad Rahimxon Soniy (ikkinchi)ning taklifi va talabi bilan

  6. “Ta’viz ul-oshiqin”da nechta janr bor? 20 dan ko’p

  7. “Ta’viz ul-oshiqin” devonining qancha qismi forscha? 1300 misrasi

  8. Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog‘a tarovat o‘zgacha paydo bahor”

Ogahiyning ushbu baytida qanday san’at ishlatilgan? Tashxis va o’xshatish

  1. Ogahiyning qaysi she’rida yangi yil tilaklari aks etgan? “Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsin”

  2. Mulk-u millatg‘a amin o‘lsa agar ogohlar, Ikki olam obro‘yini hosil etgay shohlar” g’azali kimniki?

Ogahiyniki

  1. Ogahiyning “Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur, mahkam emas” she'ri janri qaysi? tarji’band

  2. Ogahiyning “Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur, mahkam emas” she'rda dunyo nimalarga o’xshatiladi?

omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga o‘xshatiladi.

  1. Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor fazilatlari, burch va vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadi qaysi? Qasidayi nasihat

  2. Adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi qaysi? Qasidayi nasihat

  3. Ogahiyning musoviyattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri qaysi ? “Ul sho‘xki ochildi xat-u ruxsor”

  4. Ogahiyning “Baland aylab quyoshga poya1 navro‘z,

Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z” g’azali qaysi san’at asosida qurilgan? Tashxis

  1. Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli,

Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z” Ogahiyning ushbu baytida qanday san’at bor? 3 ta tashxis va tashbeh bor: Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog‘ini tug‘arkan (dunyoga keltirar ekan), navro‘z unga doyalik qildi.

  1. Ogahiyning “Qilibdur mahliqolarning yuzini

Latofat Mus’hafig‘a oya navro‘z” ushbu baytida Mus’haf nima ? Qur’onning boshqa nomidir. Bu yerda tashbeh san’ati bor

  1. Ahli g‘ino- kimlar? Badavlat odamlar

  2. “Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin,

Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z” Ogahiy baytida qanday san’at bor? Mubolag’a chunki ko’z yoshiga toyib bo’lmaydi.

  1. Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun,

Hamisha tole’ying feruz bo‘lsun” g’azali kimniki? Ogahiyniki

  1. Mushkin qоshining hаy’аti ul chаshmi jаllоd ustinа,

Qаtlim uchun “nаs” kеltirur “nun” eltibоn “sоd” ustinа” bayti kimniki va qaysi san’at bor? Ogahiyniki kitobat va tanosub

  1. Chashm (ko‘z)ni nimaga o’xshatishgan? Jallodga

  2. Doimo yam-yashil va tik o‘sadigan daraxt qaysi? Shamshod

  3. Qilg‘il tаmоshо qоmаti zеbоsi birlа оrаzin,

Gаr ko‘rmаsаng gul bo‘lg‘оnin pаyvаnd shаmshоd ustinа” baytida qanday san’at bor? Tanosub

  1. “ Bоshimg‘а yoqqаn g‘аm tоshin mingdin birichа bo‘lmаg‘аy

Gаrdun аgаr ming Bеsutun yog‘dursа Fаrhоd ustinа” baytida qaysi san’at haddi a’losiga chiqqan?
Mubolag’a

  1. “Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish” bayti kimniki? Ogahiyniki

34.Lirika qaysi tildan olingan? yunoncha “lira” so‘zidan olingan
35.O’zbek she’riyatida qaysi vaznlar keng qo’llaniladi? barmoq, aruz, erkin (sarbast)

  1. sonet, oda, elegiya, oktava, xokku bular qanday janr? Chetmamlakatlaridagi she’riy janrlar

  2. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,

Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga” bayt muallifi kim? Bobur

  1. Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,

Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod3 ustina” Ogahiyning ushbu baytida qanday san’at bor? Talmeh

Download 156,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish