9-sinf adabiyot fanidan qo’llanma talabalik sari olg’A… “Vaqt borida ilm o’rgan, ilm kerak bo’lgan paytda vaqt topilmasligi munkin”



Download 156,46 Kb.
bet2/18
Sana16.03.2022
Hajmi156,46 Kb.
#499377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-sinf savol-javob kitobcha

ALISHER NAVOIY


1. «Xamsa» yozish an’anasini boshlab bergan ijodkor kim edi? J: N.Ganjaviy asari Panj ganj» (Besh xazina) 2. N.Ganjaviy «Xamsa»sining ilk dostoni qanday nomlanadi? J: «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag’ishlangan

  1. N.Ganjaviy «Xamsa»sining ikkinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Xusrav va Shirin» Iroq hukmdori To‘g‘rul II ga

  2. N.Ganjaviy «Xamsa»sining uchinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Layli va Majnun» Axsatan I ga

  3. N.Ganjaviy «Xamsa»sining to‘rtinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Haft paykar» (Yetti go‘zal) Alouddin Ko‘rpa Arslonga

  4. N.Ganjaviy «Xamsa»sining to‘rtinchi dostoni «Haft paykar» kim haqida? J: Bahrom haqida

  5. N.Ganjaviy «Xamsa»sining beshinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Iskandarnoma»

  6. N.Ganjaviy «Xamsa»sini qancha muddatda yozib tugatgan? J: 28 yilda

  7. N.Ganjaviydan keyin kim «Xamsa» yozgan? J: X.Dehlaviy

  8. X.Dehlaviy qaysi urug‘dan kelib chiqqan? J: Shahrisabzlik turkiy qabilalar avlodidan

  9. N.Ganjaviydan 100 yil o‘tib «Xamsa» yozgan ijodkor kim? J: X.Dehlaviy

  10. X.Dehlaviy «Xamsa»sining ilk dostoni qanday nomlanadi? J: «Matla ul-anvor»

  11. «Matla ul-anvor» qanday ma’noni anglatadi? J: «Nurlarning boshlanishi»

  12. X.Dehlaviy «Xamsa»sining ikkinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Shirin va Xusrav»

  13. X.Dehlaviy «Xamsa»sining uchinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Majnun va Layli»

  14. X.Dehlaviy «Xamsa»sining to‘rtinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Hasht bihisht» (Sakkiz jannat)

  15. X.Dehlaviy «Xamsa»sining beshinchi dostoni qanday nomlanadi? J: «Oyinayi Iskandariy»

  16. «Xamsa» yozishda qanday shartlar qo‘yilgan? J: 1) besh dostondan iborat bo‘lishi; 2) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lishi; 3) ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanishi; 4) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olishi; 5) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi shart 19. A.Jomiy X.Dehlaviydan keyin necha yil o‘tib «Xamsa» yaratdi? J: 200 yil keyin

  1. A.Jomiy «Xamsa»si tarkibidagi dostonlarni keltiring. 1. «Tuhfat ul-afkor». 2. «Sabhat ul-abror». 3. «Yusuf va Zulayxo». 4. «Layli va Majnun». 5. «Xiradnomayi Iskandariy»

  2. «Tuhfat ul-ahror» asari qanday ma’noni anglatadi? J: «Erkinlar tuhfasi»

  3. «Sabhat ul-abror» asari qanday ma’noni anglatadi? J: «Yaxshilar tasbihi»

  4. A.Jomiy «Xamsa»sining beshinchi dostoni qanday ma’noni anglatadi? J: «Iskandar aqlnomasi»

  5. A.Jomiy «Xamsa»sini qachon yozib tugatgan? J: 1485-yili

  6. «Haft avrang» asari muallifi kim? J: A.Jomiy

  7. Kimning «Xamsa»si «Haft avrang» deb ataladi? J: A.Jomiy

  8. Nima uchun A.Jomiyning «Xamsa»si «Haft avrang» nomi bilan atalgan? J: A.Jomiy «Xamsa»siga 2 ta doston qo‘shib «Yetti taxt» shakliga keltirgan

  9. A.Jomiy «Xamsa»ga qaysi asarlarni qo‘shib «Haft avrang» shakliga keltirgan? J: 1. «Silsilat uz-zahab». 2.

«Salomon va Absol»

  1. A.Navoiy «Xamsa»sining mavjud «Xamsa»lardan farqi nima? J: Turkiy tilda yozilgan30. ...Gar nuktalari olamni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti.

Misradagi tagiga chizilgan so‘z qanday ma’noda qo‘llangan? J: «So‘z» bu yerda ijod, asarlari ma’nosida ishlatilgan

  1. Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat.

Misradagi tagiga chizilgan so‘z qanday ma’noda qo‘llangan? J: Afsona, bu yerda doston ma’nosida

  1. Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay,Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay.

Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq
Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?
Ushbu misralar «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan? J: «Farhod va Shirin» 33. Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq. Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bore palangi.
Ushbu misralar «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan? J: «Farhod va Shirin»dan

  1. «Palang» so‘zining ma’nosi nima? J: Yo‘lbars

  2. A.Navoiy «Xamsa»sini qancha muddatda yozib tugatgan? J: 2 yilda

  3. A.Navoiy «Xamsa»ni qachon yozgan? J: 1483 – 1485-yillarda

  4. A.Navoiy «Xamsa»si hajmi qancha? J: 51 ming misra

  5. A.Navoiy «Xamsa»si tarkibidagi dostonlarni ayting. 1. «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi). 2. «Farhod va Shirin». 3. «Layli va Majnun». 4. «Sab’ayi sayyor». 5. «Saddi Iskandariy» 39. «Xamsa» dostonlari an’anaviy muqaddima bilan boshlanadi. Muqaddima nimalardan tashkil topgan? J: Hamd, na’t

  1. Hamd nima? J: Allohni ulug‘lash

  2. Na’t nima? J: Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.) alqovi

  3. «Hayrat ul-abror»ning boshqa dostonlardan farqi nima? J: Maqolatlardan iborat

  4. «Hayrat ul-abror»da keltiriladigan maqolatlarning asosiy qahramonlari kimlar? J: Tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblari

  5. A.Navoiy qaysi asarida islomiy mezonlar, umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib Olam va Odam to‘g‘risidagi mulohazalarini yuksak badiiy shaklda berib o‘tgan? J: «Hayrat ul-abror»da 45. Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki, nishoni anga iymon erur.

Ushbu misralar «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan? J: «Hayrat ul-abror»dan

  1. A.Navoiy «Hayrat ul-abror» asarida insonni hayvondan farqlab turuvchi jihat sifatida nimani keltiradi? J:

Iymonni

  1. «Salotin bobida» qismi «Xamsa» dostonlarining qaysi biridan o‘rin olgan? J: «Hayrat ul-abror»dan48. «Salotin bobida» «Hayrat ul-abror»ning nechanchi maqolati? J: Uchinchi

  1. Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni obod etar.Kofiri odil ani obod etib, Mo‘mini zolim ani barbod etib.

Misralar qaysi asardan olingan? J: «Hayrat ul-abror»dan

  1. Shohiki ish adl ila bunyod etar,

Adl buzuq mulkni obod etar.Kofiri odil ani obod etib,
Mo‘mini zolim ani barbod etib. Misralar «Hayrat ul-abror»ning nechanchi maqolatidan olingan? J: 3maqolatidan, «Salotin bobida»

  1. «Raiyat poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen – bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarni asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi». Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: «Hayrat ul-abror»dan 52. Boshni fido ayla ato boshig‘a, Jismni qil sadqa ano qoshig‘a.

Tun-kuningga aylagali nur fosh Birisin oy angla, birisin quyosh.
Ushbu misralar qaysi asardan olingan? J: «Hayrat ul-abror»dan Tanosub san’ati bor 53. Har kishining tavrig‘a loyiq kerak, Surati holig‘a muvofiq kerak. Kimki ulug‘roq, anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak.
Ushbu parcha «Hayrat ul-abror»ning qaysi mavzuga bag‘ishlangan maqolatidan o‘rin olgan? J: Odob masalasiga

  1. «Farhod va Shirin» dostoni necha baytdan iborat? J: 5782 bayt

  2. «Farhod va Shirin» dostoni qaysi vaznda yozilgan? J: Aruzning hazaji musaddasi mahzuf

  3. Kim «Farhod va Shirin» dostonini «shavq dostoni» deb ataydi? J: A.Navoiy

  4. Nima uchun «shavq dostoni» deb ataydi? J: Unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ulug‘lanadi58. A.Navoiy xamsachilikka qanday yangilik olib kirdi? J: Farhodni bosh obraz qilib oldi, shu orqali dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Doston Navoiygacha «Xusrav va Shirin» deb nomlangan bo‘lsa, Navoiy «Farhod va Shirin» deb nomladi

  1. «Farhod va Shirin» dostoni qanday boshlanadi? J: Chin xoqonining farzandsizligi, uning so‘ngsiz iztiroblari bilan

  2. Shabistonda tug‘di angi bir oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.

Ushbu misralar qaysi dostondan olingan? J: «Farhod va Shirin»dan Farhodning tug’ilishi Istiora san’ati bor 61. Shabistonda tug‘di yangi bir oy,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy.
Misralarda qaysi so‘z istioraga asos bo‘lgan? J: Yangi oy 62. Muhabbat nuri ollinda huvaydo, Jamolida vafo tug‘rosi paydo.
Ushbu misralarda kimning ta’rifi keltirilgan? J: Farhodning 63. Olib kishvar elining ehtiyojin,
Bag‘ishlab elga uch yillik xirojin.
Misralarda nima tasvirlangan? J: Xoqonning xursandchiligi

  1. Qo‘yib yuz himmat-u iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat.

Misralarda «Farhod» so‘ziga asos bo‘lgan so‘zlarni aniqlang. J: «Himmat»dan «h»ni, «iqbol»dan alifni, «davlat»dan «d»ni olsak, «hod» paydo bo‘ladi. Buni «far»ning «soyasi», ya’ni keyiniga olsak, «Farhod» so‘zi hosil bo‘ladi

  1. Qo‘yib yuz himmat-u iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat.

Misralarda qanday san’at qo‘llanilgan? J: Kitobat(arab harflar qatnashgan)

  1. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod qancha muddatda Qur’onni yod oladi? J: 1 yilda

  2. «Farhod va Shirin» dostonida Farhod qancha muddatda savod chiqaradi? J: Ta’limning dastlabki 3 oyida

  3. Bo‘lub o‘n yoshida umrining mururi, Yigirmi yoshcha qadd-u jism-u zo‘ri. Misralarda kim tasvirlangan? J:

Farhod

  1. Farhod ismiga asos bo‘lgan so‘zlar keltirilgan bayt … J: Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,

  2. Demonkim ko‘ngli pok-u ham ko‘zi pok,Tili pok-u so‘zi pok-u o‘zi pok.

Misralarda kimning tasviri keltirilgan? J: Farhodning, tarir san’ati bor

  1. «Farhod va Shirin» dostonida xoqon xazinasidagi sandiqning ichida nima bor edi? J: Sirli ko‘zgu

  2. Xoqon xazinasidagi sandiqning ichidagi sirli ko‘zgu kim tomonidan yasalgan edi? J: Iskandari Rumiy har biri Aflotundek to‘rt yuz olimga yasattirgan

  3. Farhod sirli ko‘zgu tilsimini ochish uchun qanday shartlarni bajarishi kerak edi? J: Yunonistondagi bir tog‘ga borishi, ungacha uch manzildan o‘tishi kerak edi

  4. Farhod Yunonistonga borish uchun qanday manzillarni bosib o‘tgan? J: 1. Ajdaho. 2. Axriman dev. 3.

Ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi. 4. O‘sha tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrotni topishi

  1. Farhod ko‘zgu tilsimini yechishi uchun nimalarni qo‘lga kiritishi kerak edi? J: Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini, Jamshid jomini

  2. Farhodning atobegisi kim edi? J: Mulkoro

  3. Xoqon Farhodning ko‘nglini ochish uchun nima qildi? J: 4 faslga moslab qasr qurdirdi

  4. Farhod kimdan tosh yo‘nishni o‘rgandi? J: Qorandan

  5. Farhod kimdan haykaltaroshlikni o‘rgandi? J: Boniydan

  6. Suqrot kimlarning taqdiri haqida bashorat qiladi? J: Farhodning, otasining, Mulkoroning

  7. Shirin qaysi yurt malikasi edi? J: Arman yurtining

  8. Arman yurtida xalq necha yildan beri tog‘ni yo‘nib suv chiqara olmayotgan edi? J: 3 yildan beri83. Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat uzra moh ul ermish. Misralarda kimning ta’rifi keltirilgan? J: Shirinning

  1. Arman yurtidagi tog‘ yo‘nib suv chiqarish kimning tashabbusiga binoan bajarilayotgan edi? J:

Mehinbonuning buyrug‘i, Shirinning istagiga ko‘ra

  1. Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir. Bu gap kim tomonidan aytilgan? J:

Farhod

  1. «Qarn» so‘zining ma’nosi nima? J: 30 yilni bildiradigan yil hisobi. Ba’zan «asr» ma’nosida ham ishlatiladi

  2. «Farhod va Shirin» dostonidagi Ajam va Arab hukmdori kim edi? J: Xusrav Parviz

  3. Xusrav Parviz kimning maslahati bilan Shiringa sovchi jo‘natadi? J: Vaziri Buzurg Ummid

  4. Kerak ishq ahli qul bo‘lmoq bu so‘zga: «Ki, shahliq o‘zgadur, oshiqlik o‘zga». Ushbu parcha qaysi dostondan olingan? J: «Farhod va Shirin»

  5. Mehinbonu Xusrav Parvizga Shirinning fe’lini qanday tasvirlaydi? J: O‘g‘il bolalarnikidek, o‘q otib, ov qilib yuradi

  6. Bu bo‘lg‘ay dard-u ishq oyini, vah-vah?! Vafo-yu mehr sharti, ollah-ollah?! Ushbu gap kim tomonidan kimga qarata aytilgan? J: Farhod tomonidan Xusravga qarata

  7. Xusrav Farhodni qanday yengadi? J: Hiyla yo‘li bilan

  8. Farhod o‘limi oldidan kimlarni yod etadi? J: Yurtini, ota-onasini, yaqinlarini

  9. Dedi: Til g‘ayratidin tutmon otin. Misra qanday ma’noni anglatadi? J: Tildan rashk qilib (yorimning) otini

tutmayman

  1. Farhod o‘limi oldidan ota-onasini eslab nimaga murojaat qiladi? J: Bodi saboga(shamolga)

  2. Xusravni kim o‘ldiradi? J: O‘g‘li Sheruya

  3. Navoiyning fikricha, Xusravdan Farhodning xunini Sheruya emas, nima talab qiladi? J: Davron

  4. Arman mamlakatida kim adolatni qaror toptiradi? J: Bahrom

  5. «Farhod va Shirin» dostonida keltirilgan Bahrom kim? J: Farhodning ko‘kaldoshi (emikdoshi)

  6. «Farhod va Shirin» dostonida kimlar halok bo‘ladi? J: Farhod, Shirin, Mehinbonu, Xusrav

  7. «Vard» so‘zining ma’nosi nima? J: Atirgul

  8. Kiyurdi ilgiga davron nigine, Nigin o‘rnida la’li otashine. Misralarda kim ta’riflangan? J: Farhod

  9. «Ismat» so‘zining ma’nosi nima? J: Bokiralik

  10. Farhod nimaning timsoli hisoblanadi? J: Poklanish matlabi ila komillik sari intilayotgan solik ruhning timsoli

  11. «Farhod va Shirin» dostonida keltirilgan qaysi joy ramziy ma’noga ega? J: Chin mamlakati

  12. Chin mamlakati qanday ramziy ma’noga ega? J: Haqiqiy insoniy davlat

  13. Shirin nimaning timsoli? J: Farhod uchun jismda jon kabi asraladigan nihoyatda go‘zal, o‘ta nafis va nozik iymon ko‘zgusi (Yaratganning jamoli jilva qiladi)

  14. Qaysi qahramonlar o‘z nafsiga qul bo‘lgan shaxs sifatida keltirilgan? J: Xusrav va Sheruya

  15. Qaysi qahramonlar ishq ilmini o‘zlashtirgan inson lar sifatida keltirilgan? J: Suhaylo va Suqrot110.Qoran qanday shaxs timsoli? J: Ko‘ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid

111. Boniy qanday shaxs timsoli? J: Ko‘ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan piri komil

Xo’ja


  1. Xojaning to‘liq ismi nima? Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja

  2. Xoja qaysi mashxur avliyo avlodidan? Zangi Ota avlodlaridan

3.Xo’ja nechchi yoshidan temuriylar saroyida ishlagan? 16 yoshidan boshlab
4. Xo’ja yana qanday davlat lavozimlarida ishlagan? Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi, Balx shahrining shayxulislomi vazifasida ishlagan.
5.Xo’janing qabri qayerga ko’milgan? Bahouddin Naqshband qabri yonida
6.Xo’ja qaysi silsilasining vakili edi? Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur “xojagon” silsilasi.

  1. “Muzakkiri ahbob” asari kimniki ? Xojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriy

  2. “Maxdumi a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida qanday fikr aytgan?

“shahbozi balandparvoz” (baland uchuvchi lochin)

  1. Kim she’r ilmini, insho (yozishma san’ati)ni mukammal bilgan. Jumladan, podsholikning chet ellarga jo‘natiladigan xatlarini ham ko‘pincha shu kishi yozgan? Xo’ja

10.Xo’janing qanday devonlari bor? turkcha va forscha devon

  1. Xo’ja o’z g’azallaridan birini kimga jo’natgan? Zahiriddin Boburga yuborgan va she’r unga ma’qul bo‘lib, maqtagan.

  2. Xo’janing ushbu baytida qanday san’atlar qo’llangan ?


Download 156,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish